Yig‘ilish raisi: dots.M.M.Berdiyeva
Yig‘ilish kotibasi: o‘qit R.Turapova
TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
MAKTABGACHA TA’LIM FAKULTETI
MAKTABGACHA TA’LIM NAZARIYASI KAFEDRASINING
10-SONLI YIG‘ILISH BAYONNOMASI
16.01.2023 Termiz shahri
Yig‘ilish raisi: PhD M.M.Berdiyeva
Yig‘ilish kotibasi: o’q. R.Turapova
Yig’ilishda ishtirok etganlar: Fakultet dekani Sh.Qosimov, M.M.Berdiyeva, G.Radjabova, M.Jumayeva, F.Muhammadiyeva, L.O’tasheva, M.Astanaqulova, R.Turapova, S.Choriyeva, S.Xabilova, X.Nuritdinova, M.Quvvatova, M.Umarova, H.G’affarova, S.Abdullayev, M.Saydullayeva.
Yig’ilishda ishtirok etmaganlar:
Sababli: ---
Sababsiz: S.Usmanova
KUN TARTIBI:
1. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida Qonun», O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 2022 yil 21 iyundagi 289 –sonli Qarori va ta’limga oid qaror va farmonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilingan buyruqlari hamda Pedagogika instituti rektorining buyruqlarini ijrosi to‘g‘risida.
2. Talabalar bilimini baholashni nazorat qilish va uning tahlili.
3. Kafedra a’zolarining xalqaro ilmiy jurnallarda va mahalliy ilmiy nashrlarda (OAK ro’yxatiga kiritilgan jurnallarda) chop etilgan maqolalari monitoringini olib borish
4. Iqtidorli talabalarni ilmiy anjumanlar va fan olimpiadalari hamda turli tanlovlarda ishtirokini ta’minlash
5. O‘qituvchi R.Turapovaning ochiq darsi muhokamasi.
6.Har xil masalalar.
ESHITILDI: Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan kafedra mudiri dots. M.M.Berdiyeva so‘zladi. Kafedra mudiri o‘z nutqida 2022- yilning 20-dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida Ta’lim sifatini tubdan yaxshilash maqsadida, avvalo, o‘quv dasturlari, o‘qituvchi va domlalar uchun metodik qo‘llanmalarni ilg‘or xalqaro mezonlarga moslashtirish lozimligini ta’kidladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning birinchi navbatda, e’tiborni Yangi O‘zbekiston uchun eng katta investitsiya bo‘lgan ta’limni qo‘llab-quvvatlashga qaratamiz. “Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda. Chunki, barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi”. Talabalarning tahliliy va kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun ularga sermazmun va tushunarli darsliklar yaratish zarur. Bu borada kelgusi o‘quv yilida boshlang‘ich sinflarda davlat ta’lim standarti o‘rniga, ilg‘or xorijiy tajriba asosida, bolaga ortiqcha yuklama bermaydigan “Milliy o‘quv dasturi” joriy etilishi va boshqa ko’plab sohaga oid yangiliklarni aytib o’tildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida Qonun», O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 2022 yil 21 iyundagi 289 –sonli Qarori va ta’limga oid qaror va farmonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilingan buyruqlari hamda Pedagogika instituti rektorining buyruqlarini ijrosi ta’minlash shu kunning dolzarb vazifasi ekanini ta’kidlab o‘tdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |