1 sotuvchilar bilan xaridorlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash munosabatlari; ishlab chiqarish bilan isteъmolni oʻzaro bogʻlovchi mexanizm. B. obъyekti nafligi bor tovar va xizmatlar, subъyekti esa B


Download 52.35 Kb.
bet1/7
Sana03.11.2023
Hajmi52.35 Kb.
#1744246
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bozorlar


Bozor — 1) sotuvchilar bilan xaridorlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash munosabatlari; ishlab chiqarish bilan isteъmolni oʻzaro bogʻlovchi mexanizm. B. obъyekti nafligi bor tovar va xizmatlar, subъyekti esa B. ishtirokchilari (sotuvchi va xaridorlar) boʻlib, ular firmalar, uy xoʻjaliklari, davlatning tashkilot, idoralari va boshqalardan iborat. B. ishtirokchilari tovar va xizmatlarni pul vositasida ayirboshlash yuzasidan munosabatlarga kirishadilar. B.da tovarlar bilan oldisotdi munosabatlari tovar ishlab chiqarish, tovar ayirboshlash va pul muomalasi qonunlariga binoan amalga oshiriladi. B. ishtirokchilari sotuvchi hamda xaridor maqomiga ega boʻladilar. B.da 2 jarayon amalga oshadi: biri — tovarlarni sotish, bunda tovar pulga almashadi, yaъni T—P; ikkinchisi — tovarni xarid etish, pulni tovarga ayirboshlash, yaъni P—T. Ayirboshlash ixtiyoriy va erkin shakllangan narxlarda olib boriladi. B. iqtisodiyotda ishlab chiqarishni isteъmol bilan bogʻlash (yaratilgan tovarlar va xizmatlar B.ga chikali, u yerda sotilgach, isteъmolga kelib tushadi); kiymatning tovar shaklidan pul shakliga aylantirish; ishlab chiqarishning uzluksizligini taъminlash (yaratilgan tovarlar va xizmatlar B.da sotilgach, tushgan pulga ishlab chiqarish uchun zarur iqtisodiy resurelar, chunonchi asbobuskunalar, mashinalar, yokilgʻi, ish kuchi sotib olinib, ishlab chiqarishni davom ettirish imkoniyati yaratiladi.); iqtisodiyotni tartiblash (nimani, qanday ishlab chiqarish, kim uchun ishlab chiqarish); mamlakatlar oʻrtasida iqtisodiy hamkorlik oʻrnatish singari vazifalarni bajaradi. Bunda talab va taklif, shunga muvofiknarliing oʻzgarishiga qarab ishlab chiqarish yuritiladi. Talab oshib narx oʻssa, ishlab chiqarish koʻpayadi, aksincha, taklif oshib talab kamaysa, ishlab chiqarish qisqaradi.
B. oʻz ishtirokchilari mavqeiga qarab erkin va monopol B.ga ajraladi. Erkin B.da sotuvchilar ham, xaridorlar ham koʻp boʻlib, narxlar talab va taklif negizida shakllanadi. Monopol B.da ozchilik sotuvchilarning hukmronligi oʻrnatilgan boʻlib, narxlar faqat shularning manfaatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bunday B.lar raqobotning sustligi yoki umuman boʻlmasligi bilan ajralib turadi.
Ayirboshlash obъyektining moddiy shakli jihatidan olganda isteъmol tovarlari va xizmatlar, resurslar, mehnat, moliya, intellektual tovarlar, qurolaslaha, ishlab chiqarish vositalari, investitsiya, qimmatli qogʻozlar, ilmiy gʻoyalar, texnikaviy ishlanmalar va mehnat (ish kuchi) B.lari mavjud. B. oʻz qamrov doirasiga qarab mahalliy, mintaqaviy, milliy va jahon B.lariga boʻlinadi. Tovarlarning chetdan kelishkelmasligiga qarab ochiq B., yopiq B. (ichki B.) singari turlari uchraydi. Oldisotdi miqdori, yaъni tovar aylanmasi hajmining oʻzgarishiga qarab kengayuvchi B. vatorayuvchi B.ga boʻlinadi.
Amal qilish tarzi jihatdan tartibsiz (stixiyali), rejali tashkil etilgan va boshqariladigan B.lar mavjud. Stixiyali B.dan tartibli, rejali tashkil etilgan B.ga oʻtish madaniylashgan jamiyatga xos. Hozir hech bir mamlakatda tartibsiz B. hukmron emas, aksincha boshqariladigan B. yetakchi mavqega ega. Iqtisodiyot oʻsgan sari B. turlari koʻpayadi, chunki sotiladigan tovarlar va xizmatlar xilmaxil boʻlib boradi, xaridor ham oʻz daromadi, didi, umuman talabehtiyojiga qarab tabaqalashadi, B.da sotiladigan tovarlar va xizmatlar summasi ortib boradi.
2). Savdo-sotiqqilinadigan muayyan joy, maydon. B.lar qad. Rim va Yunonistonning Milet, Pergam va boshqa shaharlarida toʻgʻri toʻrtburchakli maydonda 3 yoki 4 tomoni qator ustunli savdo rastalari va omborlar, ibodatxonalar, ustaxonalar va boshqalardan iborat boʻlgan. B. maydonlari shahar majmua (agora, forum)larining bir qismi hisoblangan. Har bir mamlakat B.larining meъmorligi va qurilishi iqlim sharoiti, iqtisodi, geografik oʻrni va savdo sohasidagi anъanalar bilan bogʻliq boʻlgan. Oʻrta Yer dengizi havzasida qadimda ochiq maydonlarda, Sharqda esa usti yopiq B.lar rivojlangan ("suq", "asvok", "chorsu"; Turkiya va Eronda "xon", "bediston" nomi bilan yuritilgan).
Yevropada B.lar maxsus reja asosida qurilgan (Parijdagi markaziy B., 1850 va boshqalar). Rossiyada ixtisoslashgan B. ("Gostiniy dvor")lar asosan, 1—2 qavatli, old tomoni koʻpincha ravoqlar yoki ustunlar qatoridan iborat bostirma boʻlgan (SanktPeterburgdagi B., 1761— 85; Yaroslavldagi B., 1813—18 va boshqalar).
Oʻrta Osiyo hududidagi Buxoro, Samarqand, Poykend, Urganch, Xiva, Marv, Numijkat, Isfijob, Ushturkat, Chagʻoniyon kabi shaharlarda savdo-sotiq qadimdan rivojlangan. Ayniqsa, oʻrta asrlarga kelib nafaqat shaharlarda, balki juda koʻp yirik qishloqlarda ham tim, toki, chorsu deb nomlangan gavjum bozorlar boʻlgan (Qarnob choʻl yoqasidagi, Narpay tumanidagi katta qishloq Tim deb ataladi. 10-asrda bu manzil katta savdo markazi boʻlgan, uning timi saqpanmagan). Gumbazli timlar eng gavjum chorrahachorsularda joylashgani uchun ham shaharning meъmoriy qiyofasini belgilagan. Yengil yogʻoch tomli, ustunayvonli timlar ham koʻp boʻlgan. Chorrahalarda qurilgan tim, chorsu namunalarini Samarqand va Shahrisabz (17-asr), Xiva (Olloqulixon timi), Buxoro (Abdullaxon tilsh)dagi timlar misolida kuzatish mumkin. Samarqand chorsu B.i atrofida miskarlik, kulolchilik, sangtaroshlik, mahsidoʻzlik, najjorlik, sahhoflik, zargarlik kabi doʻkonlar joylashgan. Chorsu B.i gumbazli qilib qurilgan. Savdo doʻkonlarida matolar, ulardan tikilgan kiyim-kechaklar sotilgan. Rastalarda esa hoʻl mevalar va anvoyi shirinliklar koʻp boʻlgan. Shahrisabzdagi ulkan gumbazli Chorsu B.i (1598—1602)ning toʻrt tomonida qoʻsh tabaqali darvozasi bor edi. Gumbaz ostidagi savdo rastalari boʻylab toʻrt burchakli xonalar joylashgan. B.larda savdo rastalari muayyan mollar yoki hunarmandchilik mahsulotlariga moʻljallangan. Baъzan mahsulot shu yerning oʻzida ishlab chiqarilib xaridorlarga sotilgan. Maye, Buxoro zargarlar rastasi (Toqi Zargaron), Sarroflar rastasi (Toki Sarrofon), Miskarlar rastasi (Toqi Miskaron) va boshqa Oʻrta asrda Toshkentning markaziy B.ida 3 mingdan ortiq doʻkon maxsus rastalarga joylashgan. Xorazm vohasidagi Xiva B.ida 260 doʻkon, Urganchda 300, Qoʻngʻirotda 315, Xoʻjaylida 150 ga yaqin doʻkon boʻlgan. Shahar va qishloqlarda muayyan kunga belgilangan (seshanba, chorshanba, juma kabi) katta B.lar boʻlib, ularga butun Markaziy Osiyo va chet ellardan savdogarlar kelgan. B.da savdogar, doʻkondor, kosib, dehqon va mayda bozorchilar savdo qilishgan.
B. doʻkonlarini eng boy savdogar va qunarmandlar egallagan. Bunday B.lardagi yirik karvonsaroylar va ombor (kappon)lar ulgurji savdo markazlari hisoblangan. Karvonsaroylarning soniga qarab hatto savdo-sotiqning hajmi belgilangan (mas, Toshkentda 45, Buxoroda 50 ga yaqin, Samarqandda 25, Xiva va Qoʻqonda 10 dan ortiq karvonsaroylar boʻlganini va ularda savdo-sotiq ancha rivojlanganligi yozma manbalardan maъlum). Karvonsaroylarda va savdo rastalarida savdo ishlarida xizmat qiladigan qorovul, hammol, farrosh, yuk tashuvchi va joylashtiruvchi mardikorlar koʻp boʻlgan. Yirik savdogarlar maxsus mirzolarni saqlagan. Mirzolar barcha savdo ishlarini, ayniqsa ulgurji savdoni rasmiylashtirishda bevosita ishtirok qilgan. Hisobkitob ishlarini kosid boshqargan. Yirik savdogarlar maxsus jamoaga birikkan. Uni jamoa aъzolarining eng obroʻli katta savdogarlar orasidan saylangan oqsoqol karvonboshi boshqargan. Jamoaga savdogarlar tabaqasining yirik namoyandalari kirgan. Oʻz navbatida ayrim savdo rastalari birikib shu rastadagi doʻkonlardan oʻzining oqsoqolini (baъzi joylarda rais ham deyiladi) saylaganlar. Oqsoqol savdo tartiblari va qoidalariga amal qilinishini kuzatib, xaridorlar va savdogarlar orasidagi mojaroning hal qilinishiga, baъzan tashkaridan kelgan molning doʻkonlar orasida odilona tarqatilishiga bosh boʻlgan.
Buxoro amirligi va Xiva xonligi bilan Rossiya oʻrtasidagi savdo aloqalari ayniqsa Zakaspiy temir yoʻl qurilgach, ancha rivojlangan. Toshkentdagi Eski joʻva B.i karvonlar kelibketadigan yirik savdo markazi boʻlgan. Shaharning barcha darvozalaridagi yoʻllar B.ga kelib taqalgan. Atrofida karvonsaroy, omborxona, ustaxonalar, doʻkonlar va boshqa joylashgan. 19-asr 2-yarmidan boshlab bu yerda sanoatchi boylar oʻz doʻkonlari, omborlari va idoralarini qurishgan. Fargʻona vodiysida oʻzining kattaligi va savdo aylanmasi jihatidan Qoʻqon B.i alohida ajralib turadi. Oʻzining obodonligi va qulayligi bilan Buxoro Bozor mintaqada birinchi oʻrinda turgan. Ipak gazlamalari bilan butun Sharqda tanilgan Margʻilonda qatorqator tizilgan doʻkonlar (koʻcha boʻylab 2,5 km gacha choʻzilgan)da savdo-sotiq qilingan.
Oʻrta Osiyoda mustaqil davlatlarning paydo boʻlishi xususiy mulkchilikni qayta tiklab, savdo erkinligiga keng yoʻl ochib berdi. Jumladan Oʻzbekistonda B. iqtisodiyotining hayotga tatbiq qilinishi anъanaviy savdoni yangi zamonaviy uslub va vositalar bilan boyitib, mamlakat ijtimoiyiqtisodiy va madaniy rivojiga katta yoʻl ochib berdi. Mustaqil Oʻzbekiston barcha chet el mamlakatlari bilan oʻz manfaatiga qarab erkin, siyosiy, iqtisodiy, madaniy va savdo aloqalarini oʻrnatdi va bu sohada yangiyangi yoʻllarni topishda tinmay izlanmoqda. OʻzRda B. faoliyatini rivojlantirish yoʻlida juda koʻp yangi savdo uyushmalari, konsern va firmalar paydo boʻlmoqda, davr talabiga javob bera oladigan isteъdodli ishbilarmonlar safi koʻpaymoqda. B.lar Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Andijon kabi yirik shaharlarning markazida meъmoriy yechimlari oʻziga xos milliy anъanalar asosida yaratilmoqda. B.lar shaharni bogʻlab turuvchi asosiy shohkoʻchalar, yirik savdo inshootlari majmuasi va turar joy massivlari, temir yoʻl, avtovokzal yaqinida va mikrorayonlar markazida joylashtirilmoqda. B.lar anъanaviy qator ustunli bostirmalar, gumbazli, toq va tim, soyabonsimon, oynaband uslubida barpo etilmoqda. Bularda sotuvchi va xaridorlarga qulaylik yaratish maqsadida savdo rastalarining atrofida doʻkonlar, madaniymaishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mujassamlashtirilgan holda qurilmoqda. B. hududida koʻp tarmoqli savdo doʻkonlari, choyxona, dehqonlar mehmonxonasi, muzlatkichli omborxonalar, yuk koʻtargich, nonvoyxona va boshqa mavjud. Toshkentdagi "Eski joʻva", "Oloy", "Qoʻyliq" B.lari, Buxoro bozori, Samarqanddagi "Siyob", Urgutdagi "Urgut" va boshqa anъanaviy va zamonaviy meъmorlikni oʻzida mujassamlantirgan eng yirik B.lardan.
Hozir Oʻzbekistonda B. asosiy sotiladigan mahsulotlarga koʻra dehqon bozori (k x. mahsulotlari), buyum B.i, ulgurji B., mol (chorva mollari) B. kabi asosiy turlarga boʻlinadi.
Ad:. Toʻxliyev N., Osiyo va bozor, T., 1992; Oʻlmasov A., Iqtisodiyot asoslari, T., 1997.
Ahmadjon Oʻlmasov, Muhammadamin Rasulov, Hamza Ubaydullayev.[1]

Бозор — 1) сотувчилар билан харидорлар ўртасидаги товар айирбошлаш муносабатлари; ишлаб чиқариш билан истеъмолни ўзаро боғловчи механизм. Б. объекти нафлиги бор товар ва хизматлар, субъекти эса Б. иштирокчилари (сотувчи ва харидорлар) бўлиб, улар фирмалар, уй хўжаликлари, давлатнинг ташкилот, идоралари ва бошқалардан иборат. Б. иштирокчилари товар ва хизматларни пул воситасида айирбошлаш юзасидан муносабатларга киришадилар. Б.да товарлар билан олдисотди муносабатлари товар ишлаб чиқариш, товар айирбошлаш ва пул муомаласи қонунларига биноан амалга оширилади. Б. иштирокчилари сотувчи ҳамда харидор мақомига эга бўладилар. Б.да 2 жараён амалга ошади: бири — товарларни сотиш, бунда товар пулга алмашади, яъни Т—П; иккинчиси — товарни харид этиш, пулни товарга айирбошлаш, яъни П—Т. Айирбошлаш ихтиёрий ва эркин шаклланган нархларда олиб борилади. Б. иқтисодиётда ишлаб чиқаришни истеъмол билан боғлаш (яратилган товарлар ва хизматлар Б.га чикали, у ерда сотилгач, истеъмолга келиб тушади); кийматнинг товар шаклидан пул шаклига айлантириш; ишлаб чиқаришнинг узлуксизлигини таъминлаш (яратилган товарлар ва хизматлар Б.да сотилгач, тушган пулга ишлаб чиқариш учун зарур иқтисодий ресурелар, чунончи асбобускуналар, машиналар, ёкилғи, иш кучи сотиб олиниб, ишлаб чиқаришни давом эттириш имконияти яратилади.); иқтисодиётни тартиблаш (нимани, қандай ишлаб чиқариш, ким учун ишлаб чиқариш); мамлакатлар ўртасида иқтисодий ҳамкорлик ўрнатиш сингари вазифаларни бажаради. Бунда талаб ва таклиф, шунга мувофикнарлиинг ўзгаришига қараб ишлаб чиқариш юритилади. Талаб ошиб нарх ўсса, ишлаб чиқариш кўпаяди, аксинча, таклиф ошиб талаб камайса, ишлаб чиқариш қисқаради.


Б. ўз иштирокчилари мавқеига қараб эркин ва монопол Б.га ажралади. Эркин Б.да сотувчилар ҳам, харидорлар ҳам кўп бўлиб, нархлар талаб ва таклиф негизида шаклланади. Монопол Б.да озчилик сотувчиларнинг ҳукмронлиги ўрнатилган бўлиб, нархлар фақат шуларнинг манфаатидан келиб чиққан ҳолда белгиланади. Бундай Б.лар рақоботнинг сустлиги ёки умуман бўлмаслиги билан ажралиб туради.
Айирбошлаш объектининг моддий шакли жиҳатидан олганда истеъмол товарлари ва хизматлар, ресурслар, меҳнат, молия, интеллектуал товарлар, қуроласлаҳа, ишлаб чиқариш воситалари, инвеститсия, қимматли қоғозлар, илмий ғоялар, техникавий ишланмалар ва меҳнат (иш кучи) Б.лари мавжуд. Б. ўз қамров доирасига қараб маҳаллий, минтақавий, миллий ва жаҳон Б.ларига бўлинади. Товарларнинг четдан келишкелмаслигига қараб очиқ Б., ёпиқ Б. (ички Б.) сингари турлари учрайди. Олдисотди миқдори, яъни товар айланмаси ҳажмининг ўзгаришига қараб кенгаювчи Б. ватораювчи Б.га бўлинади.
Амал қилиш тарзи жиҳатдан тартибсиз (стихияли), режали ташкил этилган ва бошқариладиган Б.лар мавжуд. Стихияли Б.дан тартибли, режали ташкил этилган Б.га ўтиш маданийлашган жамиятга хос. Ҳозир ҳеч бир мамлакатда тартибсиз Б. ҳукмрон эмас, аксинча бошқариладиган Б. етакчи мавқега эга. Иқтисодиёт ўсган сари Б. турлари кўпаяди, чунки сотиладиган товарлар ва хизматлар хилмахил бўлиб боради, харидор ҳам ўз даромади, диди, умуман талабеҳтиёжига қараб табақалашади, Б.да сотиладиган товарлар ва хизматлар суммаси ортиб боради.
2). Савдо-сотиққилинадиган муайян жой, майдон. Б.лар қад. Рим ва Юнонистоннинг Милет, Пергам ва бошқа шаҳарларида тўғри тўртбурчакли майдонда 3 ёки 4 томони қатор устунли савдо расталари ва омборлар, ибодатхоналар, устахоналар ва бошқалардан иборат бўлган. Б. майдонлари шаҳар мажмуа (агора, форум)ларининг бир қисми ҳисобланган. Ҳар бир мамлакат Б.ларининг меъморлиги ва қурилиши иқлим шароити, иқтисоди, географик ўрни ва савдо соҳасидаги анъаналар билан боғлиқ бўлган. Ўрта Ер денгизи ҳавзасида қадимда очиқ майдонларда, Шарқда эса усти ёпиқ Б.лар ривожланган ("суқ", "асвок", "чорсу"; Туркия ва Эронда "хон", "бедистон" номи билан юритилган).
Европада Б.лар махсус режа асосида қурилган (Париждаги марказий Б., 1850 ва бошқалар). Россияда ихтисослашган Б. ("Гостиний двор")лар асосан, 1—2 қаватли, олд томони кўпинча равоқлар ёки устунлар қаторидан иборат бостирма бўлган (СанктПетербургдаги Б., 1761— 85; Ярославлдаги Б., 1813—18 ва бошқалар).
Ўрта Осиё ҳудудидаги Бухоро, Самарқанд, Пойкенд, Урганч, Хива, Марв, Нумижкат, Исфижоб, Уштуркат, Чағониён каби шаҳарларда савдо-сотиқ қадимдан ривожланган. Айниқса, ўрта асрларга келиб нафақат шаҳарларда, балки жуда кўп йирик қишлоқларда ҳам тим, токи, чорсу деб номланган гавжум бозорлар бўлган (Қарноб чўл ёқасидаги, Нарпай туманидаги катта қишлоқ Тим деб аталади. 10-асрда бу манзил катта савдо маркази бўлган, унинг тими сақпанмаган). Гумбазли тимлар энг гавжум чорраҳачорсуларда жойлашгани учун ҳам шаҳарнинг меъморий қиёфасини белгилаган. Енгил ёғоч томли, устунайвонли тимлар ҳам кўп бўлган. Чорраҳаларда қурилган тим, чорсу намуналарини Самарқанд ва Шаҳрисабз (17-аср), Хива (Оллоқулихон тими), Бухоро (Абдуллахон тилш)даги тимлар мисолида кузатиш мумкин. Самарқанд чорсу Б.и атрофида мискарлик, кулолчилик, сангтарошлик, маҳсидўзлик, нажжорлик, саҳҳофлик, заргарлик каби дўконлар жойлашган. Чорсу Б.и гумбазли қилиб қурилган. Савдо дўконларида матолар, улардан тикилган кийим-кечаклар сотилган. Расталарда эса ҳўл мевалар ва анвойи ширинликлар кўп бўлган. Шаҳрисабздаги улкан гумбазли Чорсу Б.и (1598—1602)нинг тўрт томонида қўш табақали дарвозаси бор эди. Гумбаз остидаги савдо расталари бўйлаб тўрт бурчакли хоналар жойлашган. Б.ларда савдо расталари муайян моллар ёки ҳунармандчилик маҳсулотларига мўлжалланган. Баъзан маҳсулот шу ернинг ўзида ишлаб чиқарилиб харидорларга сотилган. Мае, Бухоро заргарлар растаси (Тоқи Заргарон), Саррофлар растаси (Токи Саррофон), Мискарлар растаси (Тоқи Мискарон) ва бошқа Ўрта асрда Тошкентнинг марказий Б.ида 3 мингдан ортиқ дўкон махсус расталарга жойлашган. Хоразм воҳасидаги Хива Б.ида 260 дўкон, Урганчда 300, Қўнғиротда 315, Хўжайлида 150 га яқин дўкон бўлган. Шаҳар ва қишлоқларда муайян кунга белгиланган (сешанба, чоршанба, жума каби) катта Б.лар бўлиб, уларга бутун Марказий Осиё ва чет эллардан савдогарлар келган. Б.да савдогар, дўкондор, косиб, деҳқон ва майда бозорчилар савдо қилишган.
Б. дўконларини энг бой савдогар ва қунармандлар эгаллаган. Бундай Б.лардаги йирик карвонсаройлар ва омбор (каппон)лар улгуржи савдо марказлари ҳисобланган. Карвонсаройларнинг сонига қараб ҳатто савдо-сотиқнинг ҳажми белгиланган (мас, Тошкентда 45, Бухорода 50 га яқин, Самарқандда 25, Хива ва Қўқонда 10 дан ортиқ карвонсаройлар бўлганини ва уларда савдо-сотиқ анча ривожланганлиги ёзма манбалардан маълум). Карвонсаройларда ва савдо расталарида савдо ишларида хизмат қиладиган қоровул, ҳаммол, фаррош, юк ташувчи ва жойлаштирувчи мардикорлар кўп бўлган. Йирик савдогарлар махсус мирзоларни сақлаган. Мирзолар барча савдо ишларини, айниқса улгуржи савдони расмийлаштиришда бевосита иштирок қилган. Ҳисобкитоб ишларини косид бошқарган. Йирик савдогарлар махсус жамоага бириккан. Уни жамоа аъзоларининг энг обрўли катта савдогарлар орасидан сайланган оқсоқол карвонбоши бошқарган. Жамоага савдогарлар табақасининг йирик намояндалари кирган. Ўз навбатида айрим савдо расталари бирикиб шу растадаги дўконлардан ўзининг оқсоқолини (баъзи жойларда раис ҳам дейилади) сайлаганлар. Оқсоқол савдо тартиблари ва қоидаларига амал қилинишини кузатиб, харидорлар ва савдогарлар орасидаги можаронинг ҳал қилинишига, баъзан ташкаридан келган молнинг дўконлар орасида одилона тарқатилишига бош бўлган.
Бухоро амирлиги ва Хива хонлиги билан Россия ўртасидаги савдо алоқалари айниқса Закаспий темир ёʻл қурилгач, анча ривожланган. Тошкентдаги Эски жўва Б.и карвонлар келибкетадиган йирик савдо маркази бўлган. Шаҳарнинг барча дарвозаларидаги ёʻллар Б.га келиб тақалган. Атрофида карвонсарой, омборхона, устахоналар, дўконлар ва бошқа жойлашган. 19-аср 2-ярмидан бошлаб бу ерда саноатчи бойлар ўз дўконлари, омборлари ва идораларини қуришган. Фарғона водийсида ўзининг катталиги ва савдо айланмаси жиҳатидан Қўқон Б.и алоҳида ажралиб туради. Ўзининг ободонлиги ва қулайлиги билан Бухоро Бозор минтақада биринчи ўринда турган. Ипак газламалари билан бутун Шарқда танилган Марғилонда қаторқатор тизилган дўконлар (кўча бўйлаб 2,5 км гача чўзилган)да савдо-сотиқ қилинган.
Ўрта Осиёда мустақил давлатларнинг пайдо бўлиши хусусий мулкчиликни қайта тиклаб, савдо эркинлигига кенг ёʻл очиб берди. Жумладан Ўзбекистонда Б. иқтисодиётининг ҳаётга татбиқ қилиниши анъанавий савдони янги замонавий услуб ва воситалар билан бойитиб, мамлакат ижтимоийиқтисодий ва маданий ривожига катта ёʻл очиб берди. Мустақил Ўзбекистон барча чет эл мамлакатлари билан ўз манфаатига қараб эркин, сиёсий, иқтисодий, маданий ва савдо алоқаларини ўрнатди ва бу соҳада янгиянги ёʻлларни топишда тинмай изланмоқда. ЎзРда Б. фаолиятини ривожлантириш ёʻлида жуда кўп янги савдо уюшмалари, консерн ва фирмалар пайдо бўлмоқда, давр талабига жавоб бера оладиган истеъдодли ишбилармонлар сафи кўпаймоқда. Б.лар Тошкент, Самарқанд, Бухоро, Хива, Андижон каби йирик шаҳарларнинг марказида меъморий ечимлари ўзига хос миллий анъаналар асосида яратилмоқда. Б.лар шаҳарни боғлаб турувчи асосий шоҳкўчалар, йирик савдо иншоотлари мажмуаси ва турар жой массивлари, темир йўл, автовокзал яқинида ва микрораёнлар марказида жойлаштирилмоқда. Б.лар анъанавий қатор устунли бостирмалар, гумбазли, тоқ ва тим, соябонсимон, ойнабанд услубида барпо этилмоқда. Буларда сотувчи ва харидорларга қулайлик яратиш мақсадида савдо расталарининг атрофида дўконлар, маданиймаиший хизмат кўрсатиш шохобчалари мужассамлаштирилган ҳолда қурилмоқда. Б. ҳудудида кўп тармоқли савдо дўконлари, чойхона, деҳқонлар меҳмонхонаси, музлаткичли омборхоналар, юк кўтаргич, нонвойхона ва бошқа мавжуд. Тошкентдаги "Ески жўва", "Олой", "Қўйлиқ" Б.лари, Бухоро бозори, Самарқанддаги "Сиёб", Ургутдаги "Ургут" ва бошқа анъанавий ва замонавий меъморликни ўзида мужассамлантирган энг йирик Б.лардан.
Ҳозир Ўзбекистонда Б. асосий сотиладиган маҳсулотларга кўра деҳқон бозори (к х. маҳсулотлари), буюм Б.и, улгуржи Б., мол (чорва моллари) Б. каби асосий турларга бўлинади.


Download 52.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling