1-sinfda masalalar yechish orqali arifmetik amallarni oʻrgatish metodikasi


Download 46.89 Kb.
bet1/6
Sana23.04.2023
Hajmi46.89 Kb.
#1386823
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 SINFDA MASALALAR YECHISH ORQALI ARIFMETIK AMALLARNI OʻRGATISH


1-SINFDA MASALALAR YECHISH ORQALI ARIFMETIK AMALLARNI OʻRGATISH METODIKASI
KIRISH

  1. BOB. 1- SINF OʻQUVCHILARINI ARIFMETIK MASALALAR YECHISHGA OʻRGATISHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI

    1. Masalalarning bilish va tarbiyaviy funksiyalari.

    2. ”O`nlik” mavzusida masalalar yechishga oʻrgatish

  2. BOB. 1-SINF OʻQUVCHILARINI ARIFMETIK MASALALAR YECHISHGA OʻRGATISH TEXNOLOGIYASI

    1. Matnli masalalar yechishga oʻrgatish – oʻquvchilarda matematik tafakkurni shakllanishining omili sifatida

    2. 1-Sinf oʻquvchilarini sodda arifmetik masalalar yechishga oʻrgatish texnologiyasi

XULOSA VA TAVSIYALAR
Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
Kus ishi mavzusining dolzarbligi: Mamlakatimizda ta`lim tizimining modernizatsiya qilinishi, uni tarkibiy jihatdan qayta qurish, ta`lim, fan, texnika va texnologiyaning iqtisodiyot va madaniyatning jahon miqyosidagi zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda oʻqitish jarayoniga innovatsiyalarni tadbiq etish bilan bir qatorda, ta`lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining imkoniyatlari va ehtiyojlari nuqtai nazaridan ular uchun zarur va etarli shart-sharoitlarni yaratib berishni bugungi kun talab etmoqda.
Hozirgi kunda xalq ta`limi oldida ta`lim tarbiya samaradorligini oshirishning turli uslublarini takomillashtirish kabi ulkan vazifalar qo`yildi. Bu vazifa bevosita boshlang`ich maktabning ham vazifasi. Farzandlarimizni mustaqil fikrli, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan, sogʻlom hayotiy pozitsiyaga ega chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun hech qachon oʻzining dolzarbligini yoʻqotmaydigan masala hisoblanadi.1 Ta`lim samaradorligi oshirishning turli yo`llari mavjud. Masalan: talimning turli uslublaridan unumli foydalanish, mazmunini qayta ko`rib chiqish, davr talabiga mos materialli tanlash, talim jarayonini tashkil etishning turli shakllaridan maqsadga muvofiq holda oqilona foydalana olish va xokazolar. O`quvchi o`quv faoliyatini faollashtirish bevosita o`qituvchi hamda o`quvchi faoliyatlarini to`g`ri tashkil etish va uni boshqarishga bog`liq.
Masalalar yechish matematika oʻqitishning tarkibiy qismidir. Masalalar yechmasdan turib matematikani oʻzlashtirishni tasavvur ham qilib boʻlmaydi. Matematikada masalalar yechilish nazariyani amaliyotga tadbiq qilishning mutloqo tabiiy yoʻlidir. Matematika masalalar yechishning u yoki bu nazariy materiallarni oʻzlashtirish jarayonidagi muhim roʻlini ta’kidlab, dasturda shunday deyiladi: «Natural sonlar arifmetikasi va nolni oʻrganish maqsadga muvofiq masalalar va amaliy ishlar sistemasi asosida tuziladi. Bu degan soʻz har bir yangi tushunchani tarkib toptirish har doim bu tushuncha ahamiyatini tushuntirishga yordam beradigan, uning qoʻllanilishini talab qiladigan u yoki bu masalani echish bilan bogʻlanadi». Masala deb, tom ma’noda shunday savolga aytiladiki, uni yechish uchun berilgan sonlar va berilgan sonlar bilan izlangan sonlar orasidagi soʻzlar bilan ifodalangan bogʻlanishga koʻra izlangan sonini topishga aytiladi.( 5,6,7). 7 Bunday masalalar turmushda va har qanday kasbda uchraydi. Hisob kitobga doir masalalarda amallar tanlash masalasi qiyin boʻlmaydi. Hisob kitobga doir masalalarning ikki xil ahamiyati bor, birinchidan bunday masalalarni yechish arifmetik amallarni bajarish malakalarini hosil qilishga yordam beradi. Ikkinchidan oʻquvchilar arifmetika bilimlarini turmush tajribasidan kelib chiqqan masalalarni hal qilishga tadbiq qilishni oʻrganadi. Hisob kitob masalalaridan tashqari matematik mazmuni murakkabroq boʻlgan masalalar ham yechiladi. Bunday masalalarning koʻpchilik qismi metod bilan, ya’ni tenglamalar tuzish va yechish bilan hal qilinadi. Arifmetik yoʻl bilan yechish esa ziyraklik mulohaza qila bilishni, ozmi koʻpmi tasavvur qila bilishni diqqat qilishni, qiyinchiliklarni yengishda matonatli boʻlishni talab qiladi. Masalalar yechish bilan quyidagi maqsadlarga erishiladi. (5). 1. Oʻquvchilar masalalar yechishar ekan, miqdorlar orasidagi bogʻlanishni tushunishni, ular orasidagi munosabatni topishni tegishli amalni tanlashni oʻrganadilar. 2. Masalalar shartlarida turmushdagi olingan materialdan foydalanish matematikani hozirgi zamon bilan bogʻlashga mustaqil respublikamizning qurilish sohasidagi muvoffaqiyatlarimiz haqidagi oʻquvchilarning bilimlarini aniqlashtirishga yordam beradi. 1. Masalalarda koʻpincha matematik tushunchalar, masalan, boʻlishning ikki turi ayirmali va karrali nisbatda orttirish va kamaytirish amallar qoʻllanishning turli xil hollarni va hokazolar aniqlandi. 2. Masalalar yechishda u yoki bu amalning qoʻllanishi matematik amallarni mustaxkamlaydi. 3. Atrofdagi turmushdan olingan masalalarni kishini maktabda olgan bilim asoslarini tushunishda ishlata biladigan qilib tarbiyalaydi. 4. Masalalar yechish matematika mashgʻulotlariga qiziqish va havas uygʻotishiga yordam beradi. 8 Oʻquvchilar sodda masalalar yechish bilan miqdor orasidagi bogʻlanishni tushunishni va u yoki bu arifmetik amalni qoʻllanishning turli hollarini koʻrsatib, sodda masalalar yechishni takrorlash foydalidir. Qoʻshish amali: 1. Qoʻshiluvchilar berilganda yigʻindini topish. 2 berilgan sonni bir necha birlik orttirish kerak boʻlganda ishlatiladi. (8). Ayirishda ikki sonning berilgan yigʻindisi va qoʻshiluvchilarning biri boʻyicha ikkinchi qoʻshiluvchi (qoldiq) topiladi. Shuning uchun ayirish bilan 1-qoldiqni topishga doir masalar 2-sonni bir necha birlik kamaytirishga doir masalar yechiladi, bu yerda izlangan qoʻshiluvchi yigʻindini topish uchun bir necha birlik (ayiriluvchi) qoʻshiluvchi sondir. 3. Sonning ayirmasini topishga doir masalalar (ayirmasini taqqoslash) echiladi. Bu erda kamayuvchini topish uchun noma’lum qoʻshiluvchi berilgan qoʻshiluvchiga (ayiriluvchiga) qoʻshilgan.(8,9,10) Butun songa koʻpaytirish vositasi bilan quyidagicha masalalar yechiladi: 1.Teng qoʻshiluvchilardan biri (koʻpayuvchi) boʻyicha yigʻindi (koʻpaytma) topiladi. 2.Berilgan son (koʻpayuvchi) koʻpaytuvchida nechta birlik boʻlsa, shuncha marta orttiriladi. Ikki koʻpaytuvchining koʻpaytmasi (boʻlinuvchi) va koʻpaytuvchilardan biri boʻyicha boʻlish vositasi bilan ikkinchi koʻpaytuvchi topiladi. Butun songa boʻlishda izlangan koʻpaytuvchi koʻpaytuvchi boʻlishi mumkin, u holda boʻlinuvchi butun son, boʻluvchi-butun son boʻlinadigan teng boʻlaklar soni, boʻlinma teng boʻlaklardan birining miqdoridir. Masalalarda boʻlishni qoʻllashning ikkinchi holi boʻluvchida nechta birlik boʻlsa, berilgan sonni shuncha marta kamaytirishdan iborat.

Download 46.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling