1-sonli yig‘ilish bayonnomasi


ESHITILDI: Kun tartibidagi ikkinchi masala


Download 223.5 Kb.
bet14/32
Sana09.04.2023
Hajmi223.5 Kb.
#1346378
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim nazariyasi kafedrasi bayonnomalar oxirgisi ra\'no

ESHITILDI: Kun tartibidagi ikkinchi masala, O‘qituvchi S.Choriyevaning ochiq darsi muhokamasi to‘g‘risida kafedra mudiri PhD M.M.Berdiyeva axborot berdi. O’qituvchi S.Choriyeva 1-kurs 101-guruhda 3-noyabr kuni “Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish” fanidan “Maktabgacha yoshdagi bolalarning mehnat tarbiyasi” mavzusida ochiq seminari bo’lib o’tdi. Ochiq dars davomida o’qituvchi innovatsion texnologiyalardan foydalandi va ijobiy baholandi.
ESHITILDI: Kun tartibidagi uchinchi masala, kafedra mudiri PhD M.M.Berdiyeva so’zga chiqib, O‘qituvchi M.Quvvatovaning ochiq darsi muhokamasi haqida o’qituvchi o’z fikrlarini aytib o’tdi. O’qituvchi 3-kurs 301-302-guruhlariga 11–noyabr kuni Bolalarning musiqiy ta’limi fanidan “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining turli guruhlarida musiqa mashg’ulotlari ishlanmasini tuzish” mavzusida ochiq ma’ruza darsi o’tildi. Ochiq dars davomida o’qituvchi innovatsion texnologiyalardan foydalandi va ijobiy baholandi.
ESHITILDI: Kun tartibidagi to’rtinchi masala, kafedra mudiri PhD M.M.Berdiyeva so’zga chiqib, joriy, oraliq nazoratlar bo‘yicha talabalarining o‘zlashtirishlari tahlili (kurslar kesimida) barcha o’qituvchilar o’ziga biriktirilgan fanlaridan oraliq, joriy nazoratlarni talab darajasida qilib tasdiqlatish kerakligi haqida aytib o’tdi. Har bir talaba oraliq va joriy nazoratlarni ball tizimida baholab borishi kerakligi ta’kidlab o’tildi.
ESHITILDI: Kun tartibidagi beshinchi masala, kafedra o’qituvchisi M.Astanaqulova so’zga chiqib, “Ilk qadam” ilmiy to‘garak faoliyati to‘g‘risida aytib o’tdi. “Ilk qadam” ilmiy to‘garagining maqsad,vazifalari, qatnashuvchi talabalarning soni va to’garakda bajariladigan ishlar haqida o’qituvchilarni tanishtirib o’tdi. Bundan tashqari, 11.11.2022 da Maktabgcha ta’lim-uzluksiz ta’limning alohida turi sifatida mavzusida to’garak tashkil etilib, sohaga oid ilmiy ma’lumotlar berilishini aytdi.
SO‘ZGA CHIQDI: Kun tartibidagi har xil masalalar yuzasidan Maktabgacha ta’lim nazariyasi kafedrasi mudiri so’zga chiqib, Professor-o’qituvchilarning kiyinish tartibi, ishga kelish-ketish davomati haqida tushuntirib o’tdi.

Download 223.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling