1. Sinхrоn gеnеrаtоrning yakоr rеаksiyasi. Аktiv, induktiv vа sig’im yuklаmа bo’lgаndа sinхrоn gеnеrаtоrning yakоr rеаksiyasi


Download 301.53 Kb.
bet1/5
Sana07.04.2023
Hajmi301.53 Kb.
#1340216
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ma\'ruza 2.3-6


Ma’ruza№2.
Sinхrоn gеnеrаtоrning yakоr rеаksiyasi. Аktiv, induktiv vа sig’im yuklаmа bo’lgаndа sinхrоn gеnеrаtоrning yakоr rеаksiyasi. Sinхrоn gеnеrаtоrning хаrаktеristikаlаri vа ulаr tахlili.
R E J A:
1.Sinхrоn gеnеrаtоrning yakоr rеаksiyasi.
2. Аktiv, induktiv vа sig’im yuklаmа bo’lgаndа sinхrоn gеnеrаtоrning yakоr rеаksiyasi.
3.Sinхrоn gеnеrаtоrning хаrаktеristikаlаri vа ulаr tахlili.
1.Sinхrоn gеnеrаtоrning yakоr rеаksiyasi.
SG statorining har bir fаza chulg‘amlariga qiymatlari simmetrik yuklama ulansa, chulg‘amlardan bir-biriga nisbatan 120 ga siljigan uch fаzali toklar o‘tadi. Bu toklar statorda n1= n aylanish chastota bilan aylanadigan magnit maydonni hosil qiladi. Yuklama toki yakor magnit oqimi Фаni hosil qiladi. Фа va qo‘zg‘atish chulg‘amining magnit oqimi Ф0 bir-biriga nisbatan qo‘zg‘almas bo‘lib, bu oqimlar birgalikda mashinaning natijaviy magnit oqimini hosil qiladi.
Umuman, yuklama bilan ishlayotgan generatorda natijaviy magnit oqimi Фnat qo‘zg‘atish chulg‘amining MYK Ф0va yakorning MYK Фа lari ta’siri natijasida hosil bo‘ladi. MYK Ф0 yuklamaga bog‘liq bo‘l­may­di, Фа esa yuklamaning qiymatiga va xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. Yuklamaning xarakteri deganda yakor MYuK ning asosiy magnit oqimga qanday burchak ostida ( =0; 0 +90; 0 –90) ta’sir qilishini tushunish lozim. Shuning uchun ham generatorning natijaviy oqimi Fnat salt ishlash rejimidagi oqim Ф0 dan fаrq qiladi.
Yakor MYK Фа ning asosiy magnit oqimi Ф0= Фqo‘z ga ta’siri yakor reaksiyasi deyiladi. Sinxron mashinalarda yakor reaksiyasi yuklama qiymatiga va xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. Quyida ayon bo‘lmagan va ayon qutbli sinxron mashina (SM) lar uchun yakor reaksiyasini ko‘rib chiqamiz.
Ayon bo‘lmagan qutbli sinxron generator magnit tizimsining to‘yini­shi hisobga olinmagan hol uchun yakor reaksiyasi. Bunday SM da stator va rotor orasidagi havo oralig‘ida stator aylanasi bo‘yicha bir xil bo‘ladi. Shunday bo‘lgani uchun mashinaning magnit zanjiri to‘yin­ma­gan bo‘lsa, natijaviy magnit oqim Fnat ni aniqlash ancha osonlashadi, ya’ni u Ф0 va Фа magnit oqimlarining geometrik yig‘indisiga teng bo‘ladi:
Fnat = Ф0 + Фа (1)

Download 301.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling