1 Soliq solishning soddalashtirilgan tartibini soliq amaliyotiga joriy etilishi, uning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati


Download 52.81 Kb.
bet7/8
Sana19.06.2023
Hajmi52.81 Kb.
#1612377
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Soliq bazasi

Qat’iy belgilangan soliq

  • Taqdim etilgan qat‘iy belgilangan soliq hisob-kitobida hisobga olinmagan fizik ko‘rsatkichlar aniqlangan holatda bu hol soliqqa tortish ob‘ektini yashirish sifatida qaraladi.
  • Tadbirkor o‘z faoliyatini muayyan oyga (oylarga) turli sabablar (oilaviy ahvoli, kasallik, vaqtincha boshqa yerga ketish va hokazo) bilan to‘xtatgan hollarda, u faoliyatini to‘xtatishgacha davlat soliq xizmati organlariga faoliyatni vaqtincha to‘xtatishi haqida ariza taqdim etishi va davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risida guvohnomasini topshirishi kerak.

Qat’iy belgilangan soliq

  • Hokimiyatlar tomonidan berilgan yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risida guvohnomasi topshirilgandagina faoliyat vaqtincha to‘xtatilgan deb hisoblanadi. Bunda tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risida guvohnomasini topshirgandan keyin qat‘iy belgilangan soliqni o‘z faoliyatini amalga oshirmaydigan oyda to‘lashdan ozod etiladi.

Qat’iy belgilangan soliq

  • Jismoniy shaxs:
  • faoliyatning bir necha turi bilan shug‘ullansa, soliqni faoliyatning har bir turi uchun alohida to‘laydi;
  • tadbirkorlik faoliyatini ijaraga olingan uskuna va xonada, shu jumladan ishonchnoma bo‘yicha transportda amalga oshirsa, ijaraga beruvchilar to‘g‘risida yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga axborot taqdim etishi kerak, unda ijaraga beruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport ma‘lumotlari, shuningdek ijara to‘lovining summasi va ijara muddati ko‘rsatiladi.

Qat’iy belgilangan soliqni to’lash muddati

  • Qat‘iy belgilangan miqdorlardagi daromad solig‘ini tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar har oyda, mustaqil ravishda faoliyat amalga oshiriladigan oyning 25-kunigacha to‘laydilar.
  • Masalan, jismoniy shaxslar daromadidan qat‘iy belgilangan soliq:
  • 2011 yil yanvari uchun 2011 yilning 25 yanvariga qadar;
  • 2011 yil fevrali uchun 2011 yilning 25 fevraliga qadar belgilab qo‘yilgan.

Download 52.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling