1 “Sifat – xxi asr


Sertifikatlash sistemasining turlari?


Download 39.8 Kb.
bet20/27
Sana24.01.2023
Hajmi39.8 Kb.
#1114942
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27
Bog'liq
менежмент жавобла

29 Sertifikatlash sistemasining turlari?


30 Sertifikatsiyalash tashkilotlari?
Sertifikatsiyalash sistemasining murakkabligiga qarab uchinchi tomon turli tashkilotlarining bo’lishi nazarda tutiladi. Birinchi sistemada keltirilgan namunalarni faqatgina tipik sinov, o’tkazilganda, faqat bitta sertifikatsiyalash tashkilotiga ega bo’lishi yetarlidir. SHu bilan bir vaqtda 5-sistemada sertifikatsiyalash tashkiloti bilan bir qatorda standartizatsiyalash va nazorat qilish tashkilotlari sistemasida ishtirok etishi xam talab qilinadi.Sertifikatlash tashkiloti sistemaga va uning faoliyatiga boshchilik qiladi:
ayrim maxsulotlar sifatini nazorat qilishni mamlakatimizda joriy etilgan qonuniyatlar va normativ aktlar bo’yicha tashkil etish;
savdo soxasi va maxsulotning iste’molchilari tomonidan ilgari surilayotgan standartlar bo’yicha shartlarga rioya qilish majburiyatlari bo’yicha.
Sertifikatlash tashkilotlarining asosiy funktsiyalariga quyidagilar kiradi:
qabul qilingan sistema chegarasida sertifikatsiyani amalga oshirish tartibini ishlab chiqish;
sertifikatlash sinovlarini amalga oshirish uchun sinov laboratoriyalarini attestatsiyadan o’tkazish;
ishlab chiqaruvchi korxonalarda maxsulot sifatini ta’minlash sistemalarini baxolash;
korxonalarni sertifikatsiyalash sistemalariga kiritish to’risida qaror qabul qilish;
muvofiqlik sertifikatini yoki muvofiqlik belgisi bilan maxsulot ishlb chiqarishni kafolatlaydigan litsenziyani berish;
sertifikatsiyalanadigan maxsulotlar ro’yxatini olib borish;
sertifikatsiyalanayotgan maxsulotning sifati to’risidagi munozaralarni ko’rib chiqish.
Uchinchi tomon orqali sertifikatsiyalash sistemalari quyidagi xolatlarda tuzilishi mumkin:
ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyalarida;
maxsulotning asosiy iste’molchilari yoki iste’molchilar guruxi qoshida;
standartlashtirish bo’yicha milliy tashkilotlarda;
yuqori xalqaro nufuzga ega xususiy tashkilotlar bilan;
keng savdo shoxobchalariga ega bo’lgan yirik savdo tashkilotlarida;
Sertifikatlash sistemasining muxim tarkibiy elementi bo’lib, korxonada sifatni ta’minlash sistemasining faoliyatini nazorat qiluvchi tashkilot xisoblanadi. Bundan tashqari, u sertifikatlash tashkilotlari laboratoriyalarida sinovni tashkil etishni vaqti-vaqti bilan nazorat qilishni amalga oshiradi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, sertifikatlash – bu maxsulotning ma’lum standartlarga yoki texnik shartlarga muvofiqligini xujjatlar bilan tasdiqlashdir. Muvofiqlikning 3 ta ko’rinishi o’rnatilgan:
muvofiqlik to’risida ariza;
muvofiqlik attestatsiyasi;
muvofiqlik sertifikatsiyasi.
Maxsulotning standartlar shartiga javob berishi muvofiqlik sertifikati yoki muvofiqlik belgisi bilan tasdiqlanadi.
O’z-o’zini sertifikatsiyalashda muvofiqlik sertifikatlari ishlab chiqaruvchilarga beriladi, uchinchi tomon orqali sertifikatsiyalash esa xolis tomonning ishtirokida amalga oshiriladi.

Download 39.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling