1 “Sifat – xxi asr


Download 39.8 Kb.
bet10/27
Sana24.01.2023
Hajmi39.8 Kb.
#1114942
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
Bog'liq
менежмент жавобла

dan ortiq turli xalqaro miqyosdagi standartlar ishlab chiqilgan, O’zbekiston Respublikasi nomidan ISO vakili – O’zbekiston Respublikasi ”O’zstandart” agentligi hisoblanadi). SMT uchun mo’ljallangan ISO 9000 seriya standartlarining tarixi 1987 yildan, ya’ni uning birinchi tahririnashr qilingan kundan boshlanadi. ISO 9000 standartlarining shakllanishi, sifatni boshqarish jarayonlari rivojlanishining mantiqiy natijasi bo’ldi.

ISO 9000


14 Sifatni boshqarish nazariyasining rivojlanish bosqichlari bo’yicha umumiy tushunchalari nima?
14. Sifatni boshqarish nazariyasining rivojlanish bosqichlari bo’yicha umumiy
tushunchalar
Sifatni boshqarish taraqqiyotini muhokama etish uchun A.V. Glichev va V. Ye. SHvets yondoshuvlari asosida tuzilgan quyidagi davriy bo’linishlarga asoslanish mumkin:
1. Sifat bo’yicha jarayonlarni tashkil qilishning individual shakli.
2. Sifat bo’yicha jarayonlarni tashkil qilishning tsex shakli.
3. Sifat bo’yicha jarayonlarni tashkil qilishning sanoat (industrial) shakli:
a) Sifat nazorati, Teylor tizimi – (XIX a. oxiri – XX asrning 20 yy.);
b) Sifatni statistik usullar asosida nazorat qilish – (XX asrning 20–50 yy.);
v) Sifat boshqaruvi – (XX asrning 50–80 yy.).
4. Postindustrial davr, Sifatni yalpi boshqarish (TQM) – (XX asrning 80 yillaridan – hozirgi kunga qadar).
Jahonda sifatni boshqarish taraqqiyotining tarixan ilk bosqichi – sifat bo’yicha ishlarni individual ravishda tashkil qilish shakli bilan bog’liq bo’lgan davriga to’g’ri kelgan. Bu shakl manufakturaga qadar hunarmandchilik ishlab chiqarishi uchun xos bo’lgan. Bunday shaklning mazmuni shundaki, bir ishchi mahsulotni yaratish, tayyorlash va sotish borasidagi masalalarni mustaqil o’zi hal qilib, sifati uchun ham barcha javobgarlikni o’z zimmasiga olgan (boshqalar esa bu javobgarlikka tortilmagan).
Sifatni boshqarishning ilmiy uslublari va tamoyillarining yaratilishini asosan shu davr bilan bog’laydilar. Bu davrga, yuqorida aytilganidek, uch kontseptsiya nuqtai nazaridan qaraladi:
1) Sifat nazorati, Teylor tizimi;
2) Sifatni statistik usullar asosida nazorat qilish, SCQ;
3) Sifatni umumiy nazorat qilish, TQS.
Sifatni umumiy boshqarish kontseptsiyasi (TQM) – yuqorida ko’rsatilgan uch kontseptsiyaning taraqqiy etgan hosilasi hamda jamiyatning postindustrial rivojlanish davriga o’tishi natijasidir. (1-jadval). Bu kontseptsiyalar to’g’risida keyingi paragrafda alohida to’xtalib o’tamiz.
15 Mahsulot sifati va sifatni boshqarish tushunchasi nimada?
15. Mahsulot sifati va sifatni boshqarish tushunchasi
Sifatni yaxshilash jarayoni mahsulotni sotish yoki xizmatlar ko’rsatishda faqatgina ko’proq foyda olish uchungina emas, balki jamiyat uchun, uning ravnaqi uchun ham zarurdir.
Ma’lum foydalilikka ega bo’lib, sotilish bahosi bilan tannarx o’rta-sidagi farqga ega bo’lgan tovarlar albatta sotilishi kerak. SHunday qilib tovarni sotilishining muhim shartlari-xaridorning uning kafolatlangan sifatiga ishonch va bahosidir.
Mahsulot sifati deb, mana shu mahsulotga nisbatan qo’yilgan xalq ehtiyoji talablarini qondirilish darajasi, ularning xossa xususiyatlari, tashqi ko’rinishi, ishlatilishining qulayligiga aytiladi.
Sifatni shakllantiruvchi elementlar sifat ko’rsatkichlari deyiladi va turlicha usullar yordamida aniqlanadi.
Mahsulotning texnikaviy tavsifi orqali aniqlanuvchi tovarlar yaroq-liligining asosiy elementlari konstruktsiya sifati deyiladi. Konstruktsiya sifatini takomilashtirilishi bilan uning qiymati ham ortadi.

Download 39.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling