1. Sotsial guruh tushunchasi, uning asosiy belgilari va turlari
«Sotsial» termini sotsiologiyada ikki ma'noda, keng va tor doirada ishlatiladi
Download 99 Kb.
|
Sotsiologiya 5-top
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keng manoda sotsial munosabatlar deganda
- Sotsial guruh» tushunchasiga yaqin bo‘lgan tushuncha — sotsial birlik» tushunchasidir.
«Sotsial» termini sotsiologiyada ikki ma'noda, keng va tor doirada ishlatiladi. Keng ma'nosida «sotsial» tushunchasi «ijtimoiy» tushunchasiga sinonimdir. Tor ma'noda esa, jamiyat hayotining ma'lum sohalaridagi ijtimoiy munosabatlarni aniqlash uchun xizmat qiladi. Ba'zi bir sotsiologlar sotsial munosabatlar masalasini tadqiq etishib sotsial munosabatlarni 3 nuqtai nazardan tahlil qilish kerak degan fikrga kelganlar, keng ma'noda, torroq ma'noda va tor ma'noda.
Keng ma'noda sotsial munosabatlar deganda, jamiyatdagi kishilarning hamma munosabatlari tushuniladi. Torroq manoda sotsial munosabatlar deganda jamiyat sotsial sub'ektlari, ya'ni ma'lum sotsial guruhlar o‘rtasidagi munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning «parchasi» sifatida tahlil qilinadi. Tor ma'noda esa u iqtisodiy va siyosiy munosabatlar bilan bir qatorda ko‘riladi. «Sotsial» tushunchasi turlicha izohlanishdan kelib chiqib, sotsial rypyhlarga har qanday kishilar birligi (sotsial yoki ijtimoiy guruh; hamma ijtimoiy munosabatlarni ifodalovchilari (ijtimoiy munosabatlar sub'ekti); aniq sotsial, sinfiy, urug‘-qabilaviy va oilaviy munosabatlar (sotsial munosabatlar) sub'ekti sifatida qarash kerak). Guruh tushunchasi haqida gapirishdan oldin, bir qancha farklarni ko‘rib chiqamiz. Bu masalani sotsial to‘plam tushunchasidan boshlaymiz. Tashqi kuzatuvchilar tomonidan ko‘rsatilgan qandaydir umumiy belgilarga ega bo‘lgan kishilar yig’indisi sotsial to’plam deb ataladi. Masalan, biz kishilar to‘plamidan qora tanli kishilar to‘plamini, ko‘k ko‘zli kishilar to‘plamini ajratib ko‘rsatishimiz mumkin. Bu jismoniy belgilarga asoslanib, to‘plamlarga ajratish hisoblanadi. Bu bilan ko‘pincha antropologiya fani shug’ullanadi, to‘plamni u yoki bu kasb bilan shug‘ullanuvchi kishilar ham tashkil etishadi. Aynan bir kasb bilan shug‘ullanadigan kishilar kasbiy (professional) kategoriyalar deb ataladi. Yoshiga qarab ajratiladigan kishilar to‘plami yoki kategoriyalari deyiladi. Jinsiga qarab kishilar 2 ta jins to‘plamiga, ya'ni erkaklar va ayol kategoriyalariga ajratiladi. Aniq belgiga asoslanib ajratiladigan har qanday to‘plam sotsial kategoriyani tashkil etadi. Sotsial kategoriyalar hech qanday ichki aloqalar bilan birlashmaydi. Bir kategoriyaga kiradigan, masalan, kasbiy (professional), yosh, jins, mulk, daromadi va boshqa kategoriyalarga mansub kishilyar qandaydir umum belgilarga egalar. Ana shu asosga ko‘ra, sotsial kategoriyalar ichki aloqa va shaxsiy institutlariga ega bo‘lishlari mumkin. Sotsial kategoriyalar biror bir sotsial aloqada bo‘lgan taqdirlaridagina, ular sotsial birlikka aylanishlari mumkin. «Sotsial guruh» tushunchasiga yaqin bo‘lgan tushuncha — sotsial birlik» tushunchasidir. Zamonaviy jamiyatshunoslik fanida bu tushunchalar sinonim sifatida ishlatiladi. Lekin bunday tushunish to‘g‘ri emas. «Sotsial birlik» tushunchasi kishilarning hamma birliklarini o‘ziga qamrab oladigan keng hajmdagi tushunchadir. «Sotsial birlik» so‘zi umumiylikni bildiradi. U ko‘pgina kishilarni birlashtiradigan jarayonlarni aks ettiradi. Real hayotda sotsial birlik «platforma»ga ega bo‘ladi. Bu «platforma» negizida birlikka kiradigan individlarning umumiy tomonlari, sifatlari va xususiyatlarini birlashishi amalga oshadi. Uning asosida kelib chiqish birligi (qon-qarindoshlikka asoslangan birlik, oila, urug‘), xudud birligi, til va xudud birligi (etnik birlik) va boshqalar yotadi. Shunday ekan, sotsial birlik — bu tabiiy-sotsial asoslar bilan (qon-qarindoshlik, xudud, til va boshqa) bir sotsial guruhlarning ko‘rinishidir. Birliklar sotsial guruhlarning bir turi sifatida sotsial struktura elementlari hisoblanadi. Guruh — bu xatti-harakatlari rasmiy va norasmiy institutlar tomonidan boshqariladigan, ma'lum norma va qadriyatlarga ega bo‘lgan, boshqa birliklardan o‘zining xususiyatlari bilan farq qiladigan, bir-birlari bilan ijtimoiy munosabatlar sistemasi bilan bog‘langan kishilar yig‘indisidan iborat bo‘lgan sotsial birlikdir. 2. “Institut” tushunchasi – sotsiologiya fanidagi markaziy tushunchalardan biri hisoblanadi, shuning uchun institutsional aloqalarni o`rganish sotsiologlar oldida turgan asosiy ilmiy vazifalardan biri hisoblanadi. Sotsial institutlarning yig`indisi jamiyatning ijtimoiy tizimi dеyiladi. U nafaqat institutlar bilan, balki ijtimoiy tashkilotlar, ijtimoiy o`zaro aloqa, ijtimoiy rollar bilan ham bog`langan. Bir so`z bilan aytganda, nima harakatlansa , ishlasa , harakat qilsa shular bilan bog`langan. Sotsial institut mе'yorlar va ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini tartibga soluvchi muassasalar yig`indisidan iborat. Uni bosqacha ta'riflasa ham bo`ladi: muayyan ijtimoiy ehtiyojni qondirish uchun mo`ljallangan rollar va mavqеlarning yig`indisi institut dеyiladi. Ko`rib turganimizday, institut – bu ijtimoiy sinf dеgani emas. Masalan, boylar sinfi yoki ijtimoiy guruh, aytaylik barcha nafaqaxo`rlar. Ular ham, bular ham – insonlar yig`indisi. Sotsial institut – mеxanizm yoki muassasalar yig`indisidir. Ammo elеmеntlarning mеxanik yig`indisi emas. Istalgan muassasaga yoki yaxshisi, ijtimoiy tashkilotga nazar tashlasak, u еrda aniq yo`lga qo`yilgan nazorat, rеjalashtirish, hisob, xodimlar shtati, binolar va uskunalar, boshqaruv pog`onasini hamda na sinflarda, na dеmografik va profеssional guruhlarda uchramaydigan boshqa narsalarni ko`ramiz. Download 99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling