SO‘ZGA CHIQDI: Kun tartibidagi har xil masalalar yuzasidan Maktabgacha ta’lim nazariyasi kafedrasi mudiri so’zga chiqib, quyidagi masalalarni aytib o’tdi:
5.1. Professor-o’qituvchilarning kiyinish tartibi, ishga kelish-ketish davomati haqida tushuntirib o’tdi.
Ko‘rilgan masalalar yuzasidan kafedra yig‘ilishi
Q A R O R Q I L A D I :
1. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida Qonun», O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 2022 yil 21 iyundagi 289 –sonli Qarori va ta’limga oid qaror va farmonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilingan buyruqlari hamda Pedagogika instituti rektorining buyruqlarini ijrosi to‘g‘risidagi masalasi yuzasidan kafedra mudiri PhD M.M.Berdiyevaning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Kafedra professor-o‘qituvchilarining o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy, tashkiliy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarining bajarilishi haqida yarim yillik hisobotini belgilangan talab asosida qabul qilinsin.
3. Kuzgi sessiya yakunlari hamda qayta o‘zlashtirishni to‘g‘ri tashkil etish, akademik qarzdor talabalar bilan ishlash to‘g‘risida kafedra mudiri hisoboti qabul qilinsin.
4. Bitiruvchi kurs talabalarining pedagogik malakaviy amaliyotini to‘g‘ri tashkil etish va tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan nazorat qilish to‘g‘risidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
5. O‘qituvchi M.Astanakulovaning ochiq darsi muhokamasi qishki ta’til uzaytirlganligi sababli keyingi semstrga qoldirilsin.
6. O‘qit. M.Quvvatovaning ilmiy hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
7.Yig’ilishda ko’rilgan har xil masalalarni nazorat qilish kafedra mudiri zimmasiga yuklatilsin.
8. Kafedra yig‘ilishining mazkur qarorlarini tasdiqlab berish fakultet Kengashidan so‘ralsin.
Yig‘ilish raisi: dots.M.M.Berdiyeva
Do'stlaringiz bilan baham: |