ESHITILDI: Kun tartibidagi uchinchi masala, kafedra o’qituvchisi G.Radjabova so’zga chiqib, Kafedra qoshidagi to‘garaklar faoliyati tahlili va rahbarlar hisobotini o’z vaqtida topshirayotganligi haqida aytib o’tdi. Kafedrada “Ilk qadam”, “Mohir qo’llar”, “Yosh tarbiyachi” kabi to’garaklar o’z vaqtida tashkil etilayotganligi, talabalar to’garakda faol ishtirok etayotganligi haqida aytib o’tdi.
Xususan, “Ilk qadam” ilmiy to’garagida reja asosida talabalar bilan birgalikda to’garak tashkil etilib kelinmoqda.
ESHITILDI: Kun tartibidagi to’rtinchi masala, kafedra mudiri PhD.M.M.Berdiyeva so’z olib, ushbu o’quv yilining 15-fevral kuni Maktabgacha ta’lim nazariyasi kafedrasi o’qituvchisi G.Radjabovaning Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 2-kurs 203-204-guruhlarida “Maktabgacha ta’limda menijment” fanidan “Maktabgacha ta’lim tashkilotining tashkiliy va me’yoriy asoslari” mavzusidagi tashkil qilgan bir paralik ochiq ma’ruza darsini o’tganligini va unda ishtirok etgan har bir o’qituvchi ushbu darsning muhokamasiga to’xtalib o’tishini aytib o’tdi. Muhokama jarayonida G.Radjabovaning ochiq ma’ruza ijobiy deb topildi.
ESHITILDI: Kun tartibidagi to’rtinchi masala, kafedra mudiri dots.M.M.Berdiyeva so’zga chiqib, Barcha o’qituvchilarni “Web of Science", "Scopus" va "Google Scholar" bazalari bo’yicha nashrlariga iqtiboslarini monitoringini tashkil etish kerakligi haqida aytib o’tdi. Professor-o’qituvchilar xalqaro impact factorli jurnallarda va OAK jurnallarida ilmiy maqolalar chop ettirishi kerakligi haqida ta’kidlab o’tdi.
SO‘ZGA CHIQDI: Kun tartibidagi har xil masalalar yuzasidan Maktabgacha ta’lim nazariyasi kafedrasi mudiri so’zga chiqib, quyidagi masalalarni aytib o’tdi:
5.1. Professor-o’qituvchilarning kiyinish tartibi, ishga kelish-ketish davomati haqida tushuntirib o’tdi.
Ko‘rilgan masalalar yuzasidan kafedra yig‘ilishi
Q A R O R Q I L A D I :
1. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida Qonun», O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 2022 yil 21 iyundagi 289 –sonli Qarori va ta’limga oid qaror va farmonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilingan buyruqlari hamda Pedagogika instituti rektorining buyruqlarini ijrosi to‘g‘risidagi masalasi yuzasidan kafedra mudiri PhD M.M.Berdiyevaning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Kafedrada maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik ishlarining borishi to‘g‘risidagi hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Kafedra qoshidagi to‘garaklar faoliyati tahlili va rahbarlar hisobotini kafedra o’qituvchisi G.Radjabovaning hisoboti qabul qilinsin.
4. Kafedra o‘qituvchisi G.Radjabovaning ochiq ma’ruza darsi muhokamasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
5. Barcha o’qituvchilarni “Web of Science", "Scopus" va "Google Scholar" bazalari bo’yicha nashrlariga iqtiboslarini monitoringini tashkil etish haqidagi ilmiy hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
6.Yig’ilishda ko’rilgan har xil masalalarni nazorat qilish kafedra mudiri zimmasiga yuklatilsin.
7. Kafedra yig‘ilishining mazkur qarorlarini tasdiqlab berish fakultet Kengashidan so‘ralsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |