1. Sotsial guruh tushunchasi, uning asosiy belgilari va turlari


Rasmiy guruhlar ham rasmiy (korxona, brigada kasaba uyushmasi, jamoat va davlat tashkiloti)


Download 99 Kb.
bet13/13
Sana08.01.2022
Hajmi99 Kb.
#246644
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Sotsiologiya 5-top

Rasmiy guruhlar ham rasmiy (korxona, brigada kasaba uyushmasi, jamoat va davlat tashkiloti), ham rasmiy struktura tomonidan tan olinmagan, ya'ni, norasmiy (yashirin tashkilot, norasniy guruh va hokazo) bo‘lishi mumkin.

Norasmiy guruhlar, ko‘pincha bunday guruhlar «psixologik guruhlar yoki «sotsial psixologik guruhlar» deb ataladi. Chunki bu guruhlarning tashkil topish zaminida guruh a'zolari o‘rtasidagi psixologik, hissiy munosabatlar yotadi. Norasmiy guruhlarning paydo bo‘lishida vaziyat va umumiy manfaatlar majmui muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham bu guruhlarni ba'zan, manfaat yuzasidan tuzilgan guruhlar ham deb atashadi. Odamlar ehtiyojlari turli-tuman bo‘lganligi sababli norasmiy guruhlar mavjud.

Norasmiy guruh rasmiy guruhga qaraganda boshqacha tuzilishga ega. Agar rasmiy guruhda guruh sotsial strukturaning yuqori organlar va xatto jamiyat tomonidan tuzilsa, norasmiy guruhlar esa shaxsiy asosda, ya'ni uni tashkil etadigan individlar tashabbusi bilan tuziladi. Tashabbuskor kishilar bu guruhda faol rol o‘ynaydilar va o‘z-o‘zidan guruhda a'zolarning ehtiyojlarini qondirishga imkoniyat beradigan xatti-harakat sistemasi rivojlanadi.

Norasmiy guruhlar rasmiy guruhlar doirasida ham, undan tashqarida ham tashkil topishi mumkin. Birinchi navbatda, norasmiy guruh rasmiy guruh tashkilotiga nisbatan ikkilamchi hisoblanadi. U yoki bu guruh tashkiloti tarkibidagi guruh bo‘lib qoladi. Masalan, oddiy ishlab chiqarish korxonasidagi do‘stlar guruh — guruhning yaqqol ko‘rinishidir. Ikkinchi navbatda, norasmiy guruhlar rasmiy guruhlarga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘ladi. Ular hudud (territoriya) yaqinligi asosida (qo‘shnilar), qiziqishlarning bir xilligi asosida (turli xil kolleksiya yig‘uvchilar), psixofiziologik hususiyat birligi asosida (tengdoshlar, bolalarning o‘yin guruhlari), shaxsiy mayl asosida paydo bo‘ladi.

Norasmiy guruh a'zolari o‘rtasidagi munosabatlar aniq ifodalangan shaxsiy sifatlarga ega. Bu aloqalar rasmiy guruhdagi aloqalarga nisbatan a'zolar uchun ahamiyatliroqdir. Masalan, ishchilar guruhi doirasida yuzaga kelgan do‘stlar munosabati faqatgina birga ishlashlari bilan emas, bo‘sh vaqtlarini ko‘proq birga o‘tkazishlari, ko‘p uchrashishlari, bir-biriga o‘zaro yordam berishlari bilan ham belgilanadi.

Norasmiy guruhlar muntazam tashkilotga ega emas, ularda rasmiy saylangan martabali shaxslar; nizomlar, kun tartibi va aniq rasmiy maqsad bo‘lmaydi, guruhda tartib an'anaga, hurmat va obro‘, munosabatlariga asoslanadi. Biroq norasmiy guruhlar har doim o‘ziga xos ahloqiy kodekslarga ega emas. Norasmiy guruhlar rasmiy guruhlarga qaraganda ancha beqaror, ularga a'zo bo‘lish uchun aniq chegara yo‘q.

Norasmiy guruhlarda tashkilot yo‘q desak xato qilgan bo‘lamiz. Ularni birlashtiradigan asosiy omillar bo‘lib, a'zolar manfaatlari, mayllari, odatlari hisoblanadi. Norasmiy tashkilotning o‘ziga xos tomoni — unga norasmiy liderning va guruhga yaqin bo‘lgan shaxsiy hususiyatlarning bo‘lishidir.

Agar rasmiy guruh a'zolarining faoliyati qayd qilingan norma va qoidalar, xatto sanksiyalar vositasida nazorat qilinsa, norasmiy guruhlarda esa norasmiy norma va an'analar yordamida amalga oshiriladi. Bu norma va an'analar mohiyati guruhning jipslik darajasiga, uning boshqa sistemalar bilan munosabatiga bog’liq. Ba'zi norasmiy guruhda faoliyat qoidalari buzilgan taqdirda, aybdor shafqatsiz jazolanadi: masalan, banda, mafiyalarda bunday jazo usullari qo‘llaniladi.

Shunday qilib, norasmiy guruh deb, guruh jipsligining yuqori darajasi, a'zolar aloqalarining shaxsiy sifatlari, boshqa sotsial strukturalardan mustaqilligi, guruh faoliyatining aniq bo‘lmagan maqsadi, norasmiy nazorat sistemasi bilan xarakterlanadigan guruhga aytiladi.

Guruhlarni rasmiy va norasmiy guruhlarga ajratish nisbiy xarakterga ega. Guruh rasmiy guruhga aylanishi mumkin. Masalan, do‘stlar ma'lum bir tashkilot tuzishlari mumkin. Boshqa tomondan bir vaqtning o‘zida guruh ham rasmiy, ham norasmiy bo‘lishi mumkin. Masalan, sinfdoshlar, kursdoshlar.

Birlamchi va ikkilamchi guruhlar. Shaxsning yaqinligiga ko‘ra, kichik guruhlar birlamchi va ikkilamchi guruhlarga bo‘linadn. Fanga birlamchi guruh terminini birinchi bo‘lib amerikalik sotsiolog Ch. Kuli tomonidan XX asrning boshlarida kiritilgan.

Birlamchi guruh termini yaqinlik yaxshi ko‘rishlik, bevosita aloqa tushunchalariga sinonim sifatida ishlatiladi. Shunga bog‘liq ravishda, birlamchi guruhlarda muhit samimiy bo‘ladi va a'zolarning sidqidildan o‘zaro munosabatlari bilan belgilanadi. Mana shu hususiyati bilan birlamchi guruh boshqa guruhlardan farq qiladi.

Birlamchi guruhlarning xarakterli belgilari quyidagilardan iborat: a'zolar sonining kamligi, guruh a'zolarining hududiy yaqinligi, bevosita samimiy munosabatlar, yashashning uzoq davom etishi, maqsadlarning umumiyligi, guruhga a'zo bo‘lishning erkinligi va a'zolar xatti-harakati ustidan norasmiy nazorat.

Shunga muvofiq, «birlamchi guruh termini turli ko‘rinishdagi kichik guruhlarni aniqlash va «ikkilamchi guruh» terminiga qarama-qarshi tarzda qo‘llaniladi.

Birlamchi guruh eng avvalo oiladir, guruhni birinchi navbatda a'zolarning manfaatlari bog‘laydi.

Bunday xarakterga ega insonning bolalik va o‘smirlik chog‘idagi tengdoshlar guruhiga ham ega, qo‘shnilar, mahalla ham birlamchi guruhga aylanishi mumkin. Birlamchi guruhlar rasmiy aloqaga ega emas. Agar birlamchi guruh a'zolari o‘rtasida rasmiy aloqalar paydo bo‘lsa, bu guruh kichik rasmiy guruhga aylanganligini bildiradi.

Birlamchi guruhning shaxsga ta'siri katta ahamiyatga ega. Ular a'zolarining axloqiy tomonini shakllantiradi va yangilaydi, mustahkamlaydi. Bu guruhlarda kishilarning birinchn sotsializatsiyasi (ijtimoiylashuvi) amalga oshadi, kishilar o‘zlarinint xislari va xatti-harakatlarini jamiyat talabiga muvofiq keladigan tarzda shakllantirishadi.

Ikkilamchi guruhlar deb, biror bir aniq maqsadga erishish uchun tuzilgan har qanday turdagi guruhlarga aytiladi, Ularda moddiy alqoqalar muhim aqamiyatga ega. Ularning faoliyati tartib-intizom qoidalari bilan boshqariladi. Umuman, ikkilamchi guruhlar — bu katta guruhlardir. Ba'zan birlamchi guruhlar ham ikkilamchi guruh bo‘lishi mumkin. Ikkilamchi guruhlarga kasbiy, diniy, siyosiy guruhlarni kiritish mumkin.

Referent va a'zoli guruhlar. Kichik guruhlarni o‘rganishning jihatlaridan biri bo‘lib, «referent guruh» deb ataladigan guruhlarni tahlil qilish hisoblanadi. «Referent guruh» termini amerikalik sotsial psixolog Mustafo Sherif tomonidan kiritilgan. «Referent guruh» termini (inglizcha so‘z, «mansub bo‘lish» degan ma'noni anglatadi) individ ongli ravishda; kiradigan sotsial guruhlarga (iqtisodiy, siyosiy, madaniy kasbiy) nisbatan ishlatiladi.



Shaxsning «guruh normalariga» munosabati belgilariga muvofiq guruhlar referent guruhlar yoki «etalonli» (o‘lchovli) guruhlarga bo‘linadi. Referent guruhlar ham kichik guruhlar, ham katta guruhlar — sinf yoki ijtimoiy tabaqa bo‘lishi mumkin.


1 SH.Alieva, H.Qodirova va boshqalar.’’Sotsioloyiya fanidan ma`ruzalar matini”.T.2006.110-b.

2

3


4


5


Download 99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling