1 sotuvchilar bilan xaridorlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash munosabatlari; ishlab chiqarish bilan isteъmolni oʻzaro bogʻlovchi mexanizm. B. obъyekti nafligi bor tovar va xizmatlar, subъyekti esa B
Download 52.35 Kb.
|
Bozorlar
Yopiq bozorlarning shakllanishi
Yopiq bozorlar maxsus savdo-sotiq uchun ixtisoslashgan jamoat binolari bo‘lib, tarixdan qadimiy agora va forumlar bilan bog‘liq. Bu qadimiy shaharlarning jamoat maydonlari hayot aren asi, shuningdek, xalq yigMnlari bilan birgalikda savdo-sotiq ishlarini olkb borish joyi sanalgan. Qadimgi yunon davridagi agoralar bir qavatli va ko‘p kolonnali galereyalar ko'rinishida bo‘lgan (Milet agorasi). Keyinchalik, ellinistik davrda ikki qavatli agoralar dunyo yuzini ko‘rdi. Qadimiy Rimda forumlar atrofida savdo-sotiq binolari qurilgan. Troyan forumi yonida o‘z zamonasi uchun mahobatli xisoblangan, 150 taberni (do‘konni) o‘z ichiga olgan besh qavatli bino qurilgan. O'rta asrlarda, so‘ngra uyg‘onish davriga kelib G ‘arbiy Yevropadagi shaharlarda bozor maydonlari savdo-sotiq va ijtimoiy hayot markazi sifatida faoliyatini davom ettirdi. Ular shahar markazida joylashib, savdo qatorlari va galereyalar bilan o'raldi. Shaharlar kattalashgan sari, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan talabi ham o‘sib boradi. Ochiq turdagi bozorlarda katta miqdordagi turli tez buziladigan mahsulotlar yig‘ilib qola boshlaydi. Bu mahsulotlarni quyosh nurlaridan, yomg‘irdan, qordan, chang va boshqa salbiy ta’sirlardan himoyalash zarurati tug'ildi. Katta sig‘imli (500 savdo o ‘rni va undan ortiq) yopiq bozorlar shahar markazida joylashgan bo‘lib, o ‘rta va kichik sig‘imli (savdo o'rinlari 500 tagacha) bozorlar esa tuman ahamiyatiga ega yopiq bozorlar hisoblanadi. Yopiq bozorlar nafaqat jamoa xo‘jaliklarining, balki ma’lum darajada davlat va kooperativlaming savdo-sotiqlari uchun ham ahamiyatlidir. Yopiq bozorlar hajmiy-rejaviy tuzilishiga ko‘ra bir zalli (kichik sig‘imli), pavilyon turidagi, ikki-uch zalli (o'rtacha va katta sig‘imli) pavilyon ko‘rinishidagi (turli sig‘imli) bozor turlariga bo'linadi. Yopiq bozorlar o'zining hajmiy-fazoviy kompozitsiyalari, umumiy, absolyut oMchamlari, shuningdek, alohida qismlarining o'lcham va proporsiyalari bilan boshqa ma’muriy-maishiy maqsadlardagi binolardan sezilarli darajada ajralib turadi. Yopiq bozorlar o‘z xususiyatlariga ega bo‘lib, shahar qurilishi masalalarini yechishda ularga tashrif buyuruvchi ko‘p sonli xaridorlami va kata miqdordagi yuk oqimini e’tiborda tutishni talab etadi. Birinchi omil —bozorga kirish va chiqishni tashkil etishni talab etsa, ikkinchi omil — tovar-mahsulotlami yetkazib kelish maqsadida avtotransport yo‘llarini yaratishdir. Shu sababli bu binolarning o ‘ziga xos talablarini inobatga olgan holda, ya’ni, yopiq bozorlaming aholini oziq-ovqatlar, birinchi navbatda tez buziladigan mahsulotlar bilan ta ’minlashida iste’molchiga eng yuqori darajada yaqin bo'lishi zaruratidan kelib chiqib, ularni xizmat ko‘rsatish qulay bo‘lgan shahar tumanlarida joylashtirish maqsadga muvofiq. Bunda, ehtimolga yaqin rejadagi xizmat ko‘rsatish radiusini, ya’ni, yopiq bozor va xaridor orasidagi eng ko‘p uzoqlashuv oralig‘ini nazarda tutish zarur. Katta shaharlarda xizmat ko'rsatish radiusi o‘rtacha 1 — 1,5 km, kichik shaharlarda esa 1,5—2 km dan oshmasligi kerak. Yopiq bozorlarga transport vositasida kirish qulay bo'lishi va tashqi yuk oqimi hamda xaridorlar harakatlanayotgan oqim alohida bo‘lishi kerak. Sanitariya talablariga ko‘ra yopiq bozorlar ifloslanish, kirlanish manbalaridan va chiqindilarni zararlantirish joylaridan kamida 1,5 km, o‘zidan chang hamda kuchli hid ajratuvchi omborxona va sanoat korxonalaridan kamida 500 m uzoqlikda bo‘lishi zarur. Yopiq bozorlar katta oraliqli binolar bo‘lganligi sababli, ularning loyihalanishi va joylashtirilishi, shahardagi boshqa binolar bilan uyg‘unlashgan arxitekturaviy ansambl yaratilishi kerak. Yopiq bozor uchun ajratilgan yer maydonini loyihalashda xaridorlar uchun qulaylik yaratish va ularning avtomobillar turish joylarini belgilash maqsadida bozor oldi maydonlarining tashkil etilishi, shuningdek, bozor binosi, yozgi-kuzgi savdo maydonlari va xo‘jalik, avtotransport turish joylaridan kirish qulay bo‘lgan ochiq ombor maydonlari nazarda tutiladi. Bir obyekt uchun yer maydonining hajmi 1,5 ga, shahar tumanlarida esa bozor qurilishi uchun 0,5 ga yer maydoni mo'ljallanadi. Download 52.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling