1-sonli yig‘ilish bayonnomasi


Download 223.5 Kb.
bet2/32
Sana09.04.2023
Hajmi223.5 Kb.
#1346378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim nazariyasi kafedrasi bayonnomalar oxirgisi ra\'no

ESHITILDI: Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan kafedra mudiri PhD M.M.Berdiyeva so‘zladi. Kafedra mudiri o‘z nutqida O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida Qonun», O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 2022 yil 21 iyundagi 289 –sonli Qarori va ta’limga oid qaror va farmonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilingan buyruqlari hamda Pedagogika instituti rektorining buyruqlarini ijrosi ta’minlash shu kunning dolzarb vazifasi ekanini ta’kidlab o‘tdi.
ESHITILDI: Kun tartibidagi ikkinchi masala, Termiz davlat pedagogika instituti rektorining 2022-yil 30-avgustdagi 2022/2023 o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish hamda o‘quv jarayoni samaradorligini oshirishini ta’minlashi to‘g‘risidagi yig‘ilishida ko‘rilgan masalalar va kafedra oldiga qo‘yilgan vazifalar haqida kafedra mudiri PhD M.M.Berdiyeva axborot berdi.
ESHITILDI: Kun tartibidagi uchunchi masala, kafedra mudiri PhD M.M.Berdiyeva kafedraning 2022-2023 o‘quv yili ish rejasi, yig‘ilishlar rejasi, professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalarini muhokama qilish va tasdiqlash to‘g‘risida ta’kidlab o’tdi. Bundan tashqari, Institut metodik Kengash qarorlari va ularning ijrosini ta’minlash borasidagi kafedrada olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida hamda kafedraning o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ustoz-shogird ishlari bo‘yicha 2022-2023 o‘quv yiliga mo‘ljallangan ish rejalari haqida gapirib, barcha sohalar bo‘yicha tayyorlangan ish rejalar ta’lim tizimida joriy etilayotgan me’yoriy hujjatlar asosida tuzilganligi va mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalariga e’tibor qaratilganligini alohida ta’kidladi va har bir professor-o‘qituvchining fanlardan tayyorlagan raqamli uslubiy ta’minotlarini muhokama qilib, tasdiqlab berishlari kafedra a’zolaridan so‘raldi.
ESHITILDI: Kun tartibidagi to’rtinchi masala, kafedra mudiri PhD M.M.Berdiyeva 2022-2023 o‘quv yilida kafedrada o‘qitiladigan fanlarning qayta ko‘rib chiqish va ularni milliy Milliy malaka ramkasi, Ta’limni xalqaro standart klassifikatori (MSKO-2011) va xalqaro baholash dasturlari (PISA,TIMSS, PIRLS,TALLIS) talabalariga muvofiq o‘quv-me’yoriy hujjatlarini muhokama qilish va tasdiqlash haqida o’qituvchilarga aytib o’tdi.

Download 223.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling