1 “Sifat – xxi asr


Sifat tushunchasining tarixi?


Download 39.8 Kb.
bet4/27
Sana24.01.2023
Hajmi39.8 Kb.
#1114942
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
менежмент жавобла


6 Sifat tushunchasining tarixi?

6.Sifat tarixi. Fan, texnika va umuman jamiyatda sodir bo’layotgan hozirgi jarayonlarni anglashda sifatning tarixini bilish muhim ahamiyatga egadir. Arxeologiya va unga yaqin fanlar, o’tmishda muhandislik va boshqa faoliyat sohalarida g’aroyib yutuqlar qo’lga kiritilgani haqida dalillar topishmoqda. Bu yutuqlarni yuqori darajadagi sifat va sifat boshqaruvisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Eramizdan avvalgi XVIII asrda Bobil shohi Xammurapi qonunlar majmuini yozib,(arxeologlar tomonidan 1901-1902 yillarda Suzada (qadimgi Messopotamiya hududi) tahminan tarixi m.o. 1780 yillarda yaratilgan Xammurapi qonunlar qomusi topilgan. Qomusda 282ta qonun bo’lib, ular qora toshli ustunlarga bitilgan edi), mahsulot sifati uchun javobgarlikka asos solgan. Unda agarda usta uy qursa. ammo uy chidamli bo’lmay, qulab biror odam halok bo’lsa, ustaga o’lim jazosi belgilangan. Bu qonunlar ishlab chiqaruvchini (qaysi soha bo’lishidan qat’iy nazar) o’z ishlab chiqargan mahsulotining sifati uchun javobgarlik tamoyillarini ilk bor ifodalagan. Sifatsiz mahsulot ishlab chiqarilganlik uchun nafaqat moddiy, balki jismoniy jazolash amaliyoti qo’llanilganligi tarixdan ma’lum. Masalan, Petr I ning 1723 yil 11

yanvarda imzolagan farmoni yorqin misol bo’la oladi. Jumladan farmonda, Tula fabrikasi egasi Kornil Beloglazov davlat idoralariga yaroqsiz qurol-aslahalar sotganligi uchun cherkovda ishlashga yuborilishi,ishonchli nazoratchi Frol Fuks yaroqsiz mahsulotga sifat tamg’asini bosganligi uchun esa Azovga surgun qilinishi ta’kidlangan.

Asrlar ketidan asrlar o’tgach, ko’pgina sifatning taraqqiyoti to’g’risidagi tarixiy ma’lumotlar saqlanib qolmagan. sifatni boshqarish to’g’risidagi fanning aynan qachon paydo bo’lgani haqida ham yagona fikr yo’q.

Turli mutaxassislar va tashkilotlarning qarashlaridagi ko’pgina o’xshashliklarga qaramay, sifatning yagona maqbul yoki to’g’ri talqini mavjud emas. Faqat turli mualliflar kontseptsiyalarida mavjud bo’lgan asosiy yondoshuvlarni ajratib ko’rsatish mumkin:


Download 39.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling