1. Sinхrоn gеnеrаtоrning yakоr rеаksiyasi. Аktiv, induktiv vа sig’im yuklаmа bo’lgаndа sinхrоn gеnеrаtоrning yakоr rеаksiyasi


Sinхrоn gеnеrаtоrning хаrаktеristikаlаri vа ulаr tахlili


Download 301.53 Kb.
bet3/5
Sana07.04.2023
Hajmi301.53 Kb.
#1340216
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ma\'ruza 2.3-6

3.Sinхrоn gеnеrаtоrning хаrаktеristikаlаri vа ulаr tахlili.
SG ning ish xossalari uning xarakteristikalari bo‘yicha baholanadi. Ish xossalariga oid xarakteristikalarni tajriba, hisoblash yoki vektor diagrammalar yordamida qurish mumkin. SG ning barqaror rejimi uchun muhimlaridan: salt ishlash, simmetrik qisqa tutashuv, induksion yuklanish, tashqi va rostlash xarakteristikalaridir.
Salt ishlash xarakteristikasi (SIX). Bu xarakteristika stator toki I1 0 va rotor aylanish chastotasi n = nN= const bo‘lganda SG ning chiqish klemmalaridagi kuchlanishi yoki EYK E0 ning qo‘zg‘atish toki Iqo‘z ga bog‘liq holda o‘zgarishini ko‘rsatadi, ya’ni E0 = f (Iqo‘z).
SG larning SIX hamda boshqa xarakteristikalarini nisbiy birliklarda qurish o‘ng‘aydir. Buning uchun kuchlanishning absolyut qiymati U0 = E0 ni salt ishlashdagi nominal kuchlanish U0 = U1N ga, qo‘zg‘atish tokining absolyut qiymatini esa salt ishlashda nominal kuchlanish U1N ga to‘g‘ri kelgan qiymati Iqo‘z.N ga bo‘lib aniqlangan nisbiy biriliklardagi qiymatlari (U1 va Iqo‘z) asosida SIX, ya’ni U1= f (Iqo‘z) quriladi (5-rasm, 1). Iqo‘z=0 bo‘lganda qutbning magnit o‘zagidagi kam miqdordagi qoldiq magnit oqim (Фqol=0,20,3Ф0N) tufаyli as= Eqol vujudga keladi. Qo‘zg‘atish chulg‘amidagi tokning qiymati kichik bo‘lganda asosiy magnit oqimi kam bo‘lib, mashinaning magnit zanjiri to‘yinmagan bo‘ladi. Shu sababli SIX ning boshlang‘ich (sd) qismi to‘g‘ri chiziqli ko‘rinishda bo‘ladi. Qo‘zg‘atish toki ortib borgan sari magnit oqimi ortadi va mashinaning magnit zanjiri to‘yina boradi. Bu holda SIX absissalar o‘qiga og‘gan ko‘rinishda o‘sib, magnit zanjiri to‘la to‘yinganda esa bu xarakteristika yana taxminan to‘g‘ri chiziqli ko‘rinishga ega bo‘ladi. SG ning nominal rejimi SIX egilgan qismining taxminan o‘rtasiga to‘g‘ri keladi (5-rasm, 1 da «c» nuqta).
Bu xarakteristika yordamida SG ning magnit zanjiri to‘yinish darajasini aniqlash mumkin. Buning uchun SIX ning to‘g‘ri chiziq (magnit zanjir to‘yinmagan holdagi) qismi davom qildiriladi (5-rasm, 2) va aсaвk to‘yinish koeffitsienti topiladi. Bu koeffitsient sinxron mashinalarda k 1,11,4 ga teng bo‘ladi.
Odatda, nisbiy birliklarda ifodalangan SG larning SIX lari bir-biridan kam fаrq qiladi va ularning o‘rtacha qiymatiga mos keladigan xarakteristikani normal salt ishlash xarakteristika deyiladi. Ayon va ayon bo‘lmagan qutbli sinxron generatorlarning normal SIX lari 1-jadvalda keltirilgan.

Download 301.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling