1. Sof ko`makchilar berilgan qatorni toping? a Uchun, ammo, qadar s Haqida, ba`zan, yo, yoki b Bilan, kabi, tufayli d Avval, keyin, qadar


So’zga qo’shib yoziladigan yuklama berilgan qatorni toping?


Download 23.92 Kb.
bet3/8
Sana28.12.2022
Hajmi23.92 Kb.
#1017854
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7-sinf ona tili va adabiyot test savollari @sadikov uz

18. So’zga qo’shib yoziladigan yuklama berilgan qatorni toping?
a) – da b) – a s) – u d) – oq.
19.- oq (-yoq) yuklamasi yuklamaning qaysi turiga mansub?
a) ta’kid yuklamasi s) kuchaytiruv yuklamasi
b) so’roq va taajub yuklamasi d) ayiruv yuklamasi.
20. So’roq yuklamasi qaysi gap tarkibida qo’llangan?
a) boshqalarning ishiga aloqam yo’qmi? s) So’zingiz so’z-a?
b) Oppoq palatkalarda kimlar yashaydi? d) a, s.
21. Bu ko’chada ham faqatgina imorat xolos-da , boshqa hech narsa yo’q-ku, Bu gapdagi yuklamalar sonini aniqlang?
a) 5 b) 4 s) 3 d) 6
22. Ko’pincha zidlov bog’lovchisi o’rnida keladigan vazifadosh bog’lovchini toping?
a) biroq b) lekin s) ammo d) balki
23. Yozuvda qaysi ergashtiruvchi bog’lovchilaridan keyin vergul qo’yiladi?
a) shart b) gumon s) sabab d) aniqlov
24. “ Gar shul eshitganim bo’lmasa ro’yo..” Ushbu misrdaqgi bog’lovchini toping ?
a) gar b) shul s) ro’yo
25. Tasdiq so’zlar berilgan javobni toping?
a) bo’lar, bo’pti b) xo’p ,boraman s) ha, mayli d) bor, ha.

7- sinflar uchun Ona tilidan test
II-chorak
1. Ismlarga qaysi so'z turkumlari kiradi?
a) ot, sifat, fe'l, ravish b) sifat, son, olmosh, fe'l c) ot, sifat, son olmosh d) ot, sifat, olmosh, fe'l

2. Ismlarning ko'plik kichraytirish, erkalash, qiyoslash ma'nosini bildiruvchi


shakllari qanday shalkllar sanaladi?
a) egalik b) sintaktik c) lug'aviy d) shaxs – son

3. Qaysi qatorda ismlarning munosabat shakllari to'g'ri berilgan?


a) Egalik qo'shmchalari b) kelishik qo'shmchalari c) bog'lamalar
d) Barcha javoblar to'g'ri

4. Ismlarning egalik qo'shimchalari va kelishik qo'shmchalari bilan o'zgarishi


nima deyiladi?
a) so'z yasalishi b) tuslanish c) so'z o'zgarishi d) turlanish

5. - man, -san, -dir, qo'shimchalari hamda bo'lmoq, sanalmoq, hisoblanmoq


so'zlariga qaysi qatorda to'g'ri javob berilgan?
a) shaxs - son qo'shmchalari b) ismlarni kesimga xoslovchi shakllar c) to'liqsiz fe'llar d) tuslovchi qo'shimchalar

6.Qaysi gapda bog'lama bor?


a) Biz sayohatga bordik b) Podshoh uch aka - ukani o'limdan ozod qildi
c) Men o'quvchiman, siz talabasiz d) yangi yil bayrami qiziqarli o'tadi.

7.Egalik qo'shimchalari qaysi javobda to'g'ri berilgan?


a) - m, - ng, - ning b) -miz, -si, -da. c) -ingiz, -i, -dan d) -im, -ga, -man
e) -i, -si, -imiz.

8.Undosh bilan tugagan ismlarga qo'shiladigan egalik qo'shimchalarini toping.


a) - m, - ing, b) -im, -ingiz. c) -miz, -m. d) -ng, -ngiz.

9.Qaysi so'zlarga egalik qo'shimchalari qo'shilsa, o'zak oxiridagi tovushlar o'zgaradi.


a) elak, nok b) o'rtoq, farq c) terak, qishloq d) idrok, ishtiyoq e) chok huquq

10. Qaysi so'zlarga egalik qo'shimchalari qo'shilsa, o'zak tarkibida tovush


tushish yuz beradi?
a) shahar, gul b) singil, burun c) og'iz, aka d) ko'ngil, ruchka e) to'g'ri j.y.

11. Ismlarni boshqa so'zlarga tobelantirib, bog'lash uchun xizmat qiluvchi


qo'shimchalar -
a) egalik qo'shmchalari b) shaxs - son qo'shmchalari c) ko'plik^qo'shim -chalari d) kelishik qo'shimchalari e) tuslovchi qo'shimchalar.

12. Bosh kelishikdagi so'zlar gapda ko'pincha qanday vazifada keladi.


a) ega, ot kesim, hol b) ot kesim, to'ldiruvchi, hoi c) ega, hoi, to'ldiruvchi
d) ega, undalma, hol e) ega, ot kesim, undalma

13. Qaratqich kelishigidagi so'z qatnashgan gapni toping.


a) Manga maslahat bering b) Undan erta chiqdim c) Daraxt shoxi mevalar bilan to'la d) Kitoblarni taxladim e) Qishloqqa shu yo'ldan boriladi

14. Tushum kelishigidagi so'z gapda doimo qanday vazifada keladi? a) ega b) kesim c) aniqlovchi d) to'ldiruvchi e) hoi


15. - ga qo'shimchasi qao'shiladigan so'zlar.


a) maktab, elak, buloq b) sinf, akam, o'rtoq c) terak, tliak, elak d) qishloq, pichoq, o'roq e) uy, tog', gul

16. Qaysi gapda jo'nalish kelishigi dagi so'z hoi vezifasida kelgan?


a) O'rtag'imga xat yozdim b) Gulga suv quydim c) Shoshib ko'chaga otlandi
d) Bu gul sizga e) to'g'ri javob yo'q

17. O'rin - payt kelishigidagi so'zlar gapda qanday vazifada keladi.


a) ega to'ldituvchi b) hol to'ldiruvchi c) kesim, ega d) aniqlovchi, hoi
e) kesim, aniqlovchi.

18. O'rin -payt kelishigidagi to'ldiruvchi vazifadida kelgan gapni toping.


a) Samarqandda tarixiy yodgorliklar ko'p. b) Traktor kechgacha yer haydadi
c) Yo'lda Salimni uchratdim d) Darslikda masalalar ko'p berilgan e) Bog'da
mevalar g'arq pishgan.

19. Chiqish kelishigi qo'shimchasini tushum kelishigi qo'shimchasiga


almashtirish mumkin bo'lgan gapni toping.
a) kitobdan ko'chir b) shahardan keldi c) do'stidan oldi d) doskada yozdi e) suvdan ichdi

20. Bog'lamalar gap bo'laklaridan qaysi biri tarkibida keladi?


a) ega b) to'ldiruvchi c)fe'l kesim d) ot kesim e)hol

21.Olmosh ishtirok etgan gapni aniqlang.


a) Bugun havo iliq b) Daraxtlarning barglari sarg'aydi c) Menga savol bering
d) Ko'p o'qigan ko'p biladi

22. So'roq olmoshlari berilgan javobni toping.


a) hamma, har kim b) hech kim, hech qanday c) men, sen, siz d) qanday, kim nima.

23. Tushum kelishigidagi olmosh qatnashgan gapni toping.


a) Barchamiz bir yoqadan bosh chiqaramiz b) Sizni juda hurmat qilaman c) Har kimga bilimiga qarab baho qo'yiladi. d) O'z qadringizni biling

24. Son qatnashgan gapni aniqlang.


a) Qish fasli boshlandi b) yangi yil bayrami yaqinlashmoqda c) Do'stimning 4 ta quyoni bor d) Oz-oz o'rganib dono bo'lur

25. Bog'lovchi qatnashgan gapni toping


a) Quyosh chiqqan, ammo havo sovuq b) Ukam futbolga qiziqadi. c) sinifimiz haqida faxrlanib gapirdi. d) Men vazifani bajardim, siz-chi?


Download 23.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling