1 “Sifat – xxi asr


Sifatni boshqarishdagi standartizatsiya nima?


Download 39.8 Kb.
bet15/27
Sana24.01.2023
Hajmi39.8 Kb.
#1114942
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
Bog'liq
менежмент жавобла

21 Sifatni boshqarishdagi standartizatsiya nima?

Sifatni boshqarishdagi standartizatsiya


Mahsulotning raqobatbardoshligini oshirish tartibini qurayotib, korxonalar quyidagi oldinga qo’yilgan maqsadlarga ega bo’lishi kerak:

Mahsulot sifatining bozor talabi va aniq xaridor talabiga muvofiq kelishi;

Mahsulotning sotib olish, yetkazib berish va foydalanish xarajatlari yig’indisini kamaytirish;

Xaridor istagan muddatga yetkazishni amalga oshirish;

Korxonaning bozorda yuqori mavqeini yaratish va korxonaning mustahkam hamkor sifatida tasdiqlaydigan dalillarni keltira bilish.

Sifatni boshqarish tartibi – firmada amal qilinayotgan va foydali texnik, boshqarish usullarini o’z ichiga olgan, insonlar va mashinalarning o’zaro munosabatini eng yaxshi va eng qulay usullarni ta’minlagan va shuningdek sifat uchun qilingan xarajatlarni tejash, ma’lumotlarni berishni o’zida namoyon etadigan kelishilgan ish qurilishidir.

Jahon tajribasi va faqat amaldagi sifatni boshqarish tartibini umumiy belgilarini, balki har birida qo’llanishi mumkin bo’lgan printsip va usullarni barpo etadi. Hozirgi vaqtda kontseptual farqlarni o’z ichiga olgan ba’zi sifatni boshqarish tartibini uch darajasini ajratish mumkin:

9000 seriyasidagi ISO standarti talablariga muvofiq sistemalar

umumfirma sifatni boshqarish sistemasi (TQM umum sifatni boshqarish-Total Quality Management).

Milliy mezon va sifat bo’yicha halqaro (regional) mukofot va diplomlar sistemasi.


22 Standartlarni ilmiy tashkil etish printsiplari izox bering?
Standartlarni ilmiy tashkil etish printsiplari

Standartlashtirish - haqiqatda amalga oshirilayotgan yoki potentsial masalalarga nisbatan ko’plab marta foydalanish uchun ma’lum shartlarni o’rnatish orqali optimal darajada tartibga solishga erishishdir.


Bizning respublikamizda standartlashtirish ishlari bilan Uzdavstandart, shuningdek, faoliyat sohalarining biriktirilishiga qarab Davlat tabiatni saqlash qo’mitasi, Davlat qurilish, hamda O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash Vazirligi shug’ullanadi.


Sobiq ittifoqning Davlat standartlari Vazirlar Mahkamasining 02.03.92y. qaroriga hamda SNG davlatlarining standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida birgalikda kelishib faoliyat olib borish to’g’risidagi kelishuviga ko’ra ushbu davlatlarning Xalqaro standarti sifatida ishlatiladi. Sobiq ittifoq davlatni boshqarish organlari tomonidan tasdiqlangan tarmoq standartlari va texnik shartlar ularning vakolatli muddatlari tugagunga qadar O’zbekiston respublikasi territoriyasida kuchga ega.
Standartlashtirish ishlarining jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, standartlarning yuqori sifatli va samarali bo’lishini ta’minlash uchun ularning ishlab chiqish bosqichida quyidagi majburiy printsiplarni bajarish shart.
Sistemalilik printsipi. Texnik taraqqiyot va ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatining ortishi kishilarning mehnati, mehnat vositalari hamda mehnat predmetlarini birlashtiruvchi ishlab chiqarish jarayoniga nisbatan sistemali yondoshuvni taqozo qiladi.
Sistema deganda, ko’zlangan maqsadga maksimal samaradorlik va eng kam xarajatlar bilan erishishni ta’minlaydigan o’zaro bog’langan elementlar to’plamining faoliyati tushuniladi. Elementlar sistemasining miqdoriy aloqalari determinatlashgan yoki tasodifiy bo’lishi mumkin.
Sistemaga kiruvchi o’zaro bog’langan elementlar sistemasi ularni turli darajalarda ierarxik bog’liqligini o’rnatishga imkon beruvchi strukturani hosil qiladi.
Komplekslik va optimal chegaralanish printsipi. Standartlarni ishlab chiqishda standartlashtirishning yakuniy ob’ektiga ta’sir etuvchi barcha asosiy elementlarni e’tiborga olish kerak. Standartlashtirish ishlarini mehnat sarfini qisqartirish uchun asosiy ob’ektga unchalik ta’sir ko’rsatmaydigan omillar e’tiborga olinmaydi. Standartlashtirishda moddiy va moddiy bo’lmagan o’zaro bog’langan elementlar kompleksiga talab va tavsiflar sistemasi ko’rib chiqiladi.
Standartlarni optimallashtirish va progressivlik printsipi Standartlar tomonidan o’rnatilgan ko’rsatkichlar, me’yorlar, tavsiflar va shartlar fan, texnika va ishlab chiqarishning jahon darajasiga javob berishi kerak. Ular standartlashtirilayotgan ob’ektlarning rivojlanish yo’nalishlarini e’tiborga olishlari shart.
Standartlashtirilayotgan mahsulotning bog’liqligini ta’minlash printsipi. Mahsulotlar ekspluatatsiya qilish ko’rsatkichlari bo’yicha bir-birining o’rnini bosishni ta’minlashga imkon beruvchi bu printsip kompleks standartlashtirishda, shuningdek mahsulotlarni standartlash-tirishda, texnik shartlarni ishlab chiqishda asosiy o’rin tutadi.
Standartlarning o’zaro bog’liqlik printsipi. Umumtexnikaviy va tarmoqlararo standartlarning ko’p sonli, turli-tumanligi ular o’rtasida o’zaro bog’liqlik o’rnatishni taqozo etadi. Kompleks standartlashtirish usuli ushbu printsipning muhimligi va samaradorligining yaqqol misolidir. SHuningdek, standartlashtirish sohasidagi qo’llaniladigan tushunchalarning o’zaro bog’liqligi ham muhimdir.

Download 39.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling