1. Siqilmaydigan suyuqliklarning beqaror harakati
Download 1.3 Mb.
|
Suyuqliklarning bеqaror harakati
2.Gidravlik zarba hodisasi
Trubalarda gidravlik zarba hodisasi deformasiyalanuvchi trubalardagi kam siqiluvchi suyuqlikning tezligi yoki bosimi keskin o’zgarganda hosil bo’ladigan tebranma harakatdan iboratdir. Bu hodisa tez sodir bo’lib, bosimning keskin ortishi va kamayishi bilan harakterlanadi. Bosimning bunday o’zgarishi suyuqlikning va truba devorlarining deformasiyalanshi bilan bog’liqdir. G idravlik zarba ko’p hollarda jumrak yoki oqimni boshqaruvchi biror boshqa qurilmaning tez ochilishi yoki yopilishi natijasida sodir bo’ladi. O’nga boshqa hodisalar ham sabab bo’lishi mumkin. Trubalardagi gidravlik zarbani birinchi marta prof. N.Е.Jukovskiy nazariy asoslagan va tajribada tekshirib kurgan va uning “О гидравлическом ударе” nomli asarida (1899 y) e‘lon qilingan. Suyuqlik υ0 tezlik va r0 bosim bilan harakat qilayotgan trubaning oxiridagi kran jumrak “J” bir onda yopilsin deylik (1-rasm). U holda kranga (yopilganidan so’ng) birinchi Еtib kelgan suyuqlik zarrachalarning tezligi sunib, ularning kinetik energiyalari trubaning devorlarini va suyuqlikni deformasiyalash ishiga aylanadi. Bu Еrda gidravlikaning avval ko’rilgan bo’limlaridagi kabi suyuqlik siqilmaydi deb hisoblamay, uning siqilishi oz miqdorda bo’lsa ham hisobga olishga to’g’ri keladi, chunki shu siqilish katta va chekli miqdordagi zarba bosimi Δр3 ni vujudga keltiradi. Shunday qilib, jumrak oldida hosil bo’lgan Δр3 qo’shimcha bosimga mos ravishda truba devorlari cho’zilib, suyuqlik siqiladi. Jumrak oldida to’xtatilgan suyuqlik zarrachalariga qo’shni bo’lgan zarrachalar ham Еtib keladi va ularning ham tezliklari so’nadi. Natijada bosim oshish chegarasi (a-a kesim) jumrakdan ta‘minlovchi idish tomonga, zarba to’lqinining tezligi deb ataluvchi а tezlik bilan siljib boradi. Bosimi Δр3 ga o’zgargan soxaning o’zi esa zarba to’lqini deb ataladi. Bu to’lqin idishga Еtib borganda esa, suyuqlik butun truba bo’yicha to’xtagan va siqilgan bo’lib, truba devorlari esa butunlay cho’zilgan bo’ladi. Bosimning zarbali ortishi Δр3 esa truba bo’yicha butunlay tarqalgan bo’ladi (2-rasm, b). Lekin trubadagi suyuqlik teng vaznli holatda bo’lmaydi. Bosimlar farqi Δр3 ta‘sirida suyuqlik trubadan idishga oqa boshlaydi. Bu oqim idishning bevosita oldida turgan zarrachalardan boshlanib, uning chegarasi kran tomonga a tezlik bilan harakat qiladi va ketida tiklangan р0 bosimli υ0 tezlikka ega suyuqlik oqimini qoldiradi (2-rasm, v). Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling