3 - sinf Matematika fanidan DTS talablari
O’quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari : A1 Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya : o’rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi , tegishli misollar keltira oladi ; 10 , 100 sonlari ishtirokida ko’paytirish va bo’lish amallarini bajara oladi ; 0 dan 1000 gacha bo’lgan nomanfiy butun sonlarni o’qiy oladi , yoza oladi , taqqoslay oladi , tartibga soladi , modellarda tasvirlay oladi ; sonlarni qo’shish jadvalidan , arifmetik amallarning algoritmlaridan foydalangan holda 1000 ichida nomanfiy butun sonlar ustida qo’shish , ayirish va ko’paytirish , bo’lish amallarini og’zaki va yozma bajara oladi ; matematikaga oid audiomatnni tinglab , videotasvirlarni ko’rib tushunish , tegishli munosabat bildirish ; matematik matn ma’nosini qayta so’zlab bera olish , matematik qoidalarni yoddan ifodali ayta olish ; A1+ matematik masalani hamkorlikda yechishda jamoada samarali ishlay oladi ; o’z – o’zini ruhiy intellektual va kreativ rivojlantira olish , matematikani , kamolotga intila olish , matematikani mustaqil o’qib o’rgana olish , o’z hatti - harakatini baholay olish . A1 Kognitiv kompetensiya ( shaxsning mustaqil ijodiy fikkrlash kompetensiyasi ) : o’rganilgan matematik tushunchalar , faktlar va algoritmlarni sodda o’quv vaziyaatlarda qo’llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi ; o’rganilgan matematik tushunchalar , faktlar va algoritmlarni sodda kundalik vaziyatlarda qo’llay oladi ; olingan bilimlar asosida matematik ma’lumotlardan xulosa keltirib chiqara oladi, aniq hisob – kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuza oladi , fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish ko’nikmalarini kundalik hayotida qo’llay oladi . A1+ o’rganilgan matematik tushunchalar , taklif va algoritmlarni murakkabroq vaziyatlarda qo’llay oldi .
4 - sinf Matematika fanidan DTS talablari
O’quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari : A1 Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya : 10 , 100 sonlari ishtirokida ko’paytirish va bo’lish amallarini bajara oladi ;
Do'stlaringiz bilan baham: |