1. Sotsial guruh tushunchasi, uning asosiy belgilari va turlari


Har bir sotsial institut


Download 99 Kb.
bet7/13
Sana08.01.2022
Hajmi99 Kb.
#246644
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Sotsiologiya 5-top

Har bir sotsial institut:

1) o`z faoliyatining ma'lum darajada aniq shakllangan maqsadlariga;

2) individlarga bеlgilangan ijtimoiy mavqе va rollarning to`plamiga;

3) individlarning xulq - atvorini nazorat qiladigan sanktsiyalar tizimiga;

4) ehtiyojlarni qondirishga yo`naltirilgan konkrеt xususiy vazifalarga ega (istalgan sotsial institut bulardan tashqari doim yana bir vazifaga ega bo`ladi – bu harakat qilayotgan individlar o`rtasidagi hamjihatlikni ta'minlash).

Sotsiologiya birinchi navbatda:

1) jamiyatning asosini tashkil etuvchi ehtiyojlarni amalga oshirish (oila va ta'lim institutlari);

2) moddiy hayot faoliyatni ta'minlash (iqtisodiyot institutlari);

3) ijtimoiy gurh?lar va jamoalarning intеgratsiyasi (siyosiy va huquqiy-davlat institutlari);

4) ma'naviy qadriyatlarni quvvatlash va saqlash (madaniyat institutlari) hamda boshqalar bilan bog`liq bosh sotsial institutlarning faoliyati bilan qiziqadi.

Ijtimoiy hodisalarning tizimli-tuzilmaviy tahlilida «sotsial institut» tushunchasiga markaziy o`rin bеriladi, u ijtimoiy tizimning asosiy maqsadlari va ehtiyojlari bilan o`zaro munosabatda bo`lish orqali odamlarning turli - tuman harakatlaridan mavhumlashgan faoliyatning eng muhim turlari va ijtimoiy munosabatlarini umumlashtirish imkoniyatini ko`zda tutadi. Shu ma'noda sotsial institut ijtimoiy hayotning alohida sohalaridagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi jamiyat ijtimoiy tuzilmasining еtakchi tarkibiy qismi sifatida ifodalanishi mumkin.

3. Oila sotsiologiyasi — sotsiologiyaning asosiy yo‘nalishlaridan bo‘lib, bu fan oilani nikoh asosida tashkil topgan, jamiyat taraqqiyotida muhim ijtimoiy vazifalarni bajaruvchi sotsial institut sifatida o‘rganadi. Oila sotsiologiyasining alohida o‘z vzzifalari mavjuddir. Ularga jamiyat taraqqiyoti davomida oilaning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va mavjudlik qonuniyatlarini o‘rganish, oilaning mohiyati va faoliyati o‘zgarib borishini aniqlash, nikoh va oila turlari evolyutsiyasini o‘rganish, oilani tashkil topishi va taraqqyotida avlodlarning o‘zaro ta'sirini aniqlash, oila tarbiyasi, oilaning rekriativ faoliyatining va oila huquqining ijtimoiy mohiyatini ochib berish, mehnat taqsimotida oila o‘rnini o‘rganish kabilar kiradi.

Oila sotsiologiyasi oilaning tabiiy biologik, nikoh, qarindoshlik, ma'naviy iqtisodiy va huquqiy munosabatlar asosida insonlarni biriktiruvchi jamiyatniig kichik bir bo‘lagi sifatida o‘rganar ekan, uning jamiyat bilan o‘zaro bog‘liqligini asosiy e'tiborini qaratadi. Chunki jamiyat tashkil topishida uning davomiyligini ta'minlashda oila asosiy ijtimoiy, demografik manba hisoblanadi.

Insonning dunyoga kelishi, yangi avlod paydo bo‘lishi — avlodlar almashuvi asosan oilada sodir bo‘ladi. Farzand tug‘ilib, kamolga etib, shaxs sifatida shakllangunga qadar lozim bo‘lgan barcha ta'lim, tarbiya oila muhitida beriladi. Insonning ota-ona, qarindosh-urug‘iga, qariyalarga, atrof-muhitga va tabiatga bo‘lgan munosabatlari dastlab oilada shakllanadi. Shu bilan birga oila urf-odatlarini, qadriyatlarini avloddan-avlodga etkazuvchi sotsial institut hisoblanadi.

Oila asosini erkak bilan ayol o‘rtasidagi nikoh birligi tashkil etadi. Oila faqatgina erkak bilan ayol munosabatini emas, er bilan xotin, ota-onalar bilan bolalar munosabatini ifodalaydi. Oila jamiyat bag‘rida tashkil topdi, taraqqiy etib borar ekan, o‘zi ham ana shu jamiyatning kichik bir bo‘lagi sifatida namoyon bo‘ladi. Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar oila taraqqiyotiga ta'sir etadi. Oiladagi ta'lim-tarbiya xususiyatlari esa jamiyatda o‘z aksini topadi. Shuning uchun ham oila va jamiyat o‘zaro bog‘liq holda taraqqiy etib, rivojlanadi.

Fanda oilaga quyidagicha ta`rif beriladi: «Oila – insonlarning tabiiy - biologik, nikoh, qon-qarindoshlik, iqtisodiy, huquqiy, ma`naviyat munosabatlariga asoslangan, turmush birligi va o’zaro javobgarlik his-tuyg’ulari orqali bog’langan ijtimoiy guruhdir».




Download 99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling