1. Sotsial guruh tushunchasi, uning asosiy belgilari va turlari
Kichik guruhlar deganda, ko‘pi bilan bir necha o‘nlab a'zolardan iborat bo‘lgan kam sonli guruhlar tushuniladi
Download 99 Kb.
|
Sotsiologiya 5-top
Kichik guruhlar deganda, ko‘pi bilan bir necha o‘nlab a'zolardan iborat bo‘lgan kam sonli guruhlar tushuniladi. Bu guruhlar ko‘pincha samimiy do‘stlik munosabatlari bilan bog‘langan bo‘ladi, guruh a'zolari o‘rtasida bevosita o‘zaro aloqalar ustun turadi, guruh a'zolari o‘rtasidagi munosabatlar norasmiy institutlar yordamida tartibga solinadi. Bundan tashqari, maxsus vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan, yuqori darajada shakllangan kichik maqsadli guruhlar_ham mavjud. Bu guruhdarda a'zolar o‘rtasidagi munosabatlar maxsus xizmat ko‘rsatmalari bilan tartibga solinadi. Yashirin ishlayotgan partiya yacheykasi bunga misol bo‘la oladi. Kichik guruhlar oilani, do‘stlarni, qo‘shnilarni ishlab chiqarish brigadasini va boshqa guruhlarni kiritish mumkin.
Kichik sotsial guruhlarning turlari juda ko‘p. Ular turli mezonlarga qarab turlarga ajratiladi. Guruh munosabatlari strukturasiga qarab kichik sotsial guruhlar rasmiy va norasmiy guruhlarga, a'zolar o‘rtasidagi munosabatlarning yaqinligiga qarab birlamchi va ikkilamchi guruhlarga, guruhga a'zo bo‘lish va bo‘lmasligiga qarab a'zoli va referent guruhlarga bo‘linadi. Sanab o‘tilgan guruhlarni birma-bir ko‘rib chiqamiz. Rasmiy va norasmiy sotsial guruhlar, guruhlarni bunday tarzda turlarga bo‘lish birinchi bo‘lib amerikalik sotsiolog E. Meyo tomonidan taklif qilingan edi, guruhlarni rasmiy va norasmiy guruhlarga ajratish asosida guruh munosabatlarning strukturasi yotadi.Rasmiy guruhlar — bu huquqiy statusga ega bo‘lgan sotsial institut, tashkilot qismi hisoblanadigan mavjud institut, tashkilotdagi mehnat doirasida aniq, maqsadga ega bo‘lgan sotsial guruhlardir. Rasmiy guruhdarga quyidagi belgilar xos: aniq, va izchil maqsad, ierarxiyaga asoslangan aniq funksiyalar, ma'lum qoidalarga muvofiq keladigan huquq va burchlar, a'zolar o‘rtasidagi rasmiy munosabatlar, guruh faoliyatini nazorat qiladigan rasmiy institutning mavjud bo‘lishi va boshqalar. Rasmiy guruhlarda guruh maqsadlari, funksiyalari xatti-harakat qoidalari, xatto a'zolik shartlari maxsus hujjatlarda (dastur, instruksiya, qonun va boshqalar) qayd etilgan bo‘ladi. Rasmiy guruhlarga siyosiy partiyalar, davlat, diniy va boshqa tashkilotlar, ishlab chiqarish kollektivi, maktab sinfi, sport komandasi va boshqalarni kiritish mumkin. Har qanday rasmiy guruhning tashkiloti bo‘ladi. Guruh tashkiloti — bu turli guruh va a'zolari o‘rtasidagi munosabatlarning yaqqol namoyon bo‘lishidir. Munosabatlar turiga qarab guruh tashkilotlari 2 ga bo‘linadi: rasmiy va norasmiy. Bu ikki turdagi guruh tashkilotlari ijtimoiy munosabatlarni yaratuvchisi hisoblanadi. Rasmiy tashkilot yuqoriroq darajali sistema bilan aniq belgilangan funksiyalarni bajarish uchun tashkil etiladi. Bu funksiyalar ma'lum ma'noda individlar uchun yuzaki hisoblanadi. Masalan, ishlab chiqarish korxonasining sotsial tashkiloti ishlab chiqarish brigadasining asosiy vazifalarini belgilab beradi. Brigada doirasida bu funksiyalar har bir brigada a'zosining guruhda tutgan individual martabasiga qarab taqsimlanadi. Shunday qilib, rasmiy sotsial guruh deb, guruh alohida a'zolarining o‘rni va xatti-harakati sotsial tashkilotning rasmiy qoidalari, qonunlari bilan chegaralanadigan guruhga aytiladi. Rasmiy guruh a'zolarining nufuzi (tutgan o‘rni) shaxsiy sifatlar bilan emas, ularning martabalari bilan aniqlanadi. Shaxslararo munosabatlar rasman o‘rnatilgan chegara doirasida amalga oshadi. Rasmiy guruhning eng sodda ko‘rinishi sifatida ishlab chiqarishni ko‘rsatish mumkin. Uning hajmi, tuzilishi, rahbarning vazifalari ishlab chiqarish tashkiloti qoidalari bilan qat'iy belgilanadi. Rasmiy guruh — bu aniq sotsial guruh jamiyat sotsial strukturasining elementidir. U ob'ektiv holda mavjud. Uning strukturasi va xatti-harakat shakllari keng miqyosdagi guruh yoki jamiyat tomonidan boshlanadi. Individ rasmiy guruhga a'zo bo‘lar ekan, o‘zining shaxsiy sifatlarini yo‘qotadi va rasmiy guruh tashkiloti doirasidagi u yoki bu rollarni bajaruvchi kishiga aylanadi.
Download 99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling