1. Sifat va sifat menejmenti tizimi tushunchalari


Download 5.53 Kb.
Sana10.11.2023
Hajmi5.53 Kb.
#1762274
Bog'liq
1. Sifat va sifat menejmenti tizimi tushunchalari Sifatni boshqa-fayllar.org


1. Sifat va sifat menejmenti tizimi tushunchalari Sifatni boshqarish tizimini rivojlanish tarixi

  • Mavzu:Sifat menejmenti tizimini tahlil qilish va yaxshilash

  • Reja:

  • 1. Sifat va sifat menejmenti tizimi tushunchalari

  • 2. Sifatni boshqarish tizimini rivojlanish tarixi

  • 3. Sifatni boshqarishning xorijiy tajribalari

  • Sifat va sifat menejmenti tizimi tushunchalari

  • Sifat tushunchasi va sifatga bo'lgan munosabat ko‘p asrlar davomida shakllanib kelgan. Sifat umum ehtiyojlar va ishlab chiqarish imkoniyatlarining о‘sib borishi va ularni qanoatlantirish bo‘yicha turli xil holatlarda rivojlangan. Xalqaro ISO 9000 standarti lug'atida belgilanishicha, sifat – bu mahsulot yoki xizmatlarga belgilangan talablarni yoki kutilayotgan ehtiyojlarni qondirish xususiyatini anglatadigan tavsiflari yig‘indisidir. Sifat menedjmenti tizimi - bu tashkilot sifat bilan bog‘liq vazifalarni hal qiladigan usuldir. Keng m a’noda u mahsulot sifati sohasida belgilangan maqsadlarga erishish va iste’molchilar talablarini qanoatlantirish uchun qo‘llaniladigan tashkilotni tashkiliy tuzilmasi, hujjatlari, ishlab chiqarish jarayonlari va resurslarni qamrab oladi.

  • Sifat tushunchasiga bir nechta ta’rif berilishi mumkin:

  • - iste’molchi ehtiyojlarini qondirilishi. - yuqori malakali xodimlar va yuqori texnologik qurilmalar yordamida erishiladigan unumdorlik. - ishlab chiqarish va mehnat samaradorligi. Bu ishlaming tez va aniq bajarilishi. - faoliyatni optimallashtirilishi. Bu harakatlar dasturiga rioya qilinishi, qo‘yilgan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishi. - rivojlanishning uzoq muddatli jarayoni. - mablag‘ joylashtirilishi.

  • Sifatni boshqarish tizimini rivojlanish tarixi

  • Xalqaro standartlar asosida sifatni boshqarish tizimlarini ishlab chiqish va joriy qilishda bajarilayotgan ishlami yanada oydinlashtirish uchun sifat tizimining tub mohiyati hamda uning evolyutsion paydo bo'lishi to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Eng avvalo sifatni boshqarish tizimi sifatli mahsulotlar tizimi sifatida ko‘rilmasligini ta’kidlash o‘rinli. Analitiklarning izohlari bo‘yicha sifat tizimini "korxona" organizmining muhim bir tashkil etuvchisi deb qaralishi mumkin. Nerv yoki qon aylanish tizimi organizm hayotiyligini belgilashda qanday o‘rin egallasa, sifat siyosati nuqtai-nazaridan sifat tizimi shu kabi ahamiyatga ega hisoblanadi.

  • Mahsulotlaming sifatiga e’tibor berish eramizdan avvalgi 2150-yillardan beri boshlab qayd qilingan. Bu davrda savdo-sotiq aloqalari ma’lum hududlar chegarasidan chiqib, xalqaro miqyosda rivojlana boshlagan edi. 0 ‘troqchilik paydo bo'lishi bilan hamma uchun majburiy qoidalar ishlab chiqila boshladi, misol uchun Hindistonda “Xammurapi” kodeksi amalga kiritilgan. Bobilning miloddan awalgi 1792-1750-yillardagi shohi Xammurapining adolatpesha qonunlari majmui, undan ham qadimroq shoh Ur-Nammu (miloddan awalgi 2112-2094-yillar)ning qonunlari. Uning 229-moddasida qurilgan binolar buzilsa va bundan odamlar yarador bo‘lsa yoki buyumlarga zarar yetkazilsa, jarimalarga tortilishi, biron odam o‘lganida esa qatl qilinishi belgilangan.

  • Umuman olganda, hozirgi XXI asr - “Sifat asri”da davlatlar va mintaqalararo iqtisodiy globallashuv va integratsiya jarayonlari qanchalik shiddat bilan rivojlanib borayotgan bo‘Isa, sifatga nisbatan talab va ehtiyojlar ham shunga monand ortib bormoqda. Rivojlangan davlatlar bilan bir qatorda respublikamizda ham yirik ishlab chiqarish korxonalari, kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari, shu bilan birga iste’molchilarimiz ham sifat masalalari va muammolarining hayotiy va iqtisodiy jihatlarini, sifatni ishlab chiqarish bilan bogTiq xarajatlaming muntazam ravishda kamayib borishi va mehnat unumdorligini oshirishdagi ahamiyatini chuqurroq, mukammalroq tushunmoqdalar. Shundan kelib chiqib, sifat sohasida xalqaro standartlar ishlab chiqish, ulami takomillashtirish muntazam amalga oshirib boriladi deyish mumkin va bu davr taqozosi bo‘lib qoladi.

  • Sifatni boshqarishning xorijiy tajribalari

  • Xalqaro hamjamiyat mahsulot sifatiga texnikaviy talablami me’yorlashtirishga yagona yondashishni ishlab chiqdi. Bu ishda asosiy rol va muhim ahamiyat sifatni davlat tomonidan tartiblashtirish shakli va uni ta’minlash usullari sifatida qonunchilikga qaratilgan. Ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning zamanoviy rivojlanish bosqichida mahsulot sifati milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy muammolari miqdoriga qaratiladi. Dunyodagi sanoati rivojlangan barcha mamlakatlarda mahsulot sifatini oshirish va uni jahon bozorida raqobatbardoshligi muammolarini hal etish yo‘llari faol ravishda qidirilmoqda. Dunyoning uchta yetuk hududlari: AQSH, Yaponiya va G'arbiy Yevropa misolida sifatni boshqarishni rivojlanish tarixini ко‘rib chiqamiz. Dunyoning turli hududlarida standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiyaning qonuniy asoslari 2.1- jadvalda keltirilgan.

  • Dunyoning turli hududlarida standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiyaning qonuniy asoslari


http://fayllar.org
Download 5.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling