Q A R O R Q I L A D I :
1. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilingan buyruqlarni o‘quv tarbiya jarayoniga tadbiq etish to‘g‘risida, shuningdek, talabalar bilimini nazorat qilishning reyting Nizomini o‘rganish va tahlil qilish masalasi yuzasidan kafedra mudiri PhD M.M.Berdiyevaning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Talabalarning mustaqil ish topshiriqlarini takomillashtirish va baholash to‘g‘risidagi kafedra mudiri PhD M.M.Berdiyevaning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. 1-kurs magistrlarning shaxsiy rejalarini muhokamasi va tasdiqlash to‘g‘risida kafedra mudiri PhD M.M.Berdiyevaning zimmasiga yuklatilsin.
4. “Yosh tarbiyachi” fan to‘garagining faoliyatini olib borish kafedra o’qituvchilari M.Jumayeva, L.O’tasheva, F.Muhammadiyevalar zimmasiga yuklatilsin.
5. O‘qituvchi F.Muhammadiyevaning Institut bo’yicha ochiq darsi ijobiy deb topilsin
6. Yig’ilishda ko’rilgan har xil masalalarni nazorat qilish kafedra mudiri zimmasiga yuklatilsin.
7. Kafedra yig‘ilishining mazkur qarorlarini tasdiqlab berish fakultet Kengashidan so‘ralsin.
Yig‘ilish raisi: M.M.Berdiyeva
Yig‘ilish kotibasi: o‘qit R.Turapova
TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
MAKTABGACHA TA’LIM FAKULTETI
MAKTABGACHA TA’LIM NAZARIYASI KAFEDRASINING
6-SONLI YIG‘ILISH BAYONNOMASI
11.11.2022 Termiz shahri
Yig‘ilish raisi: PhD M.M.Berdiyeva
Yig‘ilish kotibasi: o’q. R.Turapova
Qatnashdilar: Fakultet dekani
Sh.Qosimov, S.Usmonova, L.O’tasheva, M.Jumayeva, G.Radjabova, R.Turapova, F.Muhammadiyeva,S.Xabilova, X.Nuritdinova, M.Quvvatova, M.Astanaqulova, M.Umarova, H.G’affarova, S.Abdullayev, M.Saydullayeva, S.Choriyeva, M.Umarova.
KUN TARTIBI:
1. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida Qonun», O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 2022 yil 21 iyundagi 289 –sonli Qarori va ta’limga oid qaror va farmonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilingan buyruqlari hamda Pedagogika instituti rektorining buyruqlarini ijrosi to‘g‘risida.
2. O‘qituvchi S.Choriyevaning ochiq darsi muhokamasi
3. O‘qituvchi M.Quvvatovaning ochiq darsi muhokamasi
4. Joriy, oraliq nazoratlar bo‘yicha talabalarining o‘zlashtirishlari tahlili(kurslar kesimida)
5. “Ilk qadam” ilmiy to‘garak faoliyati to‘g‘risida
6. Har xil masalalar.
ESHITILDI: Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan kafedra mudiri PhD M.M.Berdiyeva so‘zladi. Kafedra mudiri o‘z nutqida O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida Qonun», O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 2022 yil 21 iyundagi 289 –sonli Qarori va ta’limga oid qaror va farmonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilingan buyruqlari hamda Pedagogika instituti rektorining buyruqlarini ijrosi ta’minlash shu kunning dolzarb vazifasi ekanini ta’kidlab o‘tdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |