Yig‘ilish raisi: dots.M.M.Berdiyeva
Yig‘ilish kotibasi: o‘qit R.Turapova
TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
MAKTABGACHA TA’LIM FAKULTETI
MAKTABGACHA TA’LIM NAZARIYASI KAFEDRASINING
13-SONLI YIG‘ILISH BAYONNOMASI
28.02.2023 Termiz shahri
Yig‘ilish raisi: PhD M.M.Berdiyeva
Yig‘ilish kotibasi: o’q. R.Turapova
Yig’ilishda ishtirok etganlar: Fakultet dekani Sh.Qosimov, M.M.Berdiyeva, G.Radjabova, M.Jumayeva, F.Muhammadiyeva, L.O’tasheva, M.Astanaqulova, R.Turapova, S.Choriyeva, S.Xabilova, X.Nuritdinova, M.Quvvatova, M.Umarova, H.G’affarova, S.Abdullayev, M.Saydullayeva.
Yig’ilishda ishtirok etmaganlar:
Sababli: ---
Sababsiz: S.Usmanova
KUN TARTIBI:
1. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida Qonun», O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 2022 yil 21 iyundagi 289 –sonli Qarori va ta’limga oid qaror va farmonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilingan buyruqlari hamda Pedagogika instituti rektorining buyruqlarini ijrosi to‘g‘risida.
2. Magistrlarning ilmiy tadqiqot ishlari va ilmiy pedagogik ishlarining tayyorlik holatlari to‘g‘risida.
3.Professor-o‘qituvchilarning ta’lim jarayonida video va audio darslardan foydalanish holati to‘g‘risida
4. “Mohir qo’llar” ijodiy to‘garagining faoliyati to‘g‘risida.
5. Kafedra o‘qituvchisi L.O’tashevaning ochiq ma’ruza darsi muhokamasi.
6. Har xil masalalar.
ESHITILDI: Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan kafedra mudiri dots. M.M.Berdiyeva so‘zladi. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida Qonun», O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 2022 yil 21 iyundagi 289 –sonli Qarori va ta’limga oid qaror va farmonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilingan buyruqlari hamda Pedagogika instituti rektorining buyruqlarini ijrosi ta’minlash shu kunning dolzarb vazifasi ekanini ta’kidlab o‘tdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |