2. O`zgaruvchi va o`zgarmas miqdorlar
Ma`lumki, biz o`z amaliy faoliyatimizda, tabiat hodisalari va qonuniyatlarini o`rganishda og`irlik, hajm, harorat, tok kuchi, tezlik va hokazo kabi fizik qonunlarga duch kelamiz. Blarning har biri qiymatlarni yoki faqatgina bitta qiymatni qabul qiladi. Qanday yoki nechta qiymat qabul qilishi qo`yiladigan shartga bog`liq bo`ladi. Har bir miqdorni son qiymatlari bilan ifodalash mumkin.
Ta`rif. Agar qaralayotgan masaladagi miqdor shu masalaning shartlarida o`zining son qiymatini o`zgartira olsa, bunday miqdorga o`zgaruvchi miqdor deyiladi. Bu ta`rifni quyidagicha berish ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |