III.Yakuniy qism:O`quvchilar moddalarni qanday o`zlashtirganliklarini bilish uchun “Rasmlarni o`z o`rniga qo`y” o`yini o`tkaziladi.
Demak, bolajonlar har biringiz o`z haq-huquqlaringizni yaxshi bilib olishingiz, Konstitutsiyamizda berilgan qonunlarni hurmat qilishingiz lozim. Shu bilan Konstitsiya kuniga bag`ishlangan tarbiyaviy mashg`ulotimiz yakuniga yetdi.
Dars so’ngida o’quvchilarni rag’batlantirish.
14-mavzu: “Madhiyani kuylaylik”
(10-dekabr-O`z.Res.Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan)
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:
O`quvchilarda ona – Vatanga, davlat ramzlariga hurmat,g`ururlanish tuyg`ularini tarbiyalash; o`quvchilardagi o`zi tug`ilib o`sgan Vataniga bo`lgan mehr-muhabbatini rivojlantirish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantiradi.
Kun shiori: Ellar aro yangrayver madhiyam ¡
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk,plakatlar
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism:O`quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.
O`quvchilarni guruhlarga ajratish
II.Asosiy qism:
Mashg`ulot savol va topshiriqlarni ketma-ket bajarish orqali o`tadi.
1-savol.Ushbu rasmlardan foydalanib, mustaqillik bayrami bilan bog`liq
belgilarni ko`rsating. (1-rasm.)
O`quvchilarning taxminiy javoblari: paxta, bug`doy, tabiat, quyosh, tiniq
suv, bayroq, gerb.
2-savol.Davlatimiz bayrog`ida necha xil rang bor va ular nimani
anglatadi? Ushbu rasmlar orqali davlatimizning bayrog`iga ta`rif berishga harakat qiling. (2- rasm. Davlat bayrog`ining rasmi)
O`quvchilarning tahminiy javoblari: 4 xil, oq, yashil, ko`k, qizil....
3-savol: Davlatimiz gerbini bilasizmi? Gerbimizda nimalarning rasmi bor?
Ushbu rasmlar asosida davlatimiz gerbiga ta`rifberishga harakat qiling. (3-rasm)
4-savol: Davlatimiz madhiyasini bilasizlarmi? Kelinglar, davlatimiz madhiyasini birga ijro etamiz. (Davlat madhiyasining musiqasi (minusovkasi) ijro etiladi, o`quvchilar unga jo`r bo`ladilar.)
O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qachon qabul qilingan?
-O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan. O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi – davlat mustaqilligining ramzlaridan biridir.
Davlat madhiyasi musiqasini kompozitor Mutavakkil Burxonov, so`zini shoir AbdullaOripov yozgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |