1 - sinf Matematika fanidan DTS talablari
O’quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari : A1 Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya : o’rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi , tegishli misollar keltira oladi ; 2 arifmetik amalli ( qavsiz ) sonli ifodaning qiymatini hisoblay oladi ; o’lchamlari ma’lum bo’lgan yassi geometric figuralarni ( kesma , to’g’ri to’rtburchak , kvadrat ) chizg’ichdan foydalanib yasay oladi , ularni qog’oz , sim , plastilinlar yordamida modellashtira oladi ; real ob’ektlarni geometrik figuralar modellari bilan bog’lay oladi ; geometrik ob’ektlar o’lchamlarini , masofalarni chamalay oladi ; murakkab bo’lmagan jadvallar ko’rinishida berilgan ma’lumotlarni o’qiy oladi ; murakkab bo’lmagan tayyor jadvallarni to’ldira oladi . A1+ Kognitiv kompetensiya ( shaxsning mustaqil ijodiy fikkrlash kompetensiyasi ) : o’rganilgan matematik tushunchalar , faktlar va algoritmlarni soda o’quv vaziyaatlarda qo’llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi ; o’rganilayotgan matematik holatlarni tahlil qila oladi va shu asosida mulohazalar ketma - ketligini tuza oladi .
2 - sinf Matematika fanidan DTS talablari
O’quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari : A1 Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya : o’rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi , tegishli misollar keltira oladi ; 10 , 100 sonlari ishtirokida ko’paytirish va bo’lish amallarini bajara oladi ; yassi ( aylana , doira ) figuralarini tasavvur qila oladi , nomlay oladi ; ikki aylana ikki nuqtada kesishishini , umumiy markaz yoki radius ega ekanligini , bir aylana ikkinchisining ichida joylashganini ,kesishmasligini tasavvur qila oladi , taniy oladi va tasvirlay oladi; 0 dan 1000 gacha bo’lgan noanfiy butun sonlarni o’qiy oladi , yoza oladi , taqqoslay oladi , tartibga soladi , modellarda tasvirlay oladi ; sonlarni qo’shish jadvalidan , arifmetik amallarning algoritmlaridan foydalangan holda 1000 ichida nomanfiy butun sonlar ustida qo’shish va ayirish amallarini og’zaki va yozma bajara oladi . A1+ bo’yashlar , qoplash , qirqishlarga doir sodda geometrik masalalarni yecha oladi ; arifmetik hisob – texnikasiga va juft – toqlikka oid qiziqarli , nostandart va matnli masalalarni yecha oladi ; sodda amaliy holatlarda kombinator masalalarni yecha oladi . A1 Kognitiv kompetensiya ( shaxsning mustaqil ijodiy fikkrlash kompetensiyasi ) : o’rganilgan matematik tushunchalar , faktlar va algoritmlarni sodda o’quv vaziyaatlarda qo’llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi ; o’rganilgan matematik tushunchalar , faktlar va algoritmlarni sodda kundalik vaziyatlarda qo’llay oladi ; olingan bilimlar asosida matematik ma’lumotlardan xulosa keltirib chiqara oladi, aniq hisob – kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuza oladi , fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish ko’nikmalarini kundalik hayotida qo’llay oladi . A1+ o’rganilgan matematik tushunchalar , taklif va algoritmlarni murakkabroq vaziyatlarda qo’llay oldi .
Do'stlaringiz bilan baham: |