1 “Sifat – xxi asr


% lik yangi sifat siyosati nima?


Download 39.8 Kb.
bet3/27
Sana24.01.2023
Hajmi39.8 Kb.
#1114942
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
менежмент жавобла

4 100% lik yangi sifat siyosati nima?

100% lik yangi sifat siyosati

Mashhur Amerika kompaniyasi IBM Yaponiya tajribasidan foydalangan holda 80 – yillardan boshlab 100% darajadagi sifat siyosatini olib borishga o’tdi. Ushbu siyosat natijasida mazkur kompaniya 90 – yillarda superkompьyuterlarni ishlab chiqarish va sotish yuzasidan AQSH mudofaa vazirligi bilan shartnomalarni imzolashga muvaffaq bo’ldi.

Bu siyosatning asosida sifatni ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan harajatlarning o’zaro munosabati yotadi: loyihalashdan ishlab chiqarishga, jihozlarni o’rnatish va so’ngra ularni ekspluatatsiya qilishga qarab harakatlanishning har bir bosqichida zarur harajatlar ortib boradi. Ya’ni agar loyihalash bosqichida xatoni bartaraf qilish 1000 so’mni tashkil qilsa, u holda mashinani ishlab chiqarish bosqichida u 10 ming so’mga yetadi, buyurtmachiga montaj qilish va o’rnatish bosqichida – 100 ming so’m, foydalanish bosqichida u 1 mln. so’mni tashkil qiladi (agar bartaraf etishning iloji bo’lsa).

Milliy mashinasozlik sanoatida sifatni ta’minlash bo’yicha harajatlarni tadqiq qilish xuddi shunday natijalarni ko’rsatmoqda. Ular 2 jadvalda keltirilgan ma’lumotlarda o’z aksini topgan.

Sifatni ilgarigi tushunishga qaytish yuz beradi. Bunday tushunishda mahsulotlar yoki xizmatlarning 100%i o’rnatilgan talablarga to’liq mos keladi, lekin sifatning bunday darajasini ta’minlash murakkab xususiyatga ega.

Sifatga taktik yondashuv ishlab chiqarish va tayyorlanayotgan mahsulot turlari, talab va taklifning munosabati, mazkur mahsulotning asosiy ishlab chiqaruvchilarining raqobat kurashiga ko’p jihatdan bog’liq. SHunga ko’ra, rejalashtirilgan sifat darajasiga erishish yo’llari va vositalari izlanadi. Boshqa tomondan, bir qator yo’nalishlarda sifatga erishish strategiyasi umumiylik kasb etib boradi.


5 Sifat tushunchasi deganda nimani tushunasiz?
Sifat tushunchasi Ko’pgina xalqaro tashkilotlar, ya’ni Yevropa Sifat tashkiloti, ISO standartlashtirish xalqaro tashkiloti tomonidan XXI asrni - sifat asri, deb e’tirof etilishi bejiz emas. Aslidasifat- jamiyatdagi mehnatning yuksak samarasi ko’rsatkichi, milliy boylik manbai va eng muhimi, ijtimoiy va iqtisodiy inqirozlardan chiqish omilidir.Hozirgi kunda sifat menejmenti tizimi (SMT) har bir rivojlangan kompaniyaning tobora muhim zaruratiga aylanib bormoqda. Darhaqiqat sifat iqtisodiy rivojlanishning asosiy shartidan biri bo’lib qoldi. O’z o’rnida ISO 9000 seriyali xalqaro standartlar - SMTdan foydalanishning minimal talablarini belgilab beradi.
Sifatni boshqarish taraqqiyotiga oid masalalarni tahlil qilishimizdan oldin, “sifat boshqaruvi” va “sifat menejmenti tizimi” atamalarining o’zagi bo’lgan “sifat” tushunchasining tub ma’nosini ko’rib chiqaylik.
“Sifat” tushunchasining o’zi serqirra va ko’p o’lchamlidir. Uning mohiyati haqidagi tasavvur esa, inson tafakkuri rivojining turli davrlarida o’zgarib borgan. Sifatdan foydalanish va uni o’rganish maqsadiga ko’ra, u falsafiy, ijtimoiy, texnik, iqtisodiy, huquqiy va boshqa aspektlarga ega bo’lishi mumkin. Iqtisodiy nuqtai nazardan, iste’mol qilish natijasi, yoki o’rganilayotgan ob’ektning iste’mol qiymati - sifatdir. Bir ob’ektning sifatga ehtiyoji boshqa ob’ektning ehtiyojidan farqlanishi sababli, iste’molchilar sifatni turlicha baholashadi. Iqtisodiy tarafdan, sifatning ehtiyojga qanchalik mosligini bilish muhimdir.
Sifat sohasida taniqli bo’lgan Yaponiya va Amerikaning ikkinchi jahon urushidan keyingi tiklanish jarayonlarida muhim rolь o’ynagan olim Uilyam Edvard Deming ta’biricha, sifat - bu iste’molchining nafaqat istagidagi talablarini qanoatlantiruvchi, balki ushbu mahsulotning istiqboldagi holatini ham tasavvur ettira oladigan ko’rsatkichdir. SHuningdek, Edvard Deming sifatni iste’molchilar talablarining
qondirilishi bilan bog’lab, “iste’molchi – ishlab chiqarish tizimining eng muhim bo’g’ini. Sifat esa bugungi va keyingi ehtiyojlarni qondirishga qaratilishi lozim”, - deb ta’kidlaydi. Sifat sohasidagi taniqli amerikalik mutaxassis Jozef Juran ta’kidlashicha, sifat –
foydalanishga yaroqlilikdir. Bu tushuncha to’rt elementdan, ya’ni:
-mahsulot loyihasi (dizayni)ning iste’molchi tomonidan qabul qilinishi;
- mahsulotning loyihaga mos kelish darajasi;
- mahsulotning spetsifikatsiyalarga mos kelish darajasi;
- mahsulotning arzonligi, chidamliligi, ta’mirbopligi hamda arzon servis xizmatidaniborat.

Download 39.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling