1 “Sifat – xxi asr


Mahsulot sifatini boshqarishda standartlashtirishning ahamiyati?


Download 39.8 Kb.
bet18/27
Sana24.01.2023
Hajmi39.8 Kb.
#1114942
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27
Bog'liq
менежмент жавобла

25 Mahsulot sifatini boshqarishda standartlashtirishning ahamiyati?

Standartlashtirish - mahsulot sifatini yaxshilashda davlat tashkiliy-texnikaviy siyosatini amalga oshirish imkonini beradi va mamlakat iqtisodini boshqarishning barcha sohalarida hamda mahsulot hayot tsiklining barcha bosqichlarida sifatni boshqarishning ilmiy-uslubiy birligini ta’minlaydi.

Tarmoqlararo sifatni boshqarish hayot tsiklining barcha bosqichlari va boshqaruv funktsiyalari bo’yicha ishlab chiqilgan davlat standartlari asosida amalga oshiriladi. Bu standartlarda xalq ho’jaligining barcha tarmoqlari faoliyatida mahsulot sifatini boshqarish bo’yicha umumiy reglamentatsiya beriladi: sifat bo’yicha terminlar, tushunchalar, sifatni baholash, sanoat mahsulotini attestatsiyadan o’tkazish, sifatni boshqarishning komples sistemasini yaratish va boshqalar.

Tarmoq ichida sifatni boshqarish davlat standartlari va texnikaviy shartlarga, shuningdek tarmoq xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ishlab chiqarish tarmog’i korxonalari va tashkilotlari faoliyatining uzviyligini ta’minlash maqsadida standartlarni chegaralash yoki ularni rivojlantirishga asoslanadi.

Korxona yoki firmada standartlashtirish ishlab chiqarishning o’ziga xos tomonlarini: mahsulot turini, seriyalilikni, texnologik jarayonning o’ziga xos tomonlarini e’tiborga olishi kerak. Korxonada standartlashtirish mahsulot sifatini boshqarishda tarmoq hamda tarmoqlararo sifatni boshqarish bilan uzviyligini ta’minlaydi.

Mahsulot hayot tsiklining barcha bosqichlarida sifatni boshqarishni amalga oshirish uchun sifatni boshqarish sistemasining tashkiliy, texnikaviy hamda usludiy asosi bo’lib xizmat qiladigan standartlar va texnik shartlar komplesi zarur.

Tadqiqot o’tkazish va loyihalashtirish bosqichida standartlashtirish yordamida quyidagilar amalga oshiriladi:

mahsulotning, shuningdek, xom ashyo, yarim fabrikatlarning sifat tavsiflarini kompleks standartlash asosida tayyor mahsulotning sifatiga nisbatan shartlari o’rnatiladi;


26 Iqtisodiy samaradorlikni baholash usullari va printsiplari?
Iqtisodiy samaradorlikni baholash usullari va printsiplari

Iqtisodiy rivojlanishning bugungi bosqichida standartlashtirish ijtimoiy ishlab chiqarishning jadallashuvini kuchaytirishda va samaradorlikni oshirishda borgan sari ko’proq texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyat kasb etmoqda.


Standartlashtirish – tarixan moddiy va ijtimoiy sohalarni, juda ko’p turli ob’ektlarni chegaralash faoliyati sifatida yuzaga kelgan.
SHuni ta’kidlash kerakki, u tartibga solish faoliyati sifatida juda ko’p ob’ektlarni qamrab oladi. Bunday hollarda standartlashtirishning iqtisodiy samaradorligini hisoblash alohida ahamiyat kasb etadi, chunki samaradorlik ko’pchilik aspektlarning jumladan:
standartlashtirishning kelgusi rivojlanish alьternativlarini baholash, ya’ni makro darajada standartlashtirish muhim masalalarini yechilishini belgilaydi;
standartlashtirishni ba’zi takrorlanadigan jarayonlar, voqealarni tartibga solish ishida foydalanishning maqsadga muvofiqligi;
standartlashtirish ob’ektlarining tavsiflarini tanlash va optimallashtirish masalalarini yechishda standartlashtirish ob’ektining optimal parametrlari to’plami variantini tanlash;
boshqaruv tsiklining turli bosqichlarida standartlashtirish tomonidan amalga oshirilayotgan boshqaruvni baholash;
standartlashtirishni rivojlantirish yo’nalishlari orasida iqtisodiy resurslarni ratsional taqsimlash.
Standartlashtirishning iqtisodiy samaradorligini aniqlash standartlashtirish, shuningdek mahsulot sifatini oshirish bo’yicha ishlarni bajarishda yagona hisoblanadigan bir qator umumiy tizimlarga asoslanadi. Ularning birligi shunga asoslanadiki, ular fan- texnika taraqqiyotini joriy etishning konkret formasini ifodalaydilar, shuning uchun standartlashtirishning iqtisodiy samaradorligi fan-texnika taraqqiyoti iqtisodiy samaradorligining yoki yangi texnika samaradorligining bir qismidir.
Umumiqtisodiy yondoshuvning zarurligi standartlashtirish samaradorligini baholashni amalga oshirishni butun mamlakatimizning iqtisodiy manfaatlariga qaratishni taqozo qiladi. Standartlashtirishning umumiqtisodiy samaradorligini aniqlash–bu loyihalash, tayyorlash, muomala va iste’mol bosqichlarida standartlashtirish natijalarini e’tiborga olgan holda respublikamiz iqtisodiga ta’sirini aniqlashdir.

Download 39.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling