1 so`zlarning teng va ergash bog`lanishi (aloqasi),ergash bog`lanishlarning turlari (boshqaruv moslashuv bitishu)yuzasidan tahlil qoliplar va testlar


Download 176.99 Kb.
bet5/27
Sana09.06.2023
Hajmi176.99 Kb.
#1469391
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
китоб уйга фазифа

Atov (nominativ) gaplar. Narsa va predmetlarning hozirgi zamonda mavjudligini tasdiq yo‘li bilan ko‘rsatadigan gap nominativ gap deyiladi. Nominativ gaplar atov gaplar deb ham yuritiladi. Nominativ gaplar narsa-predmet voqea-hodisani atabgina qolmasdan balki uning mavjudligini maxsus intonatsiya bilan tasdiqlaydi. Natijada bir yoki birdan ortiq so‘zlar birikmasi ma’lum bir sharoitda mustaqil bir fikr ifodalaydi. Mas: Bahor. Hammayoq yashil libosga burkangan.Tun. Dunyoni zulmat bosgan.
Nominativ gaplar yig‘iq va yoyiq bo‘ladi.
Osmon to‘la yulduz oy yarqirab turibdi.
Oysiz, yulduzsiz, bulutli qorong‘u kecha.
Ko‘z ko‘zni ko‘rmaydi.
Mazmun va emotsional qimmatiga ega ko‘ra nominativ gaplar quyidagilarga bo‘linadi.

  1. Tabiat manzaralarini aks ettiruvchi tasviriy nominativ gaplar: Keng sahro, quruq cho‘l, suv manbalaridan darak yo‘q. 


  2. Payt anglatuvchi nominativ gaplar: Shom payti. Qorong‘ulik quyuqlashib bormoqda. 


  3. Hayot voqealarini bildiruvchi nominativ gaplar: Yoqimli ohang. Quvnoq qo‘shiqlar. Anorxon yo‘lida to‘xtab tinglaydi. 


  4. Ko‘rsatuv xarakteridagi nominativ gaplar: Mana guzar. Mana odamlar. Odamlar uni o‘rab oldilar. 


Nominativ gaplardan keyini kelgan gaplar unda ifodalangan voqea hodisalarni boshqa voqea tasviri bilan kengaytiradi. Qorong‘u tun. Poyezd tezroq manzilga yetish uchun shoshilmoqda.


Nominativ gaplarda ifodalangan hodisalar ko‘pincha emotsional xarakterda bo‘ladi. U ko‘pincha emotsional intonatsiya bilan talaffuz qilinadi: Ota ! Naqadar ko‘ngilga yoqimli.

5. GAPNI BOSH BO`LAKLARINI ANIQLASH EGA VA KESIMINI ANIQLASH SODDA VA TARKIBIY KESIMLAR, KESIMNING EGA BILAN MOSLASHUVI.ULARNING BA`ZAN SODA MOS KELMASLIK HOLLARI YOZUVDA EGA BILAN KESIM ORASIDA TRENING ISHLATISHIGA USTIDA TAHLIL QOLIPLARI MASHQLAR VA TESTLAR


Gap tarkibidagi o’zaro tobe bog’lanishda bo’lgan so’zlardan bittasi tobe bo’lak, ikkinchisi hokim bo’lak vazifasini bajaradi.tobe bo’lak hokim bo’lakka bog’lanib, hokim bo’lak talab etgan sintaktik vazifada keladi.ana shu vazifa gap bo’lagi nomi bilan yuritiladi. Gap tarkibida tobe bog’lanib ma’lum so’roqqa javob bo’luvchi so’z yoki so’z birikmasiga gap bo’lagi deyiladi.gap bo’lagi tobe bog’lanish doirasida, tobe qism vazifasida kelgan bo’laklar hisoblanadi.uning qaysi bo’lak vazifasida kelayotganligi hokim bo’lakka nisbatan aniqlanadi.gapdagi barcha bo’laklar kesimga qarab aniqlanadi.gap bo’laklari gap tuzilishidagi vazifasiga ko’ra ikki guruhga, ikki darajaga bo’linadi:


1. Bosh bo’lak: kesim, ega
2. Ikkinchi darajali bo’laklar: to’ldiruvchi, aniqlovchi, hol
Gapda kesim bilan bog’lanib , shu kesimdagi qo’shimcha ifodalagan shaxs-sonni bildiruvchi va kim? Nima? Qayer? So’roqlariga javob bo’ladigan bosh bo’lak ega deb ataladi. Odam (kim?) Ko’p , ish (nima?) Kam. Atrof (qayer?) Jimjit. 

Ega bosh kelishikda bo’lib , odatda, quyidagicha ifodalanadi:


1.ot bilan : shamol gullar hidini atrofga taratdi.
2.olmosh bilan :ular to’garak mashg’ulotlariga muntazam qatnashadilar.
3.harakat nomi bilan: o’qish tugadi.
4.otlashgan so’zlar bilan :
A) sifat bilan: oqlar yurishni boshladi.
B) son bilan : uchovimiz dala aylandik.
D) sifatdosh bilan : qimirlagan qir oshar.
E) ravish bilan: ko’plar qatnashdi.
F)taqlid so’z bilan: to’plarning gumbur-gumburi eshitilardi.
G) modal so’zlar bilan: bor boricha , yo’q holicha.
5. Ibora bilan : hafsalasi pir bo’lgani sezilib turardi.
6.sintaktik birliklar (so’z birikmasi) bilan: otlarning otxonaga olib o’tilmagani ziyodillani taajjublantirdi.
Ayrim paytlarda teng aloqadagi bir necha so’z ham butunicha yoki bo’lak – bo’lak ravishda ega bo’lib kelishi mumkin: otam bilan akam bozorga ketishdi.
Ba’zan ega chiqish kelishigidagi so’zlar bilan ham ifodalanishi mumkin. Bunday paytlarda haqiqiy ega tushirilgan bo’lib, undan oldin kelayotgan chiqish kelishigidagi so’z ega vazifasinin ifodalaydigan bo’lib qoladi: unda ham bu kitoblardan bor. Bu gapdagi haqiqiy egani tiklash mumkin: unda ham bu kitoblardan biri bor. 

Download 176.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling