1 “Sifat – xxi asr


Sifatni umumiy nazorat qilish nima?


Download 39.8 Kb.
bet8/27
Sana24.01.2023
Hajmi39.8 Kb.
#1114942
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
Bog'liq
менежмент жавобла

11 Sifatni umumiy nazorat qilish nima?

11.Sifatni statistik usullar asosida nazorat qilish. XX asrning 20-yillarida sifat nazoratining statistik usullari - “Statistical Qualiy Control” (SQC)ning vujudga kelishi va kelgusi rivojlanishi, sifat menejmenti taraqqiyotida muhim davr bo’ldi.1924 yilda Amerikaning “Bell Telephone Laboratories” kompaniyasining xodimi V.SHuxart mahsulotlar sifatini kuzatib borishning nazorat kartalarini ishlab chiqadi. Taxminan shu

davrda G.F.Dodj va G.G.Roming ilk marta sifatni saralab nazorat qilish jadvallarini yaratishdi. SHu ishlarning barchasi birgalikda, sifat boshqaruvining statistik usullari vujudga kelishi uchun turtki berdi va bu usullar keyinchalik E.Deming sharofati bilan Yaponiyada keng tarqaldi hamda shu mamlakatdagi iqtisodiy inqilobga katta ta’sir ko’rsatdi.

Bu usul yaroqsiz mahsulotlarni iste’molchiga jo’natish oldidan aniqlash va konveyerdan olib tashlashga emas, balki texnologik jarayon vaqtidayoq unga e’tibor qaratish imkoniyatini berdi. Asosiy e’tibor ishlab chiqarish jarayonlarining barqarorligini ta’minlashga va ularning variatsiyalarini kamaytirishga qaratildi. Ya’ni, nuqsonlar sababini aniqlash va jarayonlarni boshqarish asosida ularni bartaraf etish asosiy vazifaga aylandi.

Sifatni boshqarish (Quality Control).50 - yillarga kelib, sifatga erishish – nafaqat sifat bo’yicha nazoratchi yoki muhandisning, balki har bir korxona xodimining muhim vazifasi ekanligi ayon bo’ldi. Sifat kontseptsiyasi endi nafaqat, ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirishga, balki butun tizimni yaxshilashga, kompaniyalar rahbariyatining sifat muammolarida bevosita qatnashuviga, kompaniyaning barcha xodimlarini sifatni ta’minlashning asosiy usullariga o’rgatishga qaratiladi. Bu davr birinchi navbatda amerikalik mutaxassislar Deming va Juranning sifat sohasidagi faoliyati bilan bog’liqdir. Sifat nazoratining statistika usullarini tatbiq etishdan tashqari, bu olimlar qo’shgan salmoqli hissa shundan iborat ediki, ular ideal mahsulot o’lchamlariga ta’sir qiladigan, o’sha davrgacha ma’lum bo’lmagan va o’rganilmagan turli omillarning mavjudligini ixtiro qilishgan.


12 Total Quality Management (TQM) kontseptsiyasi?
12. Total Quality Management (TQM) kontseptsiyasi (Sifatni yalpi boshqarish)
Total Quality Management (TQM) kontseptsiyasi. XX asrning 70-80 yillarida jahon mahsulot va xizmatlar bozorining rivojlanishi, unda raqobatning keskinlashuvi va protektsionizm siyosatini olib borilishi, sifatni boshqarishning yangi davriga o’tishini taqozo etdi. CHunki, iste’molchini raqobatchilar mahsulotidan ko’ra kamroq qondirgan mahsulot raqobatga dosh berolmay qolgan edi.
Ta’kidlash lozimki, TQM kontseptsiyasi bir vaqtning o’zida shakllanmagan; u sifatni boshqarish taraqqiyotining butun zamonaviy bosqichi davomida shakllanib kelgan. Masalan, sifatni statistik usullar vositasida boshqarish bo’yicha V.SHuxart va E.Deming ta’riflashgan ko’pgina g’oyalar TQMning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. “Malaya entsiklopediya kachestva” muallifi N. Inyatsning fikricha, TQMning birinchi ma’lum bo’lgan modeli (garchi, bu model ilgari bunday atalmagan va nazarda tutilmagan bo’lsa- da) 1951 yilda Deming Mukofotini ta’sis qilish mezonlariga kiritilgan edi. SHunga qaramay, odatda XX asrning 80-yillarini TQM kontseptsiyasining shakllanishi davri deb hisoblashadi. Masalan, aynan 1983 yilda A. Feygenbaumning “Sifatni umumiy nazorat qilish” (Total Quality Control, McGrawHill, 1983) kitobining 40-nashri chop etilgan edi. Feygenbaum kitobda TQM (Total Quality Management) “Sifatni yalpi boshqarish” kontseptsiyasiga birinchilardan bo’lib ta’rif bergan. Birinchi bo’lib sifat muammolarining ko’p qamrovligiga e’tiborni qaratgan “g’arb maktabi” namoyandalari (Filipp Krosbi, Tom Peters, Klaus Meler) TQM kontseptsiyasi shakllanishiga katta hissa qo’shganlar.

Download 39.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling