1 “Sifat – xxi asr


Sifatni boshqarishga ma’muriy va iqtisodiy yondashuvlar?


Download 39.8 Kb.
bet2/27
Sana24.01.2023
Hajmi39.8 Kb.
#1114942
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
менежмент жавобла

2 Sifatni boshqarishga ma’muriy va iqtisodiy yondashuvlar?

Sifatni boshqarishga yondashuvlarni ikki asosiy yo’nalishga ajratish mumkin.

Ma’muriy yondashuv. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini 100% gacha oshirish taklif qilinadi. Mahsulotning sifati uning hayot tsikli bosqichlariga mos ravishda turkumlanadi.

Mahsulotning hayot tsikli marketing tadqiqotlari va ishlanmalaridan boshlanib, ishlab chiqarish, sotish, ekspluatatsiya qilishni qamrab oladi va utilizatsiyalash yoki iste’mol qilishgacha davom etadi. Nuqsonlarning yuzaga kelishiga imkon beruvchi muhim bosqichlar va operatsiyalar ajratiladi va tadqiq etiladi. Yuzaga kelgan nuqsonlar turlarga ajratiladi. SHunga ko’ra, nuqsonlarning yuzaga kelishining oldini olish va sifat darajasini 100% gacha olib chiqish choralari ko’riladi.

Ma’muriy yondashuvda nuqson paydo bo’lishi bilan darhol bartaraf qilinishi lozim bo’lgan favqulodda holat sifatida e’tirof etiladi.

Sifat masalasiga iqtisodiy yondashuvda mahsulot sifatining ko’zlangan darajasiga erishish uchun iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq harajatlar miqdori aniqlanadi.

Iqtisodiy yondashuvda mazkur chegara sifatning optimal darajasini aniqlashga imkon beradi.


3 Texnologiyalar evolyutsiyasi va sifat tushunchasi?
Texnologiyalar evolyutsiyasi va sifat tushunchasi Texnologiyalarning rivojlanish bosqichlari. Zamonaviy texnologiyalar
taraqqiyotining birinchi bosqichi yangiliklar texnologik kompleksining yuzaga kelishi va yoyilishi bilan tavsiflanadi. Ushbu kompleksning yangi g’oyalari insonning tabiat, mehnat predmetlariga bevosita ta’sir etish funktsiyalarini texnikaga o’tkazishni ta’minladi. Qayta ishlash va o’lchov asboblari, moslamalari, mexanizmlari kashf qilindi va mashina qurollari sifatida ishlatildi.
Ishlab chiqarish sohasida iqtisodiy kategoriya sifatida “sifat” tushunchasining rivojlanishi elektronika sanoati misolida ko’zga yaqqol tashlanadi. Elektronika sanoati taraqqiyotining muayyan bosqichida texnologiya chiqindisiz ishlab chiqarishni ta’minlashda yaroqsiz hisoblandi. O’zining xususiyatiga ko’ra elektronika sifat haqidagi tasavvurni sezilarli darajada o’zgartirib yubordi.
Yuzaga kelgan nuqsonni hamma vaqt ham aniqlab bo’lmasligi tufayli nuqsonli mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonida qolaveradi va keyingi qayta ishlashga uzatiladi. SHuningdek, ayniqsa 5 – 30% lik yaroqsiz mahsulotlarning chiqishida sifatli mahsulotning qiymati keskin ortadi.

Download 39.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling