Yig‘ilish kotibasi: o‘qit R.Turapova
TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
MAKTABGACHA TA’LIM FAKULTETI
MAKTABGACHA TA’LIM NAZARIYASI KAFEDRASINING
12-SONLI YIG‘ILISH BAYONNOMASI
17.02.2023 Termiz shahri
Yig‘ilish raisi: PhD M.M.Berdiyeva
Yig‘ilish kotibasi: o’q. R.Turapova
Yig’ilishda ishtirok etganlar: Fakultet dekani Sh.Qosimov, M.M.Berdiyeva, G.Radjabova, M.Jumayeva, F.Muhammadiyeva, L.O’tasheva, M.Astanaqulova, R.Turapova, S.Choriyeva, S.Xabilova, X.Nuritdinova, M.Quvvatova, M.Umarova, H.G’affarova, S.Abdullayev, M.Saydullayeva.
Yig’ilishda ishtirok etmaganlar:
Sababli: ---
Sababsiz: S.Usmanova
KUN TARTIBI:
1. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida Qonun», O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 2022 yil 21 iyundagi 289 –sonli Qarori va ta’limga oid qaror va farmonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilingan buyruqlari hamda Pedagogika instituti rektorining buyruqlarini ijrosi to‘g‘risida.
2. Kafedrada maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik ishlarining borishi to‘g‘risida.
3. Kafedra qoshidagi to‘garaklar faoliyati tahlili va rahbarlar hisobotini tinglash
4. Kafedra o‘qituvchisi G.Radjabovaning ochiq ma’ruza darsi muhokamasi.
5. Barcha o’qituvchilarni “Web of Science", "Scopus" va "Google Scholar" bazalari bo’yicha nashrlariga iqtiboslarini monitoringini tashkil etish
6. Har xil masalalar.
ESHITILDI: Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan kafedra mudiri dots. M.M.Berdiyeva so‘zladi. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida Qonun», O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 2022 yil 21 iyundagi 289 –sonli Qarori va ta’limga oid qaror va farmonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilingan buyruqlari hamda Pedagogika instituti rektorining buyruqlarini ijrosi ta’minlash shu kunning dolzarb vazifasi ekanini ta’kidlab o‘tdi.
ESHITILDI: Kun tartibidagi ikkinchi masala, kafedra mudiri dots. M.M.Berdiyeva so’zga chiqib, Kafedrada maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik ishlarining borishi to‘g‘risida gapirdi. 4+2 bo’yicha guruhlar Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga amaliy darsga borayotganligi, talabalarning har bir amaliy darsga faol ishtirok etishi kerakligi haqida aytib o’tdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |