1-son davolash ishi 125-a guruh talabasi eshqobilov lazizbekning tibbiy biologiya va genetika fanidan tayyorlagan


-ma'noli nutqni rivojlanishi, pastki jag'ida iyagini bo'rtib chiqishiga olib keldi


Download 1.15 Mb.
bet2/2
Sana15.06.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1486815
1   2
Bog'liq
LAZIZBEK 4 BIOLOGIYA MUSTAQIL ISH

-ma'noli nutqni rivojlanishi, pastki jag'ida iyagini bo'rtib chiqishiga olib keldi.
Baliqlarda muskul tolalari to'tamini yo'nalishi miomerlarda muskul qatlamini har xil chuqurligida o'zgaradi. Bunday differentsirlanish quruqlikda yashaydigan umurtqlilarda kuchliroq nomoyon bo'ladi. Natijada ularda murakkab muskullar guruhi yuzaga keladi, dastlabki aniq metameriyadan, faqat umurtqalarni bir biri bilan bog'lovchi orqa va terini chuqur muskullar shaklida bo'lgan izlari saqlanib qoladi.
Ko'ruqlikda yashaydigan umurtqalilarda, ularning oyoqlari yordamida harakatlana boshlaganliklari tufayli, orqa muskulning ahamiyati pasayib boradi. Qorin muskul-larida funktsiyalarini almashinishi ko'zatiladi:dastlab tanasini joyini o'zgartirish dagina ishtirok etgan bo'lsa, keyinchalik sudralib yuruvchilar va sut emizuvchilarda , nafas olish jarayonida ko'krak qafasini va qorin muskullarning hajmini o'zgartirish uchun xizmat qila boshladi.
Qon hosil qilish sistemasining filogenezi. Qon xujayralari organizmda muxim vazifalarni bajaradi, ular juda tez yangilanish xususiyatiga egadir.Odamning qonhosil qilish sistemasini, odamda uchraydigan qon xujayralari kasalliklarini bilish uchun bu sistemaning tarixiy rivojlanishini yaxshi bilish kerak.Umurtqalilarning filogenezida ularning qon aylanish va qon xosil kilish sistemalarining takomillashuvi kuzatiladi.Masalan, baliqlarning qon ishlab chikaruvchi a'zolari - buyrak, talok, ichak; amfibiyalarda esa - talok, jigar, suyak ko'migi; reptiliyalar da - suyak ko'migi, talok; kushlarda - suyak ko'migi, talok; sutemizuvchilarda - suyak ko'migi, talok, limfa bezlari xisoblanadi.Gemopoez (qonhosil kilish jarayoni)ning suyak to'qimasida joylashuvi birinchi marta amfibiyalarda kuzatilib, qushlar va sutemizuvchilarda suyak ko'migi asosiy qonhosil qiluvchi a'zoga aylanadi.
Hazm a'zolarining rivojlanishi anomoliyalari hazm nayining turli kismlarida: og'izdan tortib, anal teshigigacha uchrashi mumkin. qizilo'ngach ichki diametrini torayishi (stenoz) yoki berk bo'lishi (artreziyasi) uchraydi. Ba'zan ( qizilo'ngachning ikkiga ajralish hollari kuzatiladi. Me'da rivojlanishi anomaliyalariga me'daning chiqish teshigini torayishi yoki berk bo'lishi, qo'shaloq meьda bo'lishi, misol bo'la oladi. Ichak anomaliyalari ham ichak diametrini torayishi, berk bo'lishi, orqa chiqaruv teshik (anus) ning bo'lmasligi bilan xarakterlanadi.
 Filogenetikada genetika, biokimyo, molekulyar biol., etologiya, biogeogr., fiziologiya, parazitologiya dalillaridan keng foydalanilmoqda. Bu dalillar turdan yuqori boʻlgan har qanday taksonlar evolyutsiyasi borishini katta aniklik bilan tiklash imkonini beradi. Muhit sharoiti bir xil boʻlmagan, har xil biotik va abiotik omillar qurshovida turli guruxdardagi evolyutsion jarayonning borishini taqqoslash tarixiy taraqqiyotda katta guruhlarga xos umumiy xossalarni aniklash imkonini beradi. Guruhlar evolyutsiyasining barcha xususiyatlari individlarning morfofiziologik tomonlarini oʻrganish asosida aniqlanadi. Aksariyat guruxlar F.i adaptiv radiatsiyaga, yaʼni belgilarning dastlabki umumiy formadan raduis boʻylab har tomonga tarqalish xarakteriga ega. Oʻsimlik va hayvonlar F.i shajara daraxtini chizish yordamida tasvirlab beriladi. Shajara daraxti oʻsimlik va hayvonlarning umumiy bir ildizdan kelib chiqqanligi; turli xil formalar Yerdagi hayot tarixining har xil davrlarda shoxlanish orqali astasekin taraqqiy etganligini aks ettiradi.
Organizmlar filogenetik qayta tuzilishlarining adaptiv xarakterini belgilovchi asosiy kuch tabiiy tanlanish hisoblanadi. Filogenetik shajara barcha oʻzgarishlarning birlamchi negizida divergensiya va filetik evolyutsiya, soʻng esa parallelizm va konvergensiya yotadi.
Organizm har xil guruhlarining F.i bir xilda oʻrganilmagan, bu qazilma qoldiklarning har xil darajada saqlanganligi va mazkur guruxlarning qanchalik qadimiyligi bilan bogʻliq. Umurtqali hayvonlar (ayniqsa, yuksak guruhlari) va yuksak oʻsimliklar F.i, umurtqasiz hayvonlardan esa mollyuskalar, ignaterililar, boʻgʻimoyoqlilar F.i nisbatan yaxshi, prokariotlar va tuban oʻsimliklar F. i kamroq oʻrganilgan.
E'TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR
Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling