1 “Sifat – xxi asr


Mahsulot sifati darajasini baholash?


Download 39.8 Kb.
bet12/27
Sana24.01.2023
Hajmi39.8 Kb.
#1114942
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
Bog'liq
менежмент жавобла


17 Mahsulot sifati darajasini baholash?

Mahsulot sifati darajasini baholash


Mahsulot sifati qanday degan savolga javob berish uchun bir turdagi mahsulotning sifat ko’rsatkichlarini ikkinchisi bilan taqqoslanadi. Taqqoslash natijasida qaysi mahsulotning sifati yuqori ekanligi to’g’risida xulosa chiqarish mumkin. (6-rasm)

O’lchash usuli texnik o’lchov asboblari yordamida olingan ma’lumotlarga asoslangan. ¤lchash usuli yordamida mahsulotning og’irligi, bo’yi, eni, razmeri kabi parametrlarini aniqlash mumkin.

Hisoblash usuli nazariy yoki empirik bog’lanishlar yordamida olingan ma’lumotlardan foydalanishga asoslangan. Bu usuldan loyiha bosqichida mahsulotlarning og’irligini, unumdorligini, quvvati, chidamliligi kabi ko’rsatkichlarni aniqlashda qo’llaniladi.

Organoleptik usul – sezgi organlari: ko’rish, eshitish, sezish organlari orqali olingan ma’lumotlarni tahlil qilishga asoslangan. Organoleptik usuldan qandolatchilik mahsulotlari, tamaki mahsulotlarining sifatini baholashda, gazlamaga berilgan ranglarning tiniqligini, gullarning shaklini, poyafzal mahsulotlari, tikuvchilik mahsulotlarining tashqi ko’rinishi, ko’zga tashlanuvchanligini baholashda qo’llaniladi.

Qayd etish usuli ma’lum voqeliklar, predmetlar yoki xarajatlarning, masalan, sinov paytida sinovdan o’tolmagan mahsulotlar sonini hisoblash yo’li bilan olingan ma’lumotlardan foydalanishga asoslangan.

An’anaviy usul – muassalar va korxonalarning maxsus eksperimental va hisoblar bo’liimlaridagi mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi (ularga ixtisoslashgan laboratoriyalar, poligonlar, sinov stendlari va boshqalar kiradi).


Ekspert usulida mahsulot sifat ko’rsatkichlarini baholash mutaxassis ekspertlar guruhi, ya’ni dizaynerlar, degustatorlar, tovarshunoslar va shu kabilar tomonidan amalga oshiriladi.

Ijtimoiy usuli mahsulotning haqiqatdagi yoki potentsial iste’molchilariga tayanadi. Iste’molchilarning fikri to’g’risidagi ma’lumotlarni to’plash, so’roq qilish yoki maxsus so’roq anketalari orqali, ko’rgazmalar, konferentsiyalar va boshqalar orqali amalga oshiriladi. Bitta turdagi mahsulotning sifati darajasini baholash differentsial, kompleks va aralash usullar orqali amalga oshiriladi. Mahsulot sifati darajasini baholashning differentsial usuli baholanayotgan mahsulot turining sifat ko’rsatkichlarini tegishli bazis ko’rsatkichlari bilan taqqoslash orqali, ya’ni baholanayotgan mahsulotning sifat ko’rsatkichi R1 taqqoslash asosi qilib qabul qilingan namuna ko’rsatkichlari R1 baza bilan taqqoslanadi.


Download 39.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling