ESHITILDI: Kun tartibidagi ikkinchi masala, Kafedra professor-o‘qituvchilarining o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy, tashkiliy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarining bajarilishi haqida yarim yillik hisobotini tinglash haqida kafedra mudiri dots. M.M.Berdiyeva axborot berdi. Bundan tashqari, asosiy shtatdagi o’qituvchilarga o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy, tashkiliy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarining bajarilishi reja-grafik asosida tashkil etilishi haqida aytib o’tdi. Hisobotda yuklama asosida bajarilgan ishlarni rasmlar asosida yoritilish kerakligini aytdi.
ESHITILDI: Kun tartibidagi uchinchi masala, kafedra mudiri dots. M.M.Berdiyeva so’zga chiqib, Kuzgi sessiya yakunlari hamda qayta o‘zlashtirishni to‘g‘ri tashkil etish, akademik qarzdor talabalar bilan ishlash to‘g‘risida fikrlarini aytib o’tdi. Har bir o’qituvchi yuklamasi bo’yicha sessiya yakunlarini hamda qayta o’zlashtirishlarini qabul qilib olishi kerakligi, oraliq, joriy, yakuniy baholarini shaffof tarzda baholash kerakligi haqida aytib o’tdi.
ESHITILDI: Kun tartibidagi to’rtinchi masala, kafedra mudiri dots.M.M.Berdiyeva so’zga chiqib, Bitiruvchi kurs talabalarining pedagogik malakaviy amaliyotini to‘g‘ri tashkil etish va tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan nazorat qilish haqida aytib o’tdi. Pedagogik amaliyotga jo’natilayotgan talabalarga Marketing bo’lim boshlig’i va amaliyot ishlari boyicha ma’sul E.Imamov, Fakultet dekani Sh.Qosimov, kafedra mudiri dots. M.Berdiyeva va amaliyot rahbarlari bilan birga amaliyotoldi yig’ilish o’tkazildi. Yig’ilishda talabalarning amaliyot manzillariga to’liq borishi va ishga joylashishi haqida ta’kidlab o’tildi.
ESHITILDI: Kun tartibidagi to’rtinchi masala, kafedra mudiri dots.M.M.Berdiyeva so’zga chiqib, o‘qit. M.Astanaqulovaning ochiq darsi qishki ta’til uzaytirilganligi sababli keyingi semestrda o’tib berish sharti bilan qoldirildi.
ESHITILDI: Kun tartibidagi beshinchi masala, O‘qit. M.Quvvatovaning ilmiy hisoboti muhakama qilindi. Quvvatova Mohira Hikmatullaevnaning 13.00.01 – Pedagogika nazaryasi. Pedagogik ta’limlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha «Oliy ta’lim muassasasi talabalarining kreativligini rivojlantirish» mavzusidagi pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhakamasi ko’rib chiqildi. Muhokama jarayonida Quvvatova Mohira Hikmatullaevnaning mavzusi yuzasidan tadqiqot ishlari Termiz davlat universiteti, Qarshi davlat pedagogika institute, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida olib borildi. Mavzu yuzasidan innovatsion loyihalarda qatnashgan hamda tajriba qismlari to’liq yakunlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |