Ko‘rilgan masalalar yuzasidan kafedra yig‘ilishi
Q A R O R Q I L A D I :
1. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilingan buyruqlarni o‘quv tarbiya jarayoniga tadbiq etish to‘g‘risida, shuningdek, talabalar bilimini nazorat qilishning reyting Nizomini o‘rganish va tahlil qilish masalasi yuzasidan kafedra mudiri PhD M.M.Berdiyevaning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. 1-kurslar hisoboti (o‘zlashtirish, davomat va ichki tartib intizomi to‘g‘risida) ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy ishlarning borishi to‘g‘risida bayonnomalar o’qituvchi M.Astanaqulovaga yuklatilsin.
4. Kuzgi semestrda bajariladigan yuklamalarning bajarilishi holati haqida kafedra mudiri axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
5. Yig’ilishda ko’rilgan har xil masalalarni nazorat qilish kafedra mudiri zimmasiga yuklatilsin.
6. Kafedra yig‘ilishining mazkur qarorlarini tasdiqlab berish fakultet Kengashidan so‘ralsin.
Yig‘ilish raisi: M.M.Berdiyeva
Yig‘ilish kotibasi: o‘qit R.Turapova
TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
MAKTABGACHA TA’LIM FAKULTETI
MAKTABGACHA TA’LIM NAZARIYASI KAFEDRASINING
8-SONLI YIG‘ILISH BAYONNOMASI
16.12.2022 Termiz shahri
Yig‘ilish raisi: PhD M.M.Berdiyeva
Yig‘ilish kotibasi: o’q. R.Turapova
Yig’ilishda ishtirok etganlar: Fakultet dekani Sh.Qosimov, M.M.Berdiyeva, G.Radjabova, M.Jumayeva, F.Muhammadiyeva, L.O’tasheva, M.Astanaqulova, R.Turapova, S.Choriyeva, S.Xabilova, X.Nuritdinova, M.Quvvatova, M.Umarova, H.G’affarova, S.Abdullayev, M.Saydullayeva.
Yig’ilishda ishtirok etmaganlar:
Sababli: ---
Sababsiz: S.Usmanova
KUN TARTIBI:
1. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida Qonun», O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 2022 yil 21 iyundagi 289 –sonli Qarori va ta’limga oid qaror va farmonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilingan buyruqlari hamda Pedagogika instituti rektorining buyruqlarini ijrosi to‘g‘risida.
2. Xo‘jalik shartnomalar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlili.
3. Malakaviy va pedagogik amaliyot dasturlarini haftalik o‘quv mashg‘ulotlari “4+2” tartibida, shu jumladan darslarning 4 kuni oliy ta’lim muassasasida, 2 kuni maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amaliyot o‘tash tartibida olib borishini muhokamasi va tasdiqlash.
4. O‘qit. X.Nuritdinovaning ilmiy hisoboti
5. O‘qituvchi M.Umarovaning ochiq darsi muhokamasi
6.Har xil masalalar.
ESHITILDI: Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan kafedra mudiri PhD M.M.Berdiyeva so‘zladi. Kafedra mudiri o‘z nutqida O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida Qonun», O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 2022 yil 21 iyundagi 289 –sonli Qarori va ta’limga oid qaror va farmonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilingan buyruqlari hamda Pedagogika instituti rektorining buyruqlarini ijrosi ta’minlash shu kunning dolzarb vazifasi ekanini ta’kidlab o‘tdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |