1-sonli yig‘ilish bayonnomasi


Download 223.5 Kb.
bet25/32
Sana09.04.2023
Hajmi223.5 Kb.
#1346378
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim nazariyasi kafedrasi bayonnomalar oxirgisi ra\'no

Sababli: ---
Sababsiz: S.Usmanova

KUN TARTIBI:


1. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida Qonun», O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 2022 yil 21 iyundagi 289 –sonli Qarori va ta’limga oid qaror va farmonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilingan buyruqlari hamda Pedagogika instituti rektorining buyruqlarini ijrosi to‘g‘risida.
2. Kafedra professor-o‘qituvchilarining o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy, tashkiliy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarining bajarilishi haqida yarim yillik hisobotini tinglash.
3. Kuzgi sessiya yakunlari hamda qayta o‘zlashtirishni to‘g‘ri tashkil etish, akademik qarzdor talabalar bilan ishlash to‘g‘risida
4. Bitiruvchi kurs talabalarining pedagogik malakaviy amaliyotini to‘g‘ri tashkil etish va tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida.
5. O‘qituvchi M.Astanakulovaning ochiq darsi muhokamasi.
6. O‘qit. M.Quvvatovaning ilmiy hisoboti
7.Har xil masalalar.
ESHITILDI: Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan kafedra mudiri dots. M.M.Berdiyeva so‘zladi. Kafedra mudiri o‘z nutqida 2022- yilning 20-dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida Ta’lim sifatini tubdan yaxshilash maqsadida, avvalo, o‘quv dasturlari, o‘qituvchi va domlalar uchun metodik qo‘llanmalarni ilg‘or xalqaro mezonlarga moslashtirish lozimligini ta’kidladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning birinchi navbatda, e’tiborni Yangi O‘zbekiston uchun eng katta investitsiya bo‘lgan ta’limni qo‘llab-quvvatlashga qaratamiz. “Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda. Chunki, barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi”. Talabalarning tahliliy va kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun ularga sermazmun va tushunarli darsliklar yaratish zarur. Bu borada kelgusi o‘quv yilida boshlang‘ich sinflarda davlat ta’lim standarti o‘rniga, ilg‘or xorijiy tajriba asosida, bolaga ortiqcha yuklama bermaydigan “Milliy o‘quv dasturi” joriy etilishi va boshqa ko’plab sohaga oid yangiliklarni aytib o’tildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida Qonun», O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 2022 yil 21 iyundagi 289 –sonli Qarori va ta’limga oid qaror va farmonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilingan buyruqlari hamda Pedagogika instituti rektorining buyruqlarini ijrosi ta’minlash shu kunning dolzarb vazifasi ekanini ta’kidlab o‘tdi.

Download 223.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling