1-sonli yig‘ilish bayonnomasi


SO‘ZGA CHIQDI: Kun tartibidagi beshinchi masala


Download 223.5 Kb.
bet3/32
Sana09.04.2023
Hajmi223.5 Kb.
#1346378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim nazariyasi kafedrasi bayonnomalar oxirgisi ra\'no

SO‘ZGA CHIQDI: Kun tartibidagi beshinchi masala yuzasidan Maktabgacha ta’lim nazariyasi kafedra mudiri PhD M.M.Berdiyeva so’zga chiqib, Hemis dasturida kafedraga oid fanlarning ma’ruza, amaliy mashg‘ulot va seminar mashug‘ulotlarga oid resurslarni joylashtirish haqida o’z fikrlarini aytib o’tdi
SO’ZGA CHIQDI: Kun tartibidagi oltinchi masala yuzasidan kafedra o’qituvchisi M.Jumayeva so‘zladi.Bunga ko’ra, Iqtidorli talabalar bilan ishlashni tizimli tashkil etish to‘g‘risida gap bordi. O’tgan o’quv yillar mobaynida aniqlangan iqtidorli talabalarni qo’llab-quvvatlash, ularni nomdor stipendiyalarga olib chiqish kabi masalalar aytib o’tildi. Shu bilan birga yangi o’quv yilidan iqtidorli talabalrni tanlab olish kabi vazifalar har bir o’qituvchilarga berib o’tildi.
SO’ZGA CHIQDI: Kun tartibidagi yettinchi masala yuzasidan Maktabgacha ta’lim nazariyasi kafedrasi mudiri PhD M.M.Berdiyeva so’zga chiqib, Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasini tashkil etish to’g’risida to’xtalib o’tdi. Bunga ko’ra har bir tadbir va bayram ish reja asosida o’tkazilib borilishi, barcha o’qituvchilar faol ishtirok etishi va ma’suliyat bilan yondashishi kerakligi ta’kidlab o’tildi. Talabalar turar joyida va ijarada turuvchi talabalarga ha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejada ko’rsatilganligini aytib o’tdi.
SO’ZGA CHIQDI: Kun tartibidagi sakkizinchi masala yuzasidan Maktabgacha ta’lim nazariyasi kafedrasi mudiri PhD M.M.Berdiyeva so’zga chiqib quyidagi masalalarni ko’rib chiqdi:

  1. Professor-o’qituvchilarning kiyinish tartibi, ishga kelish-ketish davomati haqida tushuntirib o’tdi.

  2. 2022-2023 o‘quv yilida talabalar bilan ishlash uchun a’zolarni tuzish kerakligi va ular talabalarni adolatli reyting tizimi asosida baholashlari kerakligi haqida fikr aytib o‘tildi.

Ko‘rilgan masalalar yuzasidan kafedra yig‘ilishi
Q A R O R Q I L A D I :
1. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilingan buyruqlarni o‘quv tarbiya jarayoniga tadbiq etish to‘g‘risida, shuningdek, talabalar bilimini nazorat qilishning reyting Nizomini o‘rganish va tahlil qilish masalasi yuzasidan kafedra mudiri PhD M.M.Berdiyevaning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Termiz davlat pedagogika instituti rektorining 2022-yil 30-avgustdagi 2022/2023 o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish hamda o‘quv jarayoni samaradorligini oshirishini ta’minlashi to‘g‘risidagi yig‘ilishida ko‘rilgan masalalar va kafedra oldiga qo‘yilgan vazifalar haqida kafedra mudiri PhD M.M.Berdiyevaning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Kafedraning 2022-2023 o‘quv yili ish rejasi, yig‘ilishlar rejasi, professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalarini muhokama qilish va tasdiqlash to‘g‘risida kafedra mudiri PhD M.M.Berdiyevaning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
4. 2022-2023 o‘quv yilida kafedrada o‘qitiladigan fanlarning qayta ko‘rib chiqish va ularni milliy Milliy malaka ramkasi, Ta’limni xalqaro standart klassifikatori (MSKO-2011) va xalqaro baholash dasturlari (PISA,TIMSS, PIRLS,TALLIS) talabalariga muvofiq o‘quv-me’yoriy hujjatlarini muhokama qilish va tasdiqlash professor-o’qituvchilar zimmasiga yuklatilsin.
5. Hemis dasturida kafedraga oid fanlarning ma’ruza, amaliy mashg‘ulot va seminar mashug‘ulotlarga oid resurslarni joylashtirish masalasi kafedra mudiri zimmasiga yuklatilsin.
6. Iqtidorli talabalar bilan ishlashni tizimli tashkil etish kafedra o’qituvchisi M.Jumayeva zimmasiga yuklatilsin.
7. Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish barcha professor-o’qituvchilarning o’z zimmasiga yuklatilsin.
8. Yig’ilishda ko’rilgan har xil masalalarni nazorat qilish kafedra mudiri zimmasiga yuklatilsin.
9.Kafedra yig‘ilishining mazkur qarorlarini tasdiqlab berish fakultet Kengashidan so‘ralsin.

Download 223.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling