Yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida


Download 14.11 Kb.
Sana22.12.2022
Hajmi14.11 Kb.
#1043496
Bog'liq
IT Innovatsion Loyihalar tanlovi 2022


IT Innovatsion Loyihalar tanlovi 2022
Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-avgustdagi “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-357-son qarori 8-bandi asosida hamda CraDev Company va Valley Innovativ University hamkorligida tashkil etiladi.
Loyihalarni qabul qilishda qo‘yiladigan shartlar:
Tanlovda ishtirok etuvchi “startap” loyiha tashabbuskorlaring Loyihalari 2022-yil 15-dekabrdan 2023-yil 15-yanvariga qadar qabul qilinadi;
“startap” loyiha tashabbuskori (1 ta ishtirokchi) 1 ta loyiha bilan ishtirok etishi mumkin;
Arizalarni yuridik va jismoniy shaxslar taqdim etishi mumkin.
Startap loyihalar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
Loyihaning innovatsionligi – respublikada avval qo‘llanilmagan yangi texnologiyalar va (yoki) jarayonni tashkillashtirish tamoyillaridan foydalanish darajasi, bunda loyiha respublikada avval ishlab chiqarilmagan yangi mahsulot (intellektual mulk ob’ekti mavjud bo‘lganda) ishlab chiqarish, yangi xizmat turini yaratishni ko‘zda tutadi;
Loyihaning texnik jihatdan mukammalligi, shu jumladan yakunlanganlik darajasi;
Loyiha jamoasining tegishli soha mutahassislari bilan ta’minlanishi, ilmiy-texnik va ishlab chiqarish imkoniyatlari – jamoaning malakali mutaxassislardan shakllantirilganligi, tashkilotda kerakli asbob-uskunalar va ilmiy obyektlar infratuzilmalarining mavjudligi;
Loyihaning investitsion jozibadorligi – qo‘shimcha foyda keltirib, kiritilgan mablag‘lar tavakkalchiligini kamaytiradigan qulay investitsion va innovatsion shart-sharoitlar majmuidir. Loyihaning investitsion jozibadorligi uning mamlakat taraqqiyotining uzoq muddatli istiqbollariga muvofiqligi, loyihaning qiymati, tavakkalchiliklarning hisobga olinishi, o‘zini o‘zi qoplashi va rentabelligi bilan belgilanadi;
Loyihani moliyaviy rejalashtirish – loyiha moliyaviy ta’minotining rejalashtirilayotgan ishlarga muvofiqligi va harajatlar smetasining asoslanganligidir;
Marketing rejasi – loyihani amalga oshirish strategiyasi, bozor hajmi, maqsadli auditoriya, aloqalar/sotuvlarning asosiy kanallari, raqobat muhiti va h.k;
Loyihani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar – ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish, amalga oshiriladigan tadbirlarni bajarish sifati va muddatlari, import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan ilmiy asos talab qiladigan mahsulot ishlab chiqarishni tashkillashtirish;
Quyidagi hollarda taqdim etilgan loyihalar tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya etilmasligi mumkin:
Startap loyiha mazmunan innovatsion xususiyatga ega emasligi;
Startap loyiha hujjatlari tanlov talablariga hamda belgilangan sohasiga muvofiq taqdim etilmaganligi;
Startap loyihaning maqsad va vazifalari yoritib berilmaganligi;
Startap loyihada taqdim etilgan muammoning yechimi mavjud emasligi;
Startap loyihaning avvalgi tanlovlarda g‘olib bo‘lganligi;
Download 14.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling