O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
B1
mustaqil ravishda o‘quv masalasini (maqsadini) topa oladi va ifodalay oladi;
matematikaga xos bo‘lgan abstrakt va aniq mulohaza yurita oladi;
isbotlangan va isbotlanmagan tasdiqlarni farqlay oladi, o‘z fikrini dalillay oladi;
o‘quv masalasini qismlarga ajrata oladi;
masala yechimiga yaqinlashish darajasini baholay oladi va zarur hollarda o‘z faoliyatini to‘g‘ri bajara oladi;
o‘quv faoliyat natijasini tahlil qila oladi;
yo‘l qo‘yilgan xato va noaniqliklarni topa oladi, ularni tuzata oladi;
olingan natijalarni boshqalar foydalanishi uchun oson ko‘rinishda taqdim eta oladi;
qabul qilingan mezonlarga asosan o‘z faoliyati samarasiga baho bera oladi, ko‘zlagan maqsadga intila oladi;
xususiy misollar va kuzatishlar tahlili asosida obyekt lar va jarayonlar umumiy xossalarini va qonuniyatlarini topa oladi, gipotezalarni taklif eta oladi va uni tekshirish zarurligini tushuna oladi;
mavjud bilim va ko‘nikmalarni yangi, nostandart vaziyatga qo‘llay oladi;
real dunyodagi, ijtimoiy hayotdagi vaziyatlarga nisbatan o‘zining ijobiy estetik-emotsional munosabatini shakllantira oladi;
o‘qishga va yangi bilimlarni egallashga qiziqa oladi.
B1+
nostandart vaziyatlarini tahlil qila oladi, maqsadlarni belgilay oladi, o‘zining faoliyatini regalashtira oladi;
o‘zining shaxsiy pozisiyasiga asoslanib noaniq hollatlarda o‘z o‘rnini topa oladi;
real dunyodagi, ijtimoiy hayotdagi vaziyatlarga nisbatan o‘zining va boshqalarning pozitiv emosional munosabatini shakllantira oladi.
analiz, sintez, analogiya, umumlashtirish, usullari yordamida strategik, refleksiv va evristik tafakkur yurita oladi;
muammoning yechimi olib keladigan asosiy g‘oyani topa oladi;
deduktiv mushohada yuritishning asosiy usullaridan foydalana oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |