1 so`zlarning teng va ergash bog`lanishi (aloqasi),ergash bog`lanishlarning turlari (boshqaruv moslashuv bitishu)yuzasidan tahlil qoliplar va testlar
Kesimning birikmalar va iboralar bilan ifodalanishi
Download 176.99 Kb.
|
китоб уйга фазифа
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kengaygan birikma bilan
- Ot-kesim kesimlik qoshimchalarisiz yoki bog lamasiz qo llanganda
- Gapning egasi yoki kesimi harakat nomi bilan ifodalanib, kesim tarkibida boglama yoki kesimlik qoshimchasi bolmaganda
- Ega bilan kesim bu, u, mana bu sozlari bilan ajratilganda
- Agar ega bilan kesim orasida ham yordamchisi bolsa
- Kesim sifat, son, olmosh, ravish bilan ifodalansa
- GAPLARDA BOSH VA IKKINCHI DARAJALI BO`LAKLAR ANIQLASH VA ULARNI UMUMIY SINTAKSIS TAHLIL QILISH
- AJRATILGAN BO’LAKLAR VA ULARNING TURLARI BELGILASH BUNDAY GAPLARDA TINISH BELGILARINING ISHLATILISHI
- BIR BOSH BOLAKLI GAP UNING TURLARI BOLAKLARGA AJRALMAYDIGAN GAP SO`Z GAP TO`LIQ VA TO`LIQSIZ GAPLARNI ANIQLASH
Kesimning birikmalar va iboralar bilan ifodalanishi
Kengaygan birikma va iboratar yaxlit holda bitta gap bo’lagi bo’lib keladi va o’z ichida boshqa bo’laklarga ajratilmaydi. ibora bilan: dadam qo’li ochiq odam edilar. U birdaniga to’nini teskari kiyib oldi. Birikmalar bilan: respublikamizning eng nufuzli bilim dargohi o’zbekiston milliy universitetidir. Toshkent - o’zbekiston respublikasining poytaxtidir. Kengaygan birikma bilan: vazifamiz - bilim maskanlarida hamisha aio o’qish. Tarixni o’rganishdan asosiy maqsad - milliy o’zligimizni chuqurroq anglash. Komil insonlardagi olijanob xislat - o’tmishni unutmaslik. Ot-kesim va ega orasida tirening ishlatilishi Quyidagi hollarda ot kesim va ega orasida tire qo’yiladi: 1. Ot-kesim kesimlik qo'shimchalarisiz yoki bog 'lamasiz qo 'llanganda: tinchlik - farovon hayot manbai. Mening aytadigan gapim — shu. Uch karra - uch to’qqiz. Ukam - o’quvchi. Aziza -tikuvchi. Yulduz - aiochilarimizdan. Taniganim - do’stlarim. Taniganim - shular. Eshitganlarim - haqiqat. Qoi yugurigi - oshga, til yugurigi - boshga. Yaxshining gapi - moy, yomonning gapi - loy. Odamning oftobi - odamdan ko’radigan mehr-oqibati. Sidiqjon -qarol bola, bu - o’ziga to’q bir odamning qizi. Vatan gadosi - kafan gadosi. Vatan uchun qurbon bo’lganlarning xoki - muqaddasdir. Do’stlik - xalqimizning xulqi, odati, do’stlik - o’lkamizning qudrati, shoni. Boylikning eng yaxshisi - ko’ngil boyligi. , 2. Gapning egasi yoki kesimi harakat nomi bilan ifodalanib, kesim tarkibida bog'lama yoki kesimlik qo'shimchasi bo'lmaganda: o’qish - ulg’ayish. Har narsaga qiziqish - biz uchun eski odat. Maqsadim - o’qimoq. 3. Ega ko’rsatish olmoshi bilan ifodalansa: bu - siz uchun katta sinovdir. Yaxshi niyatli kishilarning ahdi - shu. 4. Eganing ma’nosi ta'kidlab ko’rsatilganda: men - mana shu minglarning biriman. Urush - quyon ovi emas. Sen - bizni ozod etuvchisan. 5. Ega bilan kesim bu, u, mana bu so'zlari bilan ajratilganda: tinchlik - bu sevinchdir, hayotda lazzat, tinchlik -bu totuvlik, har ishda orom. Men tug’ilgan o’lka - u muqaddas. Qozog’iston - bu oltin, kumush. Vatan - u mening jon-u tanim, sajdagohimdir. 6. Ega mantiqiy urg’u olsa: vatanimiz - kelajakda buyuk davlat boiadi. Ega bilan kesim orasida quyidagi hollarda tire qo’yilmaydi: 1. Agar ega bilan kesim orasida ham yordamchisi bo'lsa: olma ham meva. Bular ham a’lochi. Mening opam ham talaba. Sharifa ham to’quvchi. 2. Kesim shaxs qo 'shimchasini olsa yoki yuklama bilan birikib kelsa: bu ishni bajaruvchi sensan. Yuragi qalam-u, qog’ozi-keng yer. A’lochilaringiz salimjonmi? 3. Kesim sifat, son, olmosh, ravish bilan ifodalansa: yurtimiz obod. Ona tilidan yuqori baho olgan talabalar soni yigirma beshta. 6. IKKINCHI DARAJALI BO`LAKLARI ANIQLAB TURLARGA AJRATISH YUZASIDAN MASHIQLAR TO`LDIRUVCHI ANIQLOVCHI ULARNING TURLARI IFODALANISHI USTIDA TAHLIL QOLIPLARI MASHQLAR VA TESTLAR To'ldiruvchi, uning turlari va ifodalanishi Gapdagi biror bo'lakni to'ldirib, unga boshqaruv yo'li bilan tobe holatda bog'langan bo'lak to'ldiruvchi deyiladi. To'ldiruvchi asosan fe'l-kesimga bogTanadi: Men bu gggnj pkgmdqn eshitdim. To'ldiruvchi ikki xil bo'ladi: 1. Vositasiz to'ldiruvchi harakatni o'ziga qabul qilgan, harakat bevosita o'ziga o'tgan predmetni bildiradi va kimni? nimani? qayerni? so'roqlariga javob boiadi. Bu to'ldiruvchi harakatni butunlay o'ziga qabul qilgan predmetni bildirib, quyidagicha ifodalanadi: ot bilan: Yosh havaskorlar gshidguizavq bilan aytdilar. olmosh bilan: Sizni_ chaqirishyapti. otlashgan so'zlar bilan: otlashgan sifat bilan: Yaxshjni maqtasang'yarashadi. otlashgan son bilan: Uchn[ nchga ko 'paytiring. otlashgan sifatdosh bilan: Bojinganm boYi~yer^^^ otlashgan ravish bilan: Ko_'pmi sizdano'rgangan. otlashgan taqlid so'z bilan: Etigining glgrch_-giujchjni eshitdi. otlashgan undov so'z bilan: Ottvohjm hech kirn eshitmasin. h) otlashgan modal so'z bilan: Bgrjni sarfladi. 4) ibora bilan: O'ziga birovning oz-moz tjltegizishini ko 'tarmasdi. 5) so'z birikmasi bilan: Sen_kxyrganni n ham ko'rgan. Vositasiz to'ldiruvchi tushum kelishik qo'shimchasiz ham qo'llanadi: O'quvchilar hozir kjtob. o'qishyapti. Vositasiz to'ldiruvchi ba'zan chiqish kelishigidagi so'z bilan ham ifodalanadi, bunda u harakatni qisman o'ziga qabul qilgan predmetni ifodalaydi: Qarii, pshdqixoling! 2. Vositali to'ldiruvchi kimga? nimaga? kimda? nimada? kimdan? nimadan? kirn bilan? nima bilan? kirn haqida? kabi so'roqlarga javob bo'ladi va quyidagicha ifodalanadi: ot bilan: Xatni qalqmdqyozdi. olmosh bilan: Ravshan sengq gapirdi. otlashgan so'zlar bilan: otlashgan sifat bilan: Yaxshigqyondash, yomondan qoch. otlashgan son bilan: Beshdan ikkini ay Irish kerak. otlashgan sifatdosh bilan: Aytgajnjmgg ko 'nishmadi. otlashgan ravish bilan: Kgmjgq uzr so 'raymiz, j)otlashgan taqlid so'z bilan: Zambaraklaming gwnbwzgMPlkMfigff. quloq soldi. g) otlashgan undov so'z bilan: Uning dod-yqyjgq quloq solmadi. h) otlashgan modal so'z bilan: Borjgq shuhir qilish kerak. 4) ibora bilan: Qg'zibq'shga ishonib bo 'Imaydi. 5) so'z birikmasi bilan: Kechg_kelnuiggnlgrgq xabar berish kerak. Aniqlovchi, uning turlari va ifodalanishi Gapdagi biror bo'lakning belgisini yoki bir narsa-buyumning boshqasiga qarashii ekanligini bildirgan bo'lak aniqlovchi deyiladi. Aniqlovchi gap ichida har doim otga yoki otlashgan so'zga bog'lanadi: Msyda qor yog'yapti Qoyunnjngog'iri, taryiiznijjgyengili shir in bo'ladi. Aniqlovchi gap ichida egaga ham, kesimga ham, to'ldiruvchiga ham, holga ham tobe bo'la oladi. Qpgog mashina keng ko'chada agxbatdagi chorrahani kesib o 'tmoqda edi. Toshkentjuda chiroylijhahar. 7. GAPLARDA BOSH VA IKKINCHI DARAJALI BO`LAKLAR ANIQLASH VA ULARNI UMUMIY SINTAKSIS TAHLIL QILISH Har bir til minglab til birliklariga, leksemalarga ega. Leksemani alohida yoki bir sinfga jamlab ma`lum bir yoki umumiy harakterlarini o`rganish zarur. So`zlar lug`aviy ma`nolari, morfologik belgilari gapda o`zaro farqlanuvchi turli guruhlarni tashkil qiladi. So`zlarning lug`aviy va grammatik jihatdan farqlanishiga ko`ra turli guruhlarga bo`linishi so`z turkumlari deyiladi. Olimlar grammatika sohasida so`z turkumlarini ikki ming yildan beri o`rganib kelayotgan bo`lsalarda hali ham belgilangan xulosaga kelgani yo`q. Hozirgi kun grammatikalarida so`zlarni turkumlarga ajratishda asosan besh belgi: so`zning leksik-grammatik ma`nosi; so`zning grammatik shakli; so`zning sintaktik vazifalari; so`z yasovchi morflar; so`zning distributsiyasidan foydalaniladi. Yuqoridagi prinsiplarga asoslanib, ingliz tilida so`z turkumlari quyidagicha belgilangan: Ot (noun) 2. Sifat (adjective) 3. Olmosh (pronoun) 4. Son (numerals) 5. Fe`l (verb) 6. Ravish (adverb) 7. Holat kategoriyasi ( the statives) 8. Modal so`zlar (modal verbs) 9. Predloglar (prepositions) 10. Bog`lovchi (conjunction) 11. Yuklama (particles) 12. His – hayajon so`zlar (interjection) 13. Artikl (articles) 14. Undov so`zlar (response words). Ko`p olimlar so`z turkumlari haqida ta`kidlab o`tgan. V . V. Vinogradov rus tilida ot, sifat, olmosh, son, fe`l, ravish va holat kategoriyasini asosiy so`z turkumlari va to`rtta: yuklama, bog`lovchi, predlog va undov so`zlarni yordamchi so`z turkumlariga ajratib ko`rsatgan. H. Svit esa so`zlarni ikki guruhga ajratib o`rganadi: 1. Full words 2. Empty words Svitning fikriga ko`ra the, is kabi so`zlar faqat formaga ega, ular gapda ma`no anglatmaydi1. Boshqa bir guruh olimlar esa funksional so`zlar haqida bahs yuritadilar. D. Braun, S. Braun, D. Beyli kabi olimlar yodamchi fe`llar, predloglar va artikllarni funksional so`zlar deb ataydilar. V. Jigaldo, I. Ivanova, I. Iofik kabi boshqa bir guruh olimlar predloglar, bog`lovchilar, yuklamalar va artikllarni yordamchi so`z turkumlari sifatida mustaqil (notional) so`z turkumlaridan ajratadilar.2 I . A. Krutnikovning ta`kidlashicha, so`zlarni guruhlarga ajratish ularning ma`nosiga bog`liq3. Masalan, ushbu ikki gapni ko`raylik. -He grows roses va -He grows old. Birinchi gapdagi grows fe`li harakatni anglatadi “ o`stiradi”. - What does he do? - He grows roses. Ikkinchi gapdagi grows fe`lida harakat ma`nosi juda kuchsiz. grows fe`li bu gapda bog`lovchi so`z bo`lib, shaxsga nisbatan “ qarimoq” ma`nosini beradi. Yordamchi so`zlar kamdan-kam yoki umuman gap bo`lagi bo`la olmaydi. Ta`rifdan ko`rinib turibdiki mustaqil so`z turkumlaridan farqlanganda, qiyoslanganda predloglar, bog`lovchilar, artikllar va yuklamalar yordamchi so`z turkumi sanaladi. Tabiiyki biz yuqorida sanab o`tgan o`n to`rtta so`z turkumlarini doimiy deb ayta olmaymiz. H. Svit zamonaviy ingliz tilida ot, sifat, son, fe`l va yuklamalarni so`z turkumlari sifatida ta`kidlagan bo`lsa, O. Jesperson esa ot, sifat, fe`l, olmosh va yuklamalarni sanab o`tadi3. Yuqoridagi olimlarimiz fikrlarini ko`rib chiqar ekanmiz tilda nechta so`z turkumi bo`lishidan qat`iy nazar, grammatika ularni bir nechta leksiko- grammatik sinflarga - mustaqil va yordamchi so`z turkumlariga ajratadi. So`zlarni turkumlarga ajratilishida quyidagi uchta xususiyat asos bo`ladi: Ma`no (meaning ) Tuzilish (form ) Vazifa (function ) So`zlar ifodalaydigan lug`aviy ma`no turkumlarga ajratishdagi muhim belgidir. Masalan: house ( uy ), garden ( bog` ), chair ( stul ) so`zlari borliqdagi predmetlarni anglatadi. Ularning nomi ekanligi bilan xarakterlanadi. Bir qator so`zlar narsa- buyum, voqea – hodisaning belgisini, rangini, shaklini, hajm – o`lchovini ifodalaydi. Masalan : red ( qizil ), blue (ko`k), interesting ( qiziqarli), round ( yumaloq ), shuningdek bir qator so`zlar predmetning ish – harakatini anglatsa went ( bordi ), read ( o`qidi ), ayrim so`zlar ish – harakatning belgisini bildiradi fast ( tez ), slowly ( sekin ). So`z ma`nolarida mavjud bo`lgan bu xususiyatlar ularni turkumlarga ajratishdagi muhim belgidir. Turkumlarga ajratishdagi ikkinchi va uchinchi xususiyat so`zning shu ma`no tomoni bilan bog`liq ravishda yuzaga keladi. Bitiruv malakaviy ishim mavzusini o`rganish jarayonida darsliklar, adabiyotlar bilan tanishar ekanman, so`z turkumlari olimlar o`rtasida bahsga sabab mavzu bo`lib kelayotganligini kuzatdim. Masalan , akademik A. A. Shaxmatov so`z turkumlari grammatikaning sintaksis bo`limiga kiritishni ta`kidlaydi.4 Shundan ko`rinadiki, so`z turkumlari sintaktik muammolari bilan morfologiya bo`limida o`rganiladi. So`z turkumlarini ajratishda morfologik belgi muhimdir. Bu xususiyat so`z turkumlariga maxsus qo`shimchalar tizimi mavjudligini, ularni asosan shu turkumga asoslanganligini ko`rsatadi. Masalan: ot so`z turkumi ko`plik , kishilik qo`shimchalariga ega bo`lganidek, boshqa turkumlardan farqli ravishda ularda kichraytirish – erkalash shakllari ham bor. Shunga ko`ra otlar ko`plikda keladi, predmetning kimga qarashliligini bildiradi. Fe`l so`z turkumida morfologik ko`rsatkichlar boshqacha: zamon, mayl, nisbat, shaxs – son kabi shakllar fe`lning o`ziga xosligini ta`minlaydi. So`z turkumlariga ajratishdagi belgilardan biri so`zning gapdagi sintaktik vazifasi bilan ham bog`liq. Masalan, ot o`z ma`nosidan kelib chiqqan holda gapda asosan ega bo`lib keladi. Sifat esa belgini ifodalab, gapda aniqlovchi bo`lib keladi. Sintaktik jihatdan biror gap bo`lagi vazifasida kelish muayyan so`z turkumi uchun qotib qolgan emas. Deylik sifat aniqlovchi vazifasida kelar ekan, bu sifatlarning boshqa sintaktik vazifa bajarmasligini ko`rsatmaydi. Sifatlar gapda to`ldiruvchi, otlashganda esa ega bo`lib ham keladi. Ko`rinadiki, so`z turkumlarining sintaktik mos holda asosan qaysi bo`lak kelishi bilan bog`lanadi. So`zlarni turkumlab, morfologik va sintaktik xususiyatlarini o`rganar ekanmiz, ingliz tilida so`zlar yuqorida sanab o`tilgan uch belgisiga ko`ra quyidagi guruhlarga bo`lish mumkin: Mustaqil so`zlar. Yordamchi so`zlar. Oraliq so`zlar. Lug`aviy va grammatik ma`noga ega bo`lib, gapda biror bir gap bo`lagi vazifasini bajaradigan so`zlar mustaqil so`zlardir. Mustaqil so`zlarda yuqorida sanab o`tilgan har uchala xususiyat ham u yoki bu darajada mavjud. Mustaqil so`zlar quyidagilardir: ot, sifat, son, olmosh, fe`l, ravish. Lug`aviy ma`noga ega bo`lmagan so`z va gaplarni o`zaro bog`lash, ularga qo`shimcha ma`no berish uchun ishlatilib, gapda biror gap bo`lagi vazifasida qo`llanilmaydigan so`zlar yordamchi so`zlar deiladi. Yordamchi so`zlarga predloglar, bog`lovchilar, yuklamalar kiradi. Masalan: under ( tagida ), for ( uchun ), but (ammo ) so`zlarini aytganda hech narsa tushunmaymiz. Biroq til tizimida bu so`zlarning ham o`ziga xos o`rni bor. Ular so`z va gaplarning o`zaro munosabatlarini uyushtiradi, so`z va gaplarni o`zaro bog`laydi. So`zlarga ba`zan qo`shimcha ma`no bo`yog`I beradi. Shunga ko`ra, yordamchi so`zlar ham til tizimida o`ziga xos xususiyatlari bor bo`lgan so`zlardir. 8. GAPNING UYUSHIQ BO'LAKLARI NI QANDAY BO`LAK UYUSHGANINI ANIQLASH UYUSHIQ BO`LAKLARINING SHAKILLANISHI Uyushiq bo`lakli gaplarda ba’zan umumlashtiruvchi birliklar ham qatnashadi. Ular uyushuvchilarni jamlab ko`rsatadigan so`z va so`z birliklari bo`lib, uyushiq bo`lakdan oldin yo keyin keladi. Uyushiq bo`lakdan oldin kelgan umumlashtiruvchilar odatda izoh talab qiladi. Uyushiq bo`lakdan keyin kelgan umumlashtiruvchilar esa yakunlash, xulosalash xususiyatiga ega bo`ladi. Masalan: Hamma narsa: uylar, devorlar, daraxtlar qorong`ulikka jimgina cho`kdi. (Oybek). Ko`cha – ko`y ham, dala ham, qishloq ham - hammasi mendan Ma’sudani so`roqlayotganday bo`ladi. (P.Qodirov). Uyushiq bo`lakli gaplarda xilma–xil tinish belgilari qo`llaniladi. Uyushuvchilar o`zaro bog`lovchisiz (faqat sanash intonatsiyasi bilan); zidlov bog`lovchilari, takrorlanuvchi bog`lovchilar; bog`lovchi vazifasidagi yuklamalar yordamida aloqaga kirishganda, ular orasiga vergul qo`yiladi. Masalan: Qashqardaryo, Surxondaryo, Namangan, Samarqand viloyatlarida bo`lsangiz, 500-600 yillik chinorlarni ko`rasiz. (A.Aminov). U doktorlarga goh zug`um qilib, goh yaxshi gapirib statsionardan chiqdi. (S.Ahmad). Uyushuvchilar o`zaro va, hamda, bilan biriktiruv bog`lovchilari orqali, shuningdek, yakka ayiruv bog`lovchilari yordamida aloqaga kirishganda, ular orasiga vergul qo`yilmaydi: Anhorda suv sokin va ulug`vor oqardi. (F.Musajonov). Salim ota bilan yigitlar mehmonni ... kuzatib tashqariga chiqishdi. (S.Karomatov). Uyushiq bo`lakli gaplarda umumlashtiruvchi birliklar uyushuvchilardan oldin kelsa, shu birlikdan so`ng ikki nuqta qo`yiladi: Hamma erda: uylarda, ko`chalarda ivirsib yotgan xazon yuzi ertalab qirovdan ... oppoq bo`lib qoladi. (Oybek). Umumlashtiruvchi birliklar uyushuvchilardan so`ng kelganda, undan oldin tire qo`yiladi: Kishilar, xotinlar, bolalar – kutib oluvchilar vagon bo`ylab chopdilar. (R.Fayziy). Gapning ajratilgan bo`laklari Sodda gap tarkibida ayrim hollarda ajratilgan bo`laklar ham qatnashishi mumkin. Ajratilgan bo`laklar odatda o`zlari aloqador bo`lgan so`zlarning ma’nosini izohlab, bo`rttirib, aniqlashtirib keladi va boshqa bo`laklardan maxsus to`xtam (pauza) bilan ajratilib, mantiqiy urg`u oladi. Masalan: Soyda, qo`sh yong`oqning tagida, oppoq qorga ko`milib uzoq turdi. (O.YOqubov). Ish qanchalik qiyin bo`lmasin, biz, ayniqsa yoshlar, ishtiyoq bilan, g`ayrat va shijoat bilan ishlardik. (CH.Aytmatov). Birinchi gapda «qo`sh yong`oqning tagida» o`rin holi o`zidan oldin kelgan «soyda» so`zining ma’nosini, ikkinchi gapda «yoshlar» o`zidan oldin kelgan «biz» so`zining ma’nosini izohlab, asosiy gap bo`laklaridan to`xtam (pauza) bilan ajratilgan. Ajratilgan bo`laklarning ham ikkisi ham oddiy gap bo`lagi shaklida qo`llangan. Ajratilgan bo`laklar oborot shaklida ham bo`lishi mumkin. Masalan: Vohid Mirobidov-ku, uning achchiq kinoyalarini kulgiga olib, qulog`ining yonidan o`tkazib yubordi. (O.YOqubov). Keltirilgan gapda «uning achchiq kinoyalarini kulgiga olib» ravishdosh oboroti kesimdan anglashilgan ish-harakatning qanday holatda bajarilganini ta’kidlab, alohida ohang yordamida ajratilgan. Demak, ajratilgan bo`laklar ikki xil shaklda: 1) oddiy gap bo`lagi shaklida va 2) oborot shaklida bo`lishi mumkin. Ajratilgan bo`laklar qaysi gap bo`lagiga oid ekanligiga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi: 1. Ajratilgan aniqlovchilar. 2. Ajratilgan izohlovchilar. 3. Ajratilgan to`ldiruvchilar. 4. Ajratilgan hollar.
Ajratilgan aniqlovchilar Ajratilgan aniqlovchilar ikki xil: ajratilgan sifatlovchi, ajratilgan qaratuvchi. Ajratilgan sifatlovchi predmetning belgisini bo`rttirib ko`rsatish uchun ajratiladi. Masalan, «Muxtor, yalangbosh, majnuntollar tagida aylanib, xayol surib yurardi». (S.Soliev) gapida «yalangbosh» sifatlovchisi shaxsning («Muxtor») belgisini bo`rttirib berish uchun sifatlanmishdan keyin keltirilgan. Ajratilgan qaratuvchi. Bunda qaratuvchi o`zidan oldin kelgan boshqa bir qaratuvchini izohlash, aniqlashtirish yo`li bilan ajratiladi. Masalan: To`g`ri, uning yozganlari, aniqrog`i, mashinistkaga aytib turib, qog`ozga tushirganlarining aksari mazmunan sayoz bo`lar, oldingilarini takrorlardi. (T.Po`lat). Bu gapda «aniqrog`i, mashinistkaga aytib turib, qog`ozga tushirganlarining» aniqlovchisi, o`zidan oldin kelgan qaratuvchining («yozganlari» so`zining) ma’nosini izohlab, bo`rttirib kelgan. Ajratilgan izohlovchilar
Izohlovchilar ko`pincha ajratilgan bo`ladi. Bunda ular izohlanmishdan keyin kelib, maxsus intonatsiya bilan talaffuz qilinadi. Masalan: Siz, Sunnatillo, o`zingiz juda aqlli, o`zi uzoqni ko`radigan odamsiz. (S.Soliev). Ko`rimsizgina jangchi – Ali tajang ... kelib o`zbekcha cho`kkaydi. (Oybek). Minbarni institutni oldinroq bitirganlar - yuqori kurs studentlari egalladi. (J.Abdullaxonov). Ajratilgan hollar Ajratilgan hollar shakllari jihatdan ikki xil bo`ladi: I. Oborot shaklidagi ajratilgan hollar. II. Oddiy gap bo`lagi shaklidagi ajratilgan hollar. Oborot shaklidagi ajratilgan hollar o`z navbatida uchga bo`linadi: 1. Ravishdosh oboroti shaklidagi ajratilgan hollar. 2. O`xshatish oboroti shaklidagi ajratilgan hollar. 3. Ko`makchili qurilma oboroti shaklidagi ajratilgan hollar. Ravishdosh oboroti shaklidagi ajratilgan hollar. Ravishdosh o`ziga oid so`zlar bilan kengayib keladi va bunday qurilma ravishdosh oboroti deb yuritiladi. Ravishdosh oboroti, odatda, ajratilgan bo`ladi. Masalan: Odamlar, qondan to`kilgan yong`oqday gurr etib, hamma vagonlardan baravariga perronga yopirilishdi. (T.Po`lat). Ravishdosh oboroti shaklidagi ajratilgan hollar ish-harakatning bajarilish holatini, paytini, shartini, sababini va shu kabi ma’nolarni ifoda etadi. Masalan: Bola, olmani eb bo`lgach, hola cho`pni qo`liga oldi. (A.Muxtor). O`xshatish oboroti shaklidagi ajratilgan hollar. –day, -dek qo`shimchasini olib kelgan so`zlar ham kengayib ajratilishi mumkin. Masalan: Bu zavoda, hamma zavodlardagidek, oshxonada ilg`orlar stoli alohida. (A.Qahhor). Ko`makchili qurilma oboroti shaklidagi ajratilgan hollar. Ko`makchili qurilma shaklidagi hollar kesimdan uzoqda kelib, o`zlariga oid so`zlar bilan kengayib, gapning boshqa bo`laklaridan ajratilishi mumkin. Bunda qurilma qarshi, singari, kabi, tufayli, yarasha, holda kabi ko`makchilar bilan shakllanadi. Masalan: Nozik, oppoq bilagini daraxtga cho`zgan holda, qorayib pishgan shotutdan og`ziga tashlar ekan, tebrandi. (H.G`ulom). Ko`makchili qurilma oboroti shaklidagi ajratilgan hollar turli holatni, o`xshatishni ifodalaydi. Oddiy gap bo`lagi shaklidagi ajratilgan hollar o`zidan oldin kelgan holning ma’nosini izohlaydi. Uning so`rog`i, vazifasi izohlanayotgan holning so`rog`i va vazifasiga teng bo`ladi. Bunda ko`pincha payt va o`rin hollari ajratiladi. Ajratilgan o`rin holi: Qishloqdan bir qir narida - behisob qizg`aldoqlar dalani qizartirib, xiyol chayqalib turgan joyda - hulkar o`t o`rardi. (P.Qodirov). Oyko`l qishlog`ining o`rtasida, buloq bo`yida, usta Qambar bilan Norboy ota shunaqa ustundan uchtasini tiklashgan. (P.Qodirov). Ajratilgan payt holi: Ertaga, yigit, seni kuzatganim zahoti, orqamga qaytaman. (P.Markov). Ajratilgan to`ldiruvchilar Ajratilgan to`ldiruvchilar shakllanishiga ko`ra ikki xil bo`ladi: 1. Ko`makchili qurilma oboroti shaklidagi ajratilgan to`ldiruvchilar. 2. Oddiy gap bo`lagi oboroti shaklidagi ajratilgan to`ldiruvchilar. Ko`makchili qurilma oboroti shaklidagi ajratilgan to`ldiruvchilar kesimdan uzoqda kelib, qaraganda, ustiga, singari, bilan birga va shu kabi ko`makchilar yordamida shakllanadi: Oddiy gap bo`lagi shaklidagi to`lidiruvchilar, o`zidan oldin kelgan to`ldiruvchining ma’nosini izohlaydi, unga aniqlik kiritadi. Bunda vositasiz to`ldiruvchi ham, vositali to`ldiruvchi ham ajratilishi mumkin. Masalan: Sizga, o`rta bo`yli qizga, atlas ko`ylak juda yarashibdi. (YO.SHukurov). Bu norozilik, hech shubhasiz, uning dadasiga, Onaqo`ziga qarshi qaratilgan edi. (O.YOqubov). Bunday qarasa, biri – dadasining o`z qo`li bilan yozilgan xat, ikkinchisi dadasi xizmat qilayotgan qism komandiri – polkovnik tomonidan yozilgan xat ekan. (H.Nazir). Ana shu sanoqli kishilar orasida operatsiyaning harbiy jihatini – etkazib berishni ta’minlagan kapitan ham bor edi. (A.CHakovskiy). Ajratilgan bo`laklarda tinish belgilarining ishlatilishi Ajratilgan bo`laklarda tinish belgilari quyidagicha ishlatiladi: 1. Ajratilgan bo`laklar, odatda, vergul bilan ajratiladi. Masalan: Biz, tibbiyot xodimlari, xalqqa jon-dildan xizmat qilamiz. (S.Soliev). 2. Ajratilgan bo`laklarning tarkibi keng bo`lsa yoki uning ichida verguli bo`lsa, bunday ajratilgan bo`laklar tire bilan ajratiladi. Masalan: Kotiba qiz – Ulfatoy o`rta bo`yli, oq yuzli, yonoqlari loladay, qop-qora qosh-ko`zli ayol – choynakda choy ko`tarib kirdi... (S.Soliev). 9. AJRATILGAN BO’LAKLAR VA ULARNING TURLARI BELGILASH BUNDAY GAPLARDA TINISH BELGILARINING ISHLATILISHI Sodda gaplar tarkibida ba'zan ajratilgan bo'laklar ham qatnashish mumkin. Gapning ajratilgan bo'laklari o'zlari aloqador bo'lgan so'zlarning ma'nosini izoxlab, konkretlashtirib keladi va ular boshqa bo'laklardan maxsus pauza bilan ajratilib, logik urg'u oladi. Masalan: 1. Biz dam olish kuni ertalab shahardan tashqarida, biz suv bo'yiga chiqdik (O.YO) 2. Konvert ichidagi adresga, tanish va qadrli xusni xatga tikilgancha xayolga cho'mdi. 3. Axir uning, Voxidjonning ham o'ziga yarasha obro'si, yigitlik izzat-nafsi borku! (O.YO) Bu har uchala misolda ajratilgan xol (birinchi gap), ajratilgan to'ldiruvchi (ikkinchi gap), ajratilgan aniqlovchi (uchinchi gap) ifodalangan. Bazan ajratilgan bo'laklar oborot formasida bo'lishi ham mumkin. Masalan: Musoaffo osmondagi yulduzlar singari, bexisob elektr lampochkalari kechani kunduzdek yoritib turibdi. (“Ishonch” gaz.) yoki: Nargiz Gullar bog'ining hayotbaxsh tongini yaratib, pokiza sevgi haqida kuylaydi. Birinchi gapda ko'makchili kostruksiya formasidagi oborot (musaffo osmondagi yulduzlar singari), ikkinchi gapda ravishdosh oborot (gullar bog'ining hayotbaxsh tongini yangratib) kesimdan anglashilgan ish harakatning qanday holatda bajarilganligini ta'kidlab, aloxida intonasiya yordamida ajratilyapti. Ko'rinadiki ajratilgan bo'laklar, oddiy tgap bo'lagi formasida kelgani kabi turli oborot formasida ham bo'lishi mumkin. Ajratilgan bo'laklar 3 xil bo'ladi: 1. Ajratilgan to'ldiruvchi. 2. Ajratilgan aniqlovchi. 3. Ajratilgan xol. Ajratilgan to'ldiruvchilar ikki xil: 1. Ko'makchili konstruksiya oboroti formasidagi ajratilgan to'ldiruvchi. 2. Oddiy gap bo'lagi formasidagi ajratilgan to'ldiruvchilar Ko'makchili kostruksiya oboroti formasidagi ajratilgan to'ldiruvchi kesim yonida kelmaydi. To'ldiruvchilarning ajratilishida qaraganda, ustiga, tashqari, ilgari, bilan birga va shu kabi ko'makchi vazifasida kelgan so'zlar ishtirok etadi. Qaysi ko'makchi yoki ko'makchi vazifasidagi so'z bilan kelishiga qarab ajratilgan to'ldiruvchilar quyidagi ma'nolarni ifoda qiladi. Masalan: Tashqari ko'makchisi bir predmetni boshqasidan ajratib ko'rsatsa, qaraganda, ko'makchilar predmetlarni qiyos qilishda yordam beradi, bilan, ustiga, ko'makchilar esa ma'noga ikkinchi ma'noning qo'shilishi ko'rsatdi. Masalan: 1. Usta amaki o'ymakorlikdan bo'lak, boshqa ustaxonalar uchun qog'ozga naqsh va gullar ham chizib beradi. (S.A) 2. Qamishkapaliklar odamlarni nomlari bilan atashdan ko'ra xususiyatlari bilan ta'kidlashni afzal ko'radi. (P.T) 3. Men o'qishimni davom ettirish bilan birga, kechki smenada ishlab ham turibman. Oddiy gap bo'lagi formasidagi to'ldiruvchilar Bu xil to'ldiruvchilar o'zidan oldingi to'ldiruvchining ma'nosini izoxlaydi, unga aniqlab kiritadi, boshqa turdagi ajratilgan bo'laklar kabi, uziga xos intonasiyaga ega bo'ladi. Vositasiz to'ldiruvchilar ham, vositali to'ldiruvchilar ham ajratiladi. Ajratilgan vositasiz to'ldiruvchilar 1. Endi ular faqat birgina saylni-dushman ustidan g'alaba qilingan kun tantanasini umid qiladilar. 2. Qaynotangni, Zunnunxo'jani, oldin ham ko'rganmiding? Ajratilgan vositali to'ldiruvchilar 1. U oilasi bilan-xotini, chaqaloq qizi, o'n besh yoshli singlisi bilan, Oltiariqqa ko'chib bordi. (E.V) 2. Bektemirga, sobiq sodda cho'ponga, komandiring g'oyat yoqdi. Ajratilgan to'ldiruvchi bilan ajratilmish to'ldiruvchi bir xil grammatik shaklda bo'lib, bir xil so'roqqa javob bo'ladi. Bu jixatdan uyushiq bo'laklarga o'xshaydi. Biroq bularda intonasiyada o'ziga xos pauza bo'ladi. Oddiy gap bo'lagi formasidagi ajratilgan to'ldiruvchilar o'zlari izoxlab kelayotgan to'ldiruvchilar bilan, ya'ni, shu jumladan, masalan, kabi, yordamchi so'zlar orqali bog'lanishi ham mumkin. Masalan: Jahon kitobxonalari qirg'iz yozuvchisi, ya'ni Chingiz Aymatovni yaxshi biladi, yoki: Bu xabar ko'plarni, shu jumladan, Maxkamni ham, juda quvontirdi. (P.K) Ajratilgan aniqlovchilar uch xil bo'ladi: 1. Ajratilgan sifatlovchi. 2. Ajratilgan qaratuvchi. 3. Ajratilgan izohlovchi. Ajratilgan sifatlovchi predmetning belgisini bo'rttirib ko'rsatish maqsadida ajratiladi. Ajratilgan sifatlovchilar sifatlanmishdan keyin kelsa ajratilgan sanaladi. Masalan: Ma'lum bo'lishicha u, ya'ni universitet domlasi dosent Obidov, bir necha yillardan beri biologik metodi ustida ish olib bormoqda ekan. (O.YO) Ajratilgan aniqlovchilar, ya'ni sifatlovchi odatda birikma yoki uyushgan xolda keladi. Masalan: Qo'chqarov-do'ng peshona, qirra burun, ko'krakdor, polvontaxlit yigitcha-kichkina tuman gazetasiga ko'z tikib o'tirardi. Bunda predmetning belgisini bo'rttirib berish uchun sifatlanmishdan keyin keltirilgan. Ayrim paytda yakka kelgan sifatlovchilar ham ajratilishi mumkin. Masalan: Saxarlab mardikorlar, yalang oyoq . . . bozorga, ishga, chopdilar. Ajratilgan qaratuvchi. Bunda qaratuvchi o'zidan oldin kelgan boshqa bir qaratuvchini izoxlash, konkretlashtirish yo'li bilan ajratiladi. Masalan: Bu dugonamning, Xalimaning, ro'moli. Yoki: O'sha otga mana bu bolaning, Xudoyberdining, ishki tushib qolgan. (M.A) Ajratilgan izoxlovchilar. Izoxlovchilar ko'pincha ajratilgan bo'ladi. Bunda ular izoxlanmishdan keyin kelib, maxsus intonasiya bilan talaffuz qilinadi. Masalan: Dadang-bizning qadrdon do'stimiz-hamisha qalbimizda yashaydi. Izoxlovchi o'ziga oid so'zlar bilan kengayib kelsa, uning ajratilganligi tez payqaladi. Masalan: Denisov-dehqonlar orasida ko'p yurgan sobiq irrigator sodda, odamshinavanda lekin talabchan, haqiqatchi edi. (O) Ajratilgan xol o'z formalariga ko'ra ikki xil. 1. Oborot formasidagi ajratilgan xol. 2. Oddiy gap bo'lagi formasidagi ajratilgan xol. Oborot formasidagi ajratilgan xol. Oborot formasidagi ajratilgan xol o'z navbatida uchga bo'linadi. 1. Ravishdosh oboroti formasidagi ajratilgan xol. 2. O'xshatish oboroti formasidagi ajratilgan xol. 3. Ko'makchi konstruksiya oboroti formasidagi ajratilgan xol. Ravishdosh oboroti formasidagi ajratilgan xol. Ravishdoshlar o'ziga oid so'zlar bilan kengayib kelishi mumkin. Bular ravishdosh oboroti deyiladi. Ravishdosh oboroti odatda ajratilgan bo'ladi. Masalan: 1. Shu payt ikki “Pobeda” birin-ketin signal berib, boqqa kirib keldi. (S.N) 2. Dilmurod ko'zlarini yerdan olmay, sekin-sekin odimlab boryapti. 3. Biz institutdan qaytgach, bir oz dam oldik. Ravishdosh oboroti quyidagicha ma'noni ifodalaydi. 1. Ish-harakatning bajarilish xolati. Masalan: a) Mavlon ota uzoq-uzoqlarga tikilib, roxatlanib nafas oldi. (S.N) b) Kanizak o'tirgan odamlarni oralib narigi tomonga o'tib ketdi. (A.K) 2. Ish-harakatning bajarilish payti. Masalan: a) Botir mehmonlar bilan salomlashib, ayvonli uyga o'tdi. (S.N) b) Ekskursantlar manzilga yetguncha, bir necha doyda dam oldilar. 3. Ish-harakatning bajarilish shartini. Masalan: Dunyoni tanimay, dunyo kishisi bo'lmaysizlar. 4. Ish-harakatning bajarilish sababini. Masalan: a) Bo'taboy cholning kallasida nima borligini bilolmay, ancha vaqtgacha u yoqqa-bu yoqqa to'lg'onib uxlayolmadi. (S.A) b) Akmal aka paxtazordan ko'nglini uzolmay, sanatoriyadan ham vaqtidan ilgari ketdi. 5. Ma'noni. Masalan: Ochiq derazadan kirgan salqin shabadaga qaramay, har ikkisining peshonasida tomchi-tomchi suv yiltirab ko'rinardi. O'xshatish oboroti formasidagi ajratilgan xol. -day,-dek affikslarni olib kelgan so'zlar ham kengayib ajratilishi mumkin. Masalan: 1. Onaxon xozirgina yugurib kelgan odamdek tez-tez nafas olar edi. 2. Oltinsoyliklarning suv uchun kurashi dengizga quyilgan daryodek, butun xalqimizning qurg'oqchilikning yengish uchun boshlagan kurashiga munosib xissa bo'lib qo'shildi. 3. Traktorchilar bo'ron bilan o'chakishganday, tun bo'yi yer xaydadilar. Ko'makchi konstruksiya oboroti formasidagi ajratilgan xol. Ko'makchili konstruksiyasi formasidagi xol kesimdan uzoqda kelib, o'ziga oid so'zlar bilan kengayib, boshqa gap bo'laklardan ajralishi mumkin. Bunda konstruksiya kabi, bo'yicha, tufayli, yarasha, xolda, muvofiq kabi ko'makchi so'zlar bilan shakllanadi. Masalan: 1. Navoiy bir qo'lini ko'ksiga qo'ygan holda, boshini kamtar, yengil qimirlatishi bilan xalqning tabrigiga samimiy javob berib bordi. 2. To'ppon, ishda to'rt kishining ishini qilgani kabi, ovqatda ham to'rt kishining ovqatini yegan edi. Ko'makchili konstruksiya oboroti formasidagi ajratilgan bo'laklardagi kabi, ma'lum darajada predikativlik mavjud. Ko'makchili konstruksiya oboroti formasidagi ajratilgan xol quyidagi ma'noni ifodalaydi. 1. Turli xolatni Masalan: a) Nor xola xursandlik bilan yuragi to'ygan xolda, bog'ni aylanib keldi. b) O'ktam allanechuk bo'shashgan holda otliq qizning orqasidan ancha vaqt o'ychan qarab qoldi. 2. O'xshatishni, Masalan: a) Buloqning suvi, podshox zamondagi mazlumlarning ko'zlaridan oqqan yosh kabi tinmay to'lib toshdi. (SH.R) b) Farxodning qoyalarni o'pirgan afsonaviy teshasi kabi, shoir fikri toshlarni yaxlid kesib, misralarga boylab, qalab ketdi. Oddiy gap bo'lagi formasidagi ajratilgan xollar. Oddiy gap bo'lagi formasidagi ajratilgan xollar o'zidan oldin kelgan xolning so'rog'i va vazifasiga teng bo'ladi. Ajratishning bu turi tilimizda keng qo'llanadi. Ayniqsa, ajratilgan payt va o'rin xollari juda ko'p ishlatiladi. Ajratilgan o'rin xoli. Masalan: 1. Nariroqda, garb tomonda, Lena tog'lari yuksaldi. (O.T) 2. Ayvon oldida, otxonaning lang ochiq eshigi yonida, otlar qarsillatib yem yeb turardi. Ajratilgan payt xoli Masalan: 1. Bugun, darsdan keyin, maktabda ota-onalar yig'ilishi chaqirilgan edi. 2. Shu kuni kechqurun, daladan qaytishda, qori Siddiqjonga hamrox bo'lib qoldi. Ajratilgan bo'laklarda tinish belgilari quyidagicha ishlatiladi. 1. Ajratilgan bo'laklar odatda vergul bilan ajratiladi. Ajratilgan bo'lak gapning boshida kelsa, undan so'ng, oxirida kelsa undan oldin, gapning ichida kelsa, har ikki tomondan vergul bilan ajratiladi. Misollar: 1. Ko'm-ko'k barglarga burkangan daraxtlarni tebratib, salqin shabada esadi. 2. “Dunyoning ishlari ko'p qiziq-da”, dedi Zebixon, o'ziga-o'zi gapirganday. (S.Z) 3. Jangchilar, nima haqida gap kelayotganligini bilmay, qiziqish va xayrat bilan qarashardi. (O) 3. Ajratilgan bo'lakning sostai keng bo'lsa yoki uning ichida vergul bo'lsa, bunday ajratilgan bo'laklar tire (-) bilan ajratiladi. Masalan: 1. Axir u mana shu o'tirganlar -erkaklar, ayollar va besh yosh bolalar uchun-frontda kon to'kmaganmi?! (SH.R) 2. Soraxon shuncha kundan beri yetolmagan niyatiga -Roziyani avvaliday go'zal, shod ko'rish niyatiga-Sattor bir laxzada yetdi. (P.K) 3. Ajratilgan bo'lak izoxlanmishning ma'nosini ochib bersa (ular o'rtasida ya'ni so'zini ishlatish mumkin bo'lsa), bunday ajratilgan bo'lak ham tire (-) bilan ajratiladi. Bunday xolatda ajratilgan bo'lak bilan keyingi gap bo'laklari orasiga hech qanday belgi qo'yilmaydi. Chunki ular o'rtasida ajratuvchi pauza yo'q. Ular umumiy intonasiyaga ega bo'ladi. Masalan: 1. Bambur Nargizning vatani-Gullar bog'ini bilardi. (SH.R) 2. Biri aks etadi gullarda, Biri olim-yoqimli, xushfe'l. (X.P) 10. GAP BO'LAKLARI SANALMAYDIGAN UNDALMA KIRISH SO`Z VA KIRISH BIRIKMALARI HAMDA KIRITMA GAPLARNI ANIQLASH Undalmalar. So'zlovchining nutqi qaratilgan shaxsini bildirgan so'z yoki so'z birikmasi undalma deyiladi.Undalma aytilayotgan fikrga tinglovchining diqqatini tortish uchun xizmat qiladi. Undalma bosh kelishikdagi ot yoki ot ma'nosidagi so'zlar orqali ifodalanib, gapning umumiy mazmunini to'ldiradi, gapning kimga qarashli ekanini ko'rsatib beradi. Bu jixatdan undalma egaga o'xshaydi, ammo u gapning kesmi bilan grammatik jixatdan bog'lanmasligi, o'ziga xos intonasiyasiga ekanligi bilan farq qiladi. Masalan: Kamtarlik qilma, Yigitali, buni o'zingninng xalol mexnating bilan olding (S.K.). Undalma asosan dialog gaplarda qo'llanadi va aksariyat ikkinchi shaxsga qaratilgan bo'ladi. Shunigdek, monologda, avtor nutqida, murojaat, shior,buyruq, chaqiriq, e'lonlarda ishlatiladi. Masalan: Nazir aka, bu yil yangi terim mashinalari yoshlarga xam tegadimi? (Z.U.) Undalma gapning bosh yoki ikkinchi darajali bo'laklari bilan moslashuv, boshqaruv va bitishuv aloqasiga kirisha olmaydi. Ammo u gapning ayrim bo'laklari yoki butun gap mazmuniga aloqador bo'lib, gapning zarur qismlaridan biri xisoblanadi. Shuning uchun xam u ayrim gap bo'laklari va gapning umumiy mazmuni bilan o'ziga xos grammatik aloqaga kirishadi. Ma'lum bir gapdan undalmaning chiqarilishi yoki xatto o'rnini o'zgartirilishi gapning umumiy mazmuniga ta'sir etadi, muallifning aytmoqchi bo'lgan fikri anglashilmay qoladi. Undalmaning ajiratilgan izoxlovchiga yaqin bo'lgan turida grammatik aloqaga kirishish xususyati aniq ko'rinadi,chunki undalma ma'lum bir bo'lakning ma'nosini izoxlaydi . Masalan: Bosh turmishim turi, ko'nglimning shuuri. Bularning hammasi sen, Vatanim, onam. (X.O.)Misolidagi Vatanim-onam undalmasi sen olmoshining ma'nosini izoxlaydi, aniqlashtiradi. Vatanim-onam undalmasi butun gap mazmuni bilan xam aloqadordir. Bu xil undalmaning asosiy vazifasi undalma bo'lsa xam, unda izoxlash xususyati xam bor. Bunday undalmalarning ajiratilgan izoxlardan farqi quydagicha : 1. Undalma chaqirish intonasiyasi bilan talafuz qilinadi. Ajiratilgan izoxlar esa ajiratilgan, sust intonasiya bilan aytiladi. Undalma ko'pincha butun bir gapga qaratilgan,izoxlar esa biror bo'lakni izoxlaydi, to'ldiradi. Undalma bosh kelishikda bo'ladi, izoxlar esa ma'lum kelishik affikslari vositasida ifodalanadi. Shunigdek, undalmalar nominativ (atov) gaplarga shaklan o'xshash bo'ladi. Biroq ulardan farqli tomonlari mavjud: 1. Nominativ gaplar ma'lum bir xis-xayajon, maqsad ifodalangan gapdir. Shuning uchun xam u gap intonasiyasi bilan talaffuz etiladi. Undalma tugal bir maqsad yoki tugal bir xis-xayajonni ifodalamaydi, intonasiyada xam tugallik bo'lmaydi. 2. Nominativ gaplar asosan boshlanish o'rnida qo'llanadi. Undalmalar esa gap boshida, o'rtasida, oxirida kelishi mumkin. Masalan: Nominativ gap: 1. Kuz. Izg'irin shabada xushtak chalib turibdi. (I.T). 2. Erta tong.Quyosh xali o'zining zarrin nurlarini sochganicha yo'q. Undalma. 1. Bobo, to'qayda arslon bo'ladimi? 2. Topshiriqni o'z vaqtida bajarganigiz uchun raxmat,azamatlar! Undalmalar ko'pincha shaxs otlari, qarindoshlik, xunar-kasbni anglatuvchi so'zlarorqali ifodalanadi. Tarkibida undalma bo'lgan gaplarda, odatda ega tushiriladi. Masalan : 1. Xamid, badiy o'qish to'gaaragiga qatnashasanmi ? 2. Onajon, bu ishda endi orqaga qaytib bo'lmaydi. 3. Usta bormisiz?Anchadan beri ko'rinmaysiz? Ba'zan undalmalar - u(-yu),-ov,-ey kabilar bilan qo'llanadi. Masalan : 1.Ey rais, bu kitoblarni avval o'qib ko'ring, undan keyin mag'zini tushinasiz. 2. Saodat-u, tez-tez kelaqol. 3. Zulfiya-yu, qayerdasiz? Undalma ba'zan aniqlovchi, izoxlovchi so'zlar olib, birikma xolida bo'ladi. Masalan: 1. Sizni istab keldim,ulug' sardorim! 2. Bu yoshlar, Tojiboy aka bizning baxtimiz uchun kurashuvchilardir. Undalmalar ba'zan uyushib kelishi mumkin. Masalan: 1. Xurmatli onaxonlar, otaxonlar, biz sizlarning mexnatingiz bilan faxrlanamiz. Undalma gap boshida kelganda undosh, chaqiriq intonasiyasi ega bo'lib, pauza bilan ajratiladi. Masalan: 1. Usta A'zim, paxta ishida qulosimizni rosa keraylik. 2. O'rtoq Nishonov, ota-onalarni chaqirishni unitmang! 3. Saodat, mana bu etyuddagi peyzaj juda ajoyib ekanmi? Undosh ma'nosini kuchaytirish uchun ba'zan undalma takrorlanib qo'llaniladi. Masalan: Bolam, jon bolam, o'zingni extiyot qil... Xo'pmi, jon bolam ! Tushundingmi-a ! Undalmani kuchli ifodalash uchun undalma oldindan e, xoy, obbo, ox kabi undovlar xam qo'llaniladi. Masalan: Ex, bolam. Dadangning ishi ko'payib ketdi.Ba'zan undovlar undalma vazifasida qo'llash mumkin. Masalan: Dada-chi, dada, bugun bog'chada poyezdg'poyezd o'ynadik. Undalmalr nutq qaratilgan ob'yektni ifodalaydi. Ob'yekt esa uch xil bo'lishi mumkin. 1. Shaxs 2. Shaxs bo'lmagn jonli predmet 3. Jonsiz predmet. 4. Undalmalar shaxsni ifodalaganda, kishining nomi, familyasi, taxallusi, qarindoshligi, yoshi, jinsi, kasbi, unvoni va boshqa xususyatlarini ko'rsatish mumkin. Masalan : 1.Sobir Umarovich, sizni tabriklayman. 2. Qani, dakang xo'roz,zakazingni qila ber. 3. Xech qayerga borma, Musa tog'a, xech qayerga. 4. Xammamizga xam ruxsat eting,o'rtoq leytenant . 2.Undalma jonli predmet bo'lishi mumkin. Bunday undalmalar xayvon, parranda, xashorat nomlari bo'lib, ko'pincha, masal, matal, ertak, xamda she'ryatda qo'llanishi mumkin. Masalan : 1. Xoy tulkivoy, qayoqqa ketyapsan? 2. ayiq polvon, o'rmonga birga bormaymizmi? Undalma jonsiz predmet bo'lishi mumkin. Bu asosan she'ryatda qo'llanadi. Masalan : 1. Seni unitolmas yuragim aslo, Ey O'rta Osiyo, O'rta Osiyo! 2. Shamol, yuzlarini silab o't. Undalmada gapning boshida kelsa, yozuvda undalmadan so'ng vergul qo'yiladi. Masalan: Unsin, bu oila qalay, ketasanmi yo bu yerda turasanmi? Agar gap boshida kelgan undalma xayajon bilan aytilsa, undan so'ng undov belgisi qo'yiladi. Gapning davomi bosh xarf bilan boshlanadi. Masalan: Kechir meni! Nodon,ko'zi ko'r, toshmexr dadangni kechir, qizim! 2. Undalma gap ichida kelsa, uning xar ikki tomonidan vergul qo'yiladi. Masalan: So'zla, ko'zgujon, xaqiqatni et bayon! 3.Undalma gapning oxirida kelsa undan oldin vergul qo'yiladi. Masalan: Shunday demaysizmi, azizim ! 4. Undalmani kuchli ifodalash uchun undalmaning oldidan undovlar qo'yiladi, undov bilan undalmaning orasiga vergul qo'yiladi. Masalan: Xoy, Jamila, nega bular radioni gapirtira oladi-yu, sen bilmaysan? So'zlovchining o'zi bayon qilayotgan fikriga bo'lgan turli munosabatini bildiruvchi so'z yoki so'z birikmasi kirish zo'z yoki kirish birkma deyiladi. Masalan: Darvoqe, Anvarga ko'p mexnatim singan. Kirish so'z shodlik, gumon, ishonch, umid, taajub, fikrini kimga qarashli ekanligi, uning oldingi fikri bilan bog'liqligi, shubxa, eslatish kabi ma'nolarni ifodalaydi. Kirish so'z ko'pincha modal so'zlar bilan, kirish birikma esa so'z birikmasi orqali ifodalanadi. Masalan: 1. Umuman, ezgu ishning cheki yo'q. 2. Axmadning aytishicha, ertaga yugurish musobaqasi o'tkaziladi. 3. Kirish so'z butun gapga, qo'shma gaplarda esa odatda uning bir qismiga aloqador bo'ladi. Masalan: 1. Darxaqiqat, Pugachyov o'sha yetakchiga juda o'xshar ekan. 2. Nazir o'qishni bitirsa, albatta, men uni tabriklayman. Birinchi gapda kirish so'z butun bir gapga aloqador, ikkinchi gapda esa gapning so'ngi qismi(men uni tabriklayman)ga aloqador.Bunday sharoitlarda kirish so'z gapning o'zi aloqador bo'lgan bo'lagidan oldin yoki keyin keladi. 2. Kirish bo'lak ayrim gap bo'laklariga talluqli. A)gapning kesmiga. Masalan: Siz bu gaplardan bexabarsiz-da,albatta. B) gapning egasi. Masalan: Og'a,extimol, siz xam yoqmoqchidirsiz?- deb so'radi. V)gapning aniqlovchisiga. Masalan : Bu, shubxasiz, bizning yutug'imiz -deb gap boshladi Samandarov.(A.Q.) Kirish bo'lak bir gap tarkibidan ortiq bo'lishi mumkin. Bunday xolat kirish bo'lakning bir gapning bir kesmiga (yoki biron bo'lagiga) qarashli bo'lgan o'rinlarda bo'ladi. Masalan: 1. Demak, Vatan mamnun bo'lgan o'g'ildan mexribon yana xam mamnun, albatta! (M.B) 2. Aftidan, qari deysan, shekili.(X.K) 3. Xolbuki, razvedka, ayniqsa, bu razvedka extiyot shart.(U) Kirish so'z va kirish birikma: 1. So'zlovchining aytilayotgan fikriga bo'lgan munosabatini ifodalaydi: albatta, extimol,balki, shubxasiz, xaqiqat, darxaqiqat, baxtimizga, afsus, esiz va boshqalar. Bular turli ma'nolarni anglatdi: 1.Ishonch yoki tasdiqni (albatta, shubxasi, so'zsiz, xaqiqat kabilar)masalan: 1. Ko'prik, shubxasizshu yerga yaqin joyda. 2. Darxaqiqat, bu ishda sobiq bo'lishi kerak. 3. Gumonni(balki,extimol,aftidan,shekili)kabilar. Masalan: 1. Extimol,bu vazifani uddalaymiz. 2. Balki, jarlik tomon borishimiz kerak. 3. Shodlikni (baxtimizga, tolemizga kabi)masalan: Baxtimizga, bugun xavo uncha sovuq bo'lmadi. 4. Afsus va taajubni.(afsus, attang, esiz, esizgina, baxtga qarshi)kabi. Masalan : 1. Baxtga qarshi, kecha bulutli kun bo'ldi. 2. Attang biroz kechikibmiz. 2. Bayon qilingan fikrni kimgaa qarashli ekanligini ifodalaydi(menimcha, sizningcha aytishlaricha,...so'ziga qaraganda,... so'ziga ko'ra,... yozishicha kabi)masalan: Akmal akaning aytishicha, bu yil saraton juda issiq boshlanadi. 3. Bayon qilingan fikrning tartibini ifodalaydi (avvalo, oxiri, nixoyat, birinchidan,ikkinchidan) masalan:1. Birinchidan, bugun Mingbuloq tumanida xalima opaning yubley kechalari, ikkinchidan, ertaga viloyat yozuvchilarning konfrensiyasi ochiladi. 2. Nixoyat, cho'lga suv keldi. 3. Aytilgan fiktning oldingi fikr bilan aloqasini ifodalaydi. (demak, xullas, xulosa qilib, aytganda, shunday qilib, binobarin, ko'rinadiki, anglashiladiki kabilar). Masalan: 1. Binobarin, xayotda inson ensikorpedyasi. 2. Shunday qilib, tarxiy shartnomaga qo'l qo'yildi. Kirish so'z va kirish birikma gap boshida kelsa, unda keyin, gap o'rtasida kelsa, xar ikki tomondan, gap oxirida kelsa kirish so'z va kirish birikmadan oldin yozuvda vergul qo'yiladi. Masalan: 1. Demak, xato qilibsan, bo'tam, senda sinchkovlik yetishmas ekan. (X.T). 2. Tamom bo'ldi, nazarimda ichim yonib, burnimdan tutin chiqayotganga o'xshaydi. 3. Xullaskalom, sabrni qanoatni unutadi.(O) 4. Kirish gap. Nutqda so'zlovchi biron xodisa to'g'risida yo'l-yo'lakay izox beradi. Asosiy fikr ichida yo'l-yo'lakay fikrini anglatuvchi gap kiritma gap deyiladi. Kiritma gap o'zi kiritligan gapning biron bo'lagiga aloqador bo'ladi. Masalan: 1. Men Umaralini(u bilan ikki yil avval tanishgan edim) kecha dalada uchratib qoldim. 2. Biz, sinf raxbarimiz aytdi, ertaga ekskursiyaga boramiz. Kirish gapda qavs va tinish belgilarni ishlatilishi. 1. Kirish gap odatda qavs olinadi. Masalan: O' ktam temirko'l Nortoy polvonga (mushti bilan g'isht ushutar edi)qichqirdi. 2. Kirish gap ba'zan vergul bilan ajiratiladi. Masalan: Shunday qilib, Asal va Samad,- o'g'lining ismi shunday ekan - bizning yo'l uchastkamizda qolibdi.(CH.A) 11. BIR BOSH BO'LAKLI GAP UNING TURLARI BO'LAKLARGA AJRALMAYDIGAN GAP SO`Z GAP TO`LIQ VA TO`LIQSIZ GAPLARNI ANIQLASH Gap bo`laklarining tartibi ikki xil bo`ladi: odatdagi tartib va o`zgargan tartib. O`zbek tilida gap bo`laklarining joylashishi tartibi erkin bo`lsa ham, ular gapda ma’lum qoidalar asosida joylashadi. Odatdagi tartibda gap bo`laklari quyidagicha bo`ladi:ega oldin, kesim esa gapning oxirida keladi: Zebi onasining javobini oldindan bilardi.payt va o`rin hollari egadan oldin keladi: Kecha guruhimiz yig`ilishi bo`ldi. Mehmonxonadan ko`zlarini uqalay-uqalay Miryoqub chiqib keldi.
To`ldiruvchi egadan keyin keladi: Kecha yosh havaskorlar bizga katta tomosha ko`rsatishdi. vaziyat holi kesimdan oldin keladi: Daryo uzoqdan jimirlab ko`rinar edi. O`zgargan tartib inversiya deyiladi. She’riyatda yoki so`zlashuv nutqida o`zgargan tartib qo`llangan bo`lishi mumkin: To`xtat gapni! (to`ldiruvchi va kesim tartibi o`zgargan). Shamol esadi g`ir-g`ir. (Hol va kesim tartibi o`zgargan). Gulla, yashna, O`zbekiston! (Ega va kesim tartibi o`zgargan). Gap bo`laklarining odatdagi va o`zgargan tartibining nutqda o`z qo`llanish o`rinlari bor. Odatdagi tartib ilmiy uslub uchun xos bo`lsa, o`zgargan tartib og`zaki nutq hamda badiiy uslub uchun xosdir. EGALI VA EGASIZ GAPLAR Gapning grammatik asosi ega va kesimdan iborat bo`lsa egali gaplar, faqat kesim qismidan iborat bo`lsa egasiz gaplar deyiladi. Masalan: Men gullarni yaxshi parvarish qilyapman. Derazadan ko`chaga tikilaman. Egali (ikki bosh bo`lakli) gaplarda ega ham kesim ham qatnashadi: Uquvi yo`q har joyda qoqiladi. Chumchuqdan qo`rqqan tariq ekmaydi. Egasiz gaplar shaxs tushunchasi ifodalanishiga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi: Egasi yashiringan gaplar va egasiz gaplar. Egasi yashiringan gaplarda gapning kesimi orqali uning bajaruvchisiga - shaxsiga ishora qilinadi: Katta tanaffusda zalga to`plandik. Sanamay sakkiz dema. Egasi yashiringan gaplar ikki turli bo`ladi: egasi (shaxsi) ma’lum gaplar va egasi (shaxsi) umumlashgan gaplar. Egasi (shaxsi) ma’lum gaplarda gapning egasi matndan, nutq sharoitidan, kesimning shas-son shaklidan ma’lum bo`lib turadi. Bunday gaplarning kesimi 1- yoki 2-shaxs shaklida bo`ladi: Ota-onalarga yordam berdik. Otlarga qara, qarindosh. Egasi (shaxsi) umumlashgan gapda kesimi 2-shaxs shaklida bo`lsa ham, ega real ifodalanmaydi, ko`pincha maqollarda qo`llaniladi, mazmunan uchala shaxsga taalluqli bo`ladi: Yer haydasang, kuz hayda. .Avval o`yla, keyin so`yla. Egasiz gaplarda ega umuman bo`lmaydi. Kesimdagi shaxs-son qo`shimchalari orqali egani tiklab bo`lmaydi. To`nni bo`yga qarab bichadilar. Xom mevani yeb bo`lmaydi. Egasiz gaplar 3 turga: shaxsi noma’lum gaplar, atov gaplar, so`z gaplarga bo`linadi. Shaxsi noma’lum gaplarda kesim fe’l bilan ifodalanadi va ish-harakatni bajarishga imkoniyat, zaruriyat, shart, tilak, istak kabi ma’nolarni ifodalab keladi. Bunday gaplar kesimining eng muhim belgisi uning tarkibida egalik qo`shimchasining yo`qligidir. Bu gaplarda mantiqan ish-harakat bajaruvchisi mavjud bo`ladi, lekin uni gapda ifodalab bo`lmaydi. Masalan: Zalda chekib bo`lmaydi. Majlisda qatnashish kerak. Xonada shovqin qilinmasin. Atov gaplarda narsa buyumning mavjudligi yoki voqea-hodisa atash yo`li bilan ifodalanadi. Atov gaplar so`zlovchi ko`z o`ngida biror voqea-hodisani, narsa-buyum, davr yoki joyni gavdalantirishga xizmat qiladi. Atov gapdan keyin uning mazmunini izohlovchi gap beriladi: Qish. Sovuq shamol esyapti.Atov gap yig`iq va yoyiq shaklda bo`ladi. Yig`iq atov gaplar bitta so`zdan iborat bo`ladi: vahor. Dalalarda ish qizg`in. Yoyiq atov gaplar aniqlovchi bilan kengayib keladi: Karimlarning uyi. Hech kim ko`rinmaydi. Yoyiq atov gaplar kengaygan harakat nomli birikmalar bilan ham ifodalanishi mumkin: Sokin qishloq ko`chalarida sayr qilish. Bu mening bolalikdan seBimli mashg`ulotim. Atov gaplar asosan badiiy va publitsistik (ommabop) uslublarda qo`llaniladi. Qip-qizil saraton quyoshi. Muloyim jilmayib saxovat bilan nur socha boshladi. SO`Z – GAPLAR Bir so`zdan iborat bo`lib, tarkibga ajrala olmaydigan, boshqa so`zlar bilan kengaya olish imkoniyatiga ega bo`lmagan gaplar so`z – gaplardir. So`z – gaplar sodda gapning alohida bir ko`rinishi sanaladi. Ular tasdiq, inkor, so`roq, taajjub, his-hayajon kabilarni ifoda etib, asosan dialogli matnlarda qo`llanadi. Masalan: Download 176.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling