1 sotuvchilar bilan xaridorlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash munosabatlari; ishlab chiqarish bilan isteъmolni oʻzaro bogʻlovchi mexanizm. B. obъyekti nafligi bor tovar va xizmatlar, subъyekti esa B


Bozor xonalari va bo‘limlari asosiy elementlaming texnologiyasi


Download 52.35 Kb.
bet3/7
Sana03.11.2023
Hajmi52.35 Kb.
#1744246
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bozorlar

Bozor xonalari va bo‘limlari asosiy elementlaming texnologiyasi
va tavsifi
Yopiq bozorlami ekspluatatsiya qilish amaliyotida bir martali sotish ishlari amalga oshiriladigan mahsulotlar, ya’ni go'sht va sut mahsulotlari ochiq ombor maydoniga keltirilib (sotuvchilar nazoratida), go‘sht-sut nazorat stansiyalariga jo ‘natiladi. Mahsulotlar shifokor (vrach) tomonidan tekshirilganidan so‘ng omborga yoki savdo-sotiq joyiga yuboriladi. Mahsulot sotuvchi bozor patta pulini to'laganidan so‘ng, omborxonada unga sotish anjomlari va maxsus kiyimlar taqdim etiladi.
Savdo zalini rejalashtirish, odatda, savdo o'rinlari o'lchamlaridan kelib chiqiladi, ya’ni bozorda savdo o'rinlarining iqtisodiy nuqtayi nazardan joylashishi zalning asosiy elementlariga ta ’sir etadi. Aksariyat hollarda bir martalik savdo o ‘rinlari ochiq rastalar ko‘rinishida bo‘lib, savdo zalining markazida, alohida-alohida ≪orolchalar≫ yoki qatorlar ko‘rinishida joylashadi.
Amaliyotda ochiq rastalami zalda bo‘ylama va ko'ndalang joylashtirish usullari ishlab chiqilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra birinchi usul o`zining ijobiy iqtisodiy jihatlari bilan maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Bir martalik sotish o'rinlarini ≪orolchalar≫ ko'rinishida joylashtirish maksimal sig'im nuqtayi nazaridan foydali bo`lib, ikki tomondan savdosotiq ishlarini bajarish imkonini beradi.
Statsionar o ‘rinlar davlat, kooperativlar va jamoa xo‘jaliklari uchun moMjallangan bo‘lib, bir martalik savdo o‘rinlariga nisbatan yaxshiroq jihozlangan savdo chodirlari ko‘rinishiga ega. Ular mahsulotlar bilan qulay ta ’minlanishi, shuningdek, omborxona, sanitariya-nazorat shaxobchalariga yaqin bogianishda bo‘lishi va sotuvchining ishlashi uchun qulay hamda sotuvga qo‘yilgan mahsulotlaming to‘liq ko‘rinishi shartlariga javob berishi kerak.
Statsionar savdo o‘rinlarini joylashtirish usullarini taqqoslash natijasida, uzunasiga devorlar bilan o‘rash usuli, ko‘p zalli bozorlarda esa devorlar yordamida bir-biridan ajratilgan savdo zallari ijobiy jihatlarga ega ekanligini ko‘rsatmoqda.
Savdo-sotiq o ‘rinlarini guruhlash talablari asosida, turli xil mahsulotlarning mumkin bo‘lgan ≪mahsulot qo'shnichiligi≫ ta ’minlanadi. Sanitariya talablariga asosan turli xildagi oziq-ovqat (masalan: go‘sht, sut, baliq, sabzavot va mevalar) mahsulotlarini faqatgina maxsus rastalarda yoki alohida jihozlangan xonalarda sotishga ruxsat etiladi. Savdo o'rinlarini guruhlash, sifatga taqqoslash ko`p jihatdan yopiq bozoming geografik joylashgan joyiga bogMiq. Masalan: bozorlarda sabzavot va mevalar bilan savdo qilish uchun umumiy savdo zalining 53% i; go‘sht mahsulotlari uchun 31% i sut va sut mahsulotlari uchun 16% i ajratildi. Italiyadagi me’yorlar esa quyidagicha:
-sabzavot va mevalar bilan savdo qilish uchun umumiy savdo-sotiq xonalarining 65%;
- go`sht va baliq mahsulotlari uchun 20% i;
sut va sut mahsulotlari uchun 15% i ajratiladi.
Omborxonalar va sovuqxonalami joylashtirish bo'yicha bir necha turli usullar mavjud: alohida ko'rilgan binolaming birinchi qavatlarida va erto'lalarda joylashtirish tavsiya etiladi. Omborlar va sovitkichlami yerto'lalarda joylashtirish usuli nisbatan ijobiy hisoblanib, maydonlar va konstruksiyalardan unumli foydalanishdan tashqari, pandus moslamalarining qulay yuklanishi, avtomashinalar va elektrkaralarning harakatlanishi hamda omborlardagi mahsulotlami savdo-sotiq joylariga yetkazish ishlarini yengillashtiradi.
Yopiq bozorlardagi vertikal transportlar savdo qilish joylariga mahsulotlarni yetkazib berish xizmati va xaridorlar harakatiga to'sqinlik qilmasligi bilan katta ahamiyat kasb etadi. Yuk-yo‘lovchi liftlari va ishchi zinapoyalarni statsionar savdo-sotiq bloklarida loyihalash, bu lift va zinapoyalarni ishchi koridorlar hamda savdo qilish joylari bilan bog`langanligini ta`minlash maqsadga muvofiq. Taxminan, 2000 m2 yuzaga ega bo'lgan zal maydonlari uchun ikki lift, 4000 m2 zal maydonlari uchun to 'rt lift talab etiladi. Savdo rastalarining ikki qavatda joylashishi, vertikal trasportlarning ishlash unumdorligini oshiradi.
Xaridorlar uchun o‘tish joylarining kengligini hisoblashda bir tomondan ularning o ‘tishlari uchun qulaylik ta ’minlansa, ikkinchi tomondan inshoot egallab turgan maydonning haddan tashqari kattalashib ketmasligini inobatga olish kerak.
Mavjud yopiq bozorlardagi o ‘tish joylarining kengligi o ‘zgaruvchan:
— asosiy o ‘tish joylari — 4m dan 10 m gacha;
— yondan o'tish joylari — 2,5 m dan 7 m gacha;
— ко ndalang o'tish joylari — 1,5 m dan 5 m gacha.

Download 52.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling