1 so`zlarning teng va ergash bog`lanishi (aloqasi),ergash bog`lanishlarning turlari (boshqaruv moslashuv bitishu)yuzasidan tahlil qoliplar va testlar
Download 176.99 Kb.
|
китоб уйга фазифа
1-2.SO`ZLARNING TENG VA ERGASH BOG`LANISHI (ALOQASI),ERGASH BOG`LANISHLARNING TURLARI (BOSHQARUV MOSLASHUV BITISHU)YUZASIDAN TAHLIL QOLIPLAR VA TESTLAR. Har qanday til o‘zining nutq tovushlari, so‘zlari (iboralari) va qo‘shimchala ridagi imkoniyatlarini sintaksisda, yani gap qurilishida namoyon qiladi. Sintaksis tilimiz imkoniyatlarining ko‘zgusidir. Biz ifodalayotgan til turli birliklardan, vositalardan iborat. Ularning har biri tilda o‘zining muhim vazifasini bajaradi. Til birligi- bir-biridan vazifasi, ifoda materiali, tuzilishi va tizimdagi o‘rni bilan farqlanadigan til hodisasi. Gap, so‘z birikmasi, so‘z, tovush, qo‘shimcha tilning birligi sanaladi. Tovush og‘zaki nutqning eng kichik, mayda bo‘lakka bo‘linmaydigan qismidir. Gap odatda bir so‘zdan yoki bir necha so‘zlarning o‘zaro grammatik va mazmuniy bog‘lanishidan ham tashkil topishi mumkin. Bir so‘zning boshqa so‘zga ma’lum grammatik vositalar (grammatik qo‘shimchalar, yordamchi so‘zlar) yordamida bog‘lanishi grammatik bog‘lanish hisoblanadi. ‼ Gapda so‘zlarning bog‘lanishi ikki xil bo‘ladi: a) teng bog‘lanish; b) tobe bog‘lanish. 1) teng bog‘lanish – ikki so‘zning teng huquqli, biri ikkinchisiga bo‘ysunmay bog‘lanishi:akam va ukam, kitob va daftar kabi. Bir xil gap bo‘lagi vazifasida kelib, ko‘pincha bir xil so‘roqqa javob bo‘luvchi bo‘laklarning o‘zaro teng bog‘lovchilar yoki sanash ohangi yordamida bog‘lanishi teng bog‘lanish sanaladi. Quyidagi vositalar teng bog‘lovchi vazifasini bajaradi: I.a) biriktiruvchi bog‘lovchilar:va, hamda (ko‘pincha va o‘rnida bilan ko‘makchisi ham qo‘llanadi) b) zidlov bog‘lovchilari: ammo, lekin, biroq d) ayiruv bog‘lovchilari: yo, yoki, yo-yo, goh-goh, dam-dam. II. Bog‘lovchi vazifasidagi yuklamalar: a) gumon yuklamasi: na…na… b) kichraytiruv va ta’kid yuklamasi: -u (-yu), -da. Tobe bog‘lanish- bir so‘zning (tobe so‘zning) boshqa bir so‘zga (hokim so‘zga) bo‘ysunishi orqali bog‘lanishi: qizil gul, qushlarning sayrashi. Bir bo‘lakning boshqa bo‘lakka kelishik, shaxs-son, zamon qo‘shimchalari, ko‘makchilar va so‘z tartibi hamda ohang yordamida bog‘lanishiga tobe bog‘lanish deyiladi. Tobe bog‘lanish doimo ikki qismdan iborat bo‘ladi: tobe bo‘lak va hokim bo‘lak. So‘roq bog‘lanib kelgan qism HOKIM, so‘roqqa javob bo‘lib keluvchi qism TOBE BO‘LAK sanaladi. Namuna: qahday odam? Esli Kelishgan chiroyli odam tadbirkor novcha pahlavon Tobe-hokimlik munosabatini yozuvda ifodalash uchun strelkadan foydalaniladi. Strelka nayzasi tushgan bo‘lak – hokim, strelka boshlangan bo‘lak – tobe sanaladi. Tobe bo‘lak hokim bo‘lak bilan kelishik, egalik, shaxs-son qo‘shimchalari , ko‘makchilar va oha yordamida bog‘lanadi. Bunday bog‘lanish ikki xil sintaktik birlikni vujudga keltiradi: a) gap; b) so‘z birikmasi. Shaxs-son qo‘shimchalari yordamidagi bog‘lanish gapni, qolgan vositalar yordamidagi bog‘lanish so‘z birikmasini hosil qiladi. Tobe bo‘lakning hokim bo‘lakka kelishik qo‘shimchasi va ko‘makchilar yordamida bog‘lanishi Kelishiklar va ko‘makchilar sinonimiyasi So‘zlarning tobelanishi asosida bog‘lanishi so‘z birikmalarini hosil qiladi va so‘z birikmasi ikki undan ortiq so‘zdan iborat bo‘lishiga qaramay, bitta tushunchani ifodalaydi: ukamning daftari, tiniq osmon, chiroyli ko‘ylak kabi. Tobe bo‘lakning hokim bo‘lakka kelishik, egalik qo‘shimchalari, ko‘makchilar va tobelantiruvchi ohang yordamida bog‘lanishi so‘z birikmasi deyiladi.So‘z birikmasida doimo ikkita qism bo‘ladi. Ularning bittasi tobe, ikkinchisi esa hokim bo‘ladi. Bog‘lovchi vosita tobe bo‘lak oxiriga qo‘shiladi, budan faqat egalik qo‘shimchasigina hoim bo‘lak oxiriga qo‘shiladi.So z birikmasida tobe bo‘lak oldin, hokim bo‘lak esa keyin keladi. Tobe bo‘lakni hokim bo‘lakka bog‘lovchi vositaning qo‘shilish o‘rni ikki xil bo‘ladi: kelishik, ko‘makchi va ohang tobe qismga, egalik qo‘shimchasi esa hokim qismga qo‘shiladi. Tobe bo‘lak hokim bo‘lakka bir yoki bir nechta kelishik qo shimchalari yordamida bog‘lanishi mumkin. Agar hokim bo‘lak egalik qo‘shimchasidagi ot bilan ifodalangan bo‘lsa, tobe bo‘lak faqat qaratqich kelishigidagi ot bilan bilan ifodalanadi: kitobning muqovasi (muqova nima?-ot). Ba’zan qaratqich kelishigi ifodalanmasa ham, uning izi bilinib turadi: maktab bog‘i, eshik dastasi. Agar hokim bo‘lak belgi bildiruvchi so‘zlar bilan ifodalanib, qiyoslashga asos vazifasini bajarsa, qiyoslanuvchi so‘z chiqish kelishigi orqali bog‘lanadi. Masalan, Oydan go‘zal; hammadan aqlli; akasidan kuchli kabi. Agar hokim bo‘lak fe’l bilan ifodalansa, shu fe’lning ma’no talabiga ko‘ra tobe bo‘lak bir necha kelishik qo‘shimchalari orqali bog‘lanadi. Masalan, uzum ye; uzumni ye; uzumdan ye. Tobe bo‘lak hokim bo‘lakka ko‘makchilar yordamida ham bog‘lanadi. Masalan, Istiqlol uchun kurashmoq. Uy tomon yurmoq. Ba’zan kelishik va ko‘makchi birgalikda qo‘llaniladi. Bunday vaqtda kelishik tobe so‘z oxiriga yoki ko‘makchi oxiriga qo‘shilishi mumkin. Masalan: Dala tomon ketmoq; dala tomonga ketmoq. !!! Tobe bo‘lak hokim bo‘lakka ko‘makchilar yordamida bog‘langanda, ko‘p hollarda kelishik bilan almashinib qo‘llanishi mumkin. Natijada kelishik qo‘shimchalari va ko‘makchilar sinonimiyasi vujudga keladi. Kelishik qo‘shimchalari bilan ko‘makchilar o‘zaro sinonimik munosabatda bo‘lsa ham, ular o‘rtasidama’lum ma’no farqlanishi mavjud. Kelishik qo‘shimchasi yordamida bog‘langanda hokim bo‘lak ifodalagan harakatning chiqish yoki yo‘nalish nuqtasi aniq, ko‘makchi yordamida bog‘langanda esa noaniq bo‘ladi. Solishtiring: Maktabdan chiqdi Maktabga ketdi Maktab tomondan chiqdi Maktab tomonga ketdi Maktab tomon ketdi Maktabga tomon ketdi Tobe bo‘lak hokim bo‘lakka qaratqich kelishigi va egalik qo‘shimchasi yordamida bog‘langanda ikki tomonlama bog‘lanish ro‘y beradi. Tobe bo‘lak qaratqich kelishigi qo‘shimchasini, hokim bo‘lak esa egalik qo‘shimchasini, hokim bo‘lak esa egalik qo‘shimchasini oladi.Bunday bog‘lanishda tobe qism qaratqich, hokim qism qaralmish deb ham nomlanadi. Ko‘pincha qaratqich kelishigi yoki egalik qo‘shimchasi, ba’zan esa har ikkisi ifodalanmaydi. Qaratqich va qaralmish munosabatida qaratqich va egalik qo‘shimchalarining ifodalanishi to‘rt xil ko‘rinishga ega: Bu ko‘rinishlar o‘rtasida ma‘lum mazmuniy va uslubiy farqlanish bor. 1) daftarning varag‘i; 3) bizning ko‘cha; 2) daftar varag‘i; 4) o‘rik sharbati. 1-2-bog‘lanish o‘rtasida aniqlik-noaniqlik ma’nosi bor yoki yo‘qligiga ko‘ra farqlanadi.To‘rtinchi bog‘lanish ko‘proq so‘zlashuv uslubiga xosligi bilan ajralib turadi. Odatda qaratqich kelishigi quyidagi holatlarda tushirib qoldirilmaydi: a) qaratqich bilan qaralmish o‘rtasida boshqa so‘z ishlatilsa: Nigoraning kichik singlisi, esikning chiroyli dastasi; b) qaratqich atoqli otlar va olmoshlar bilan ifodalanganda. Masalan, Ahmadning oilasi, Mening orzuim kabi. Agar hokim bo‘lak sof fe’l bilan ifodalansa va bu fe’l kimni? nimani? qayerni? so‘roqlariga javob bo‘luvcni so‘zni talab qilsa, tobe bo‘lak tushum kelishigida qo‘llaniladi, hokim bo‘lak egalik qo‘shimshasini olgan ot,ba’zan harakat nomi va sifatdosh bilan ifodalansa, tobe bo‘lak qaratqich kelishigida qo‘llaniladi. Qaratqich va tushum kelishik qo‘shimchalari bir-biriga shakl jihatidan juda yaqin. Shuning uchun og‘zaki so‘zlashuvda qaratqich kelishigi o‘rnida ham ko‘pincha tushum kelishigi qo‘shimchasi qo‘llaniladi. Masalan, olmaning sharbati o‘rniga olmani sharbati deyiladi. Natijada, yozuvda ham ko‘pchilik og‘zaki so‘zlashuv ta‘sirida shunday yozib qo‘yadi. Bunday xatodan qutulish uchun hokim so‘zning ifodalanishiga e’tibor berish kerak. So‘zlarning tobelanishi asosida bog‘lanishi so‘z birikmalarini hosil qiladi va so‘z birikmasi ikki va undan ortiq so‘zdan iborat bo‘lishiga qaramay, bitta tushunchani ifodalaydi: opamning kitobi, qizil gul. So‘zlarning teng bog ‘lanishi asosida so‘z qo‘shilmalari hosil bo‘ladi. So‘z qo‘shilmasida har bir so‘z ma’no mustaqilligini, alohida-alohida narsalarni nomlab kelish xususiyatini saqlab qoladi: kitob va daftar, siz bilan biz kabi. So‘z birikmalari ham so‘zlar kabi narsa, belgi, harakatni atashga xizmat qiladi. Lekin so‘z- leksik hodisa, so‘z birikmasi-grammatik hodisa. So‘z birikmasi narsa, belgi yoki harakatni yakka holda emas, balki ikki va undan ortiq so‘zlarning o‘zaro aloqaga kirishuvi orqali ifodalaydi.Masalan, kitob so‘zi bir narsaning umumlashgan oti bo‘lib, yolg‘iz tushunchani ifodalaydi, o‘rtog‘imning kitobi birikmasida esa faqat kitob ma’nosining o‘zi emas, balki o‘rtog‘imga tegishli kitob tushunchasi ifodalanadi. So‘z birikmalarida ma’no, tushuncha ancha aniq va ravshan bo‘ladi. Masalan: nor-erkak tuya, g‘o‘nan-ikki yashar ot, ezma-sergap odam.Shuning uchun lug‘atlarda so‘zning ma’nosini ochib berishda so‘z birikmalaridan foydalaniladi. So‘z birikmasi va ibora. So‘z birikmasida so‘zlar o‘zaro erkin bog‘langan bo‘ladi: tushuncha anglatadi, turg‘un bog‘lanma(ibora)larda esa so‘zlar ma’noviy butunlik uchun birlashgan –yaxlitlangan bo‘ladi va bir leksik ma’no anglatadi. Turg‘un bog‘lanmaga bir so‘z sifatida qaraladi, lug‘atlarda so‘zlar qatorida beriladi, chunki ular ham so‘zlar kabi ma’no ifodalaydi. Masalan, ko‘zini yog‘ bosgan iborasi - mag‘rurlangan, yog‘ tushsa yalagudek iborasi - toza, to‘nini teskari kiyib olmoq iborasi – qaysarlik qilmoq ma’nosini beradi, ammo bu ma’nolarini oddiy emas, obrazli terzda ifodalaydi. So‘z birikmalaridagi so‘zlarni erkin bog‘langani uchun almashtirish mumkin,iboralardagi so‘zlarni almashtirib bo‘lmaydi, ular bir ma’no ifodalash qonuniyati asosida turg‘unlashgan, yaxlitlangan bo‘ladi: bo‘yniga qo‘ymoq(iqror qilmoq), ko‘nglidan o‘tkazmoq(o‘ylamoq), o‘pkasi yo‘q(hovliqma) kabi. So‘z birikmasi va ibora gapda o‘xshash shaklda o‘xshashi mumkin, lekin biri tushuncha, biri leksik ma’no ifodalaydi. Masalan: Hozirgina qizcha ushlab olgan tog‘ kapalagi uchib ketdi (so‘z birikmasi). Uning ahvolini ko‘rdi-yu, kapalagi uchib ketdi(ibora). Quyidagi birikmalarni so‘z birikmasi va ibora sifatida ishlatish mumkin: bo‘yniga ilmoq, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushmoq, qo‘li ochiq, tosh otmoq. Misollar: Shifokor dorini bolaning qulog‘iga qo‘ydi (so‘z birikmasi). Tez qaytib kelishini qulog‘iga quydi (Ibora) Semiz qo‘y go‘shti o‘z yog‘ida qovurildi (so‘z birikmasi). Akbarali vijdon azobida o‘z yog‘ida qovurildi (ibora) So‘z birikmasi va qo‘shma so‘z. So‘z birikmasida ham, so‘zda ham qismlar bir xildagi so‘z turkumlariga oid bo‘lishi, har ikkalasi ham bir xil grammatik shaklga ega bo‘lishi mumkin. Bu ularning shakily o‘xshashligidir. Lekin so‘z birikmasidagi qismlar ma’no mustaqilligini saqlagan bo‘ladi. Qo‘shma so‘z tarkibidagi qismlarning ma’nosi esa saqlanmagan bo‘lib, qo‘shma so‘zning umumiy ma’nosi orqali anglashiladi. So‘z birikmasini tashkil qilgan qismlarning har biriga alohida-alohida so‘roq berish mumkin: kitobni (nimani?)o‘qimoq, uydan(qayerdan?) chiqmoq kabi.Qo‘shma so‘zlarga esa yaxlit savol berish mumkin:kungaboqar(nima?), kamquvvat (qanday?) kabi. So‘z birikmasining qismlari o‘zaro mustaqil so‘z urg‘usini saqlagan bo‘ladi(uyning eshigi, xatni oldim), qo‘shma so‘z esa umumiy bir urg‘uga ega bo‘ladi(oqko‘ngil, bilakuzuk). Qo‘shma so‘zlarning ko‘pchiligi tarixan so‘z birikmalari asosida yuzaga kelgan. So‘z birikmasiga misollar: Dori bosh og‘rig‘ini darrov qoldiradi. Qayerdandir oq qushlar uchib keldi. Rahimjon ma’yus holda so‘ri suyanchig‘iga qo‘l qo‘ydi. Qo‘shma so‘zga misollar: “Boshog‘riqni ko‘paytirmang”,-dedi o‘qituvchimiz. Bola jarohatlangan oqqushni davoladi. Maktab direktori kotiba olib kirgan hujjatlarga qo‘l qo‘ydi. So‘z birikmasi va tasviriy ifoda. So‘zning so‘z birikmalari bilan ifodalangan ma’nodoshlari tasviriy ifodalar yoki parafrazalar deyiladi. Tasviriy ifodalar so‘zning ma’nosini oydinlashtirish, matnni badiiylashtirish, takrorning oldini olish kabi uslubiy vazifalarni bajaradi. So‘z birikmasi va gap. So‘z birikmasi ham, gap ham so‘zlarning Grammatik aloqaga kirishuvidan yuzaga keladi. So‘z birikmasi biror narsa,belgi, harakat yoki holatni anglashtirgan holda anglatadi. Gap esa ma’lum bir fikrni, tasdiq yoki inkor hukmni ifodalab keladi. Gapning markazi kesimdir.U kesimlik qo‘shimchalari bilan shakllangan bo‘ladi. So‘z birikmasi: chiroyi gul, muhandis akam, shirin qovun, g‘azalni yodlash, ko‘chatni o‘tqazish. Gap: gul chiroyli (chiroyli guldir,chiroyli edi). Akam muhandisdir (edi, bo‘ladi). Bu qovun shirin (-dir,edi). G‘azalni yodlaymiz(-ng, dim). Ko‘chat o‘tqazing(-dik, -miz). So‘z birikmasi zanjiri. Gap tarkibidagi bir so‘z birikmasidagi hokim so‘z boshqa bir so‘zga tobelangan, bir hokim so‘z bir necha tobe so‘z yoki bitta tobe so‘z bir necha hokim so‘zga aloqador bo‘lgan hollarda so‘z birikmalari zanjiri hosil bo‘ladi. So‘z birikmasidagi tobe va hokim so‘zlar orasida bir necha boshqa so‘zlar va so‘z birikmalari kelishi mumkin. Masalan, shimoldan esgan shamol so‘z birikmasi zanjirida 2 ta, shimoldan esgan mayin shamol so‘z birikmasi zanjirida 3 ta, uch kundan beri shimoldan esgan mayin shamol so‘z birikmasi zanjirida 5 ta so‘z birikmasi bor. Bitta gap tarkibida bitta yoki ikkita so‘z birikmalari zanjirigina bo‘la oladi. Bu zanjirlar gapning kesimi yoki egasi atrofida birlashadi. So‘z birikmasiga misol: Ahmadjon aka o‘z hayotida esda qoladigan hech nima ko‘rmadi. Ushbu gapda 5 ta so‘z birikmasi mavjud (3 ta fe’lli, 2 ta otli): hech nima ko‘rmadi, esda qoladigan, qoladigan hech nima, o‘z hayotida, hayotida qoladigan. Hech nima ko‘rmadi, esda qoladigan, hayotida qoladigan – fe’lli birikma; Qoladigan hech nima, o‘z hayotida – otli birikma. Hokim so‘z ot, sifat, son,olmosh,ravish bilan ifodalansa, otli birikma; fe’lning ravishdosh va harakat nomi bilan ifodalansa, fe’lli birikma hisoblanadi: O‘quvchilarning hammasi, intizomda birinchi, unda ko‘p, hammadan chiroyli; kitobni o‘qish, ishni bajarib kabi. 3. GAP UNING IFODA MAQSADIGA KO`RA TURLARINI AJRATISH GAPLARNI OHIRIGA QO`YILADIGON TINISH BELGILARI YUZASIDAN TAHLIL QOLIPLARI MASHQLAR.BERILGAN GAPLARNI IFODA MAQSADIGA KO`RA O`ZGARTIRISHGA OID MASHQLAR VATESTLAR. 1. Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari haqida tushuncha. So’slovchi o’z oldiga turli maqsadni qo’yadi. Ma’lum voqea hodisa haqida xabar beradi yoki noma’lum bo’lgan biror voqea hodisa haqida ma’lumot olishni istaydi, yoki tinglovchini biror narsani bajarishga undaydi, yoki shu haqida istak bildiradi, yoki turlicha xis-hayajonni bildiradi. Download 176.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling