1 so`zlarning teng va ergash bog`lanishi (aloqasi),ergash bog`lanishlarning turlari (boshqaruv moslashuv bitishu)yuzasidan tahlil qoliplar va testlar


Izohlanayotgan bo‘lak turiga qarab to`ldiruvchi ergash gapni


Download 176.99 Kb.
bet16/27
Sana09.06.2023
Hajmi176.99 Kb.
#1469391
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
Bog'liq
китоб уйга фазифа

3.3 Izohlanayotgan bo‘lak turiga qarab to`ldiruvchi ergash gapni 

belgilash usullari 
Shuni mamnuniyat bilan ayta olamankiular adabiyot bo‘stoniga dastlabki parvozni xuddi shu tahririyatdan boshlagan edilar. (Nosir Fozilov. ”Topdim-u yo‘qotmadim”, 201-bet) Bu bosh gapga -ki ergashtiruvchi bog‘lovchi vositasida bog‘langan to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap. Ma`lumki, to`ldiruvchi ergash gapda to`ldiruvchi ko`rsatish olmoshi bilan ifodalanadi. Bu misolimizda ”Shuni mamnuniyat bilan ayta olamankibosh gapi tarkibida”shuni” ko`rsatish olmoshi to`ldiruvchi vazifasida kelgan. ”ular adabiyot bo‘stoniga dastlabki parvozni xuddi shu tahririyatdan boshlagan edilar” ergash gapi esa bosh gapdagi ”shuni” to`ldiruvchisining ma`nosini aniqlashtirib, izohlab kelgan. Shunga ko`ra bu ergash gapli qo`shma gapni to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap deb hisoblaymiz. 

Davlatpanoh neni lozim ko‘rsalarbiz shunga bosh egamiz . (Odil Yoqubov. “Ulug‘bek xazinasi”, 51-bet) Bu bosh gapga -sa shart mayli qo‘shimchasi vositasida bog‘langan to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap.
Bu misolimizda ”biz shunga bosh egamizbosh gapi tarkibida ”shunga” ko`rsatish olmoshi to`ldiruvchi vazifasida kelgan. ”Davlatpanoh neni lozim ko‘rsalar” ergash gapi esa bosh gapdagi ”shunga” to`ldiruvchisining ma`nosini aniqlashtirib, izohlab kelgan. Shunga ko`ra bu ergash gapli qo`shma gapni ham to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap deb hisoblaymiz.

3.3 Izohlanayotgan bo‘lak turiga qarab aniqlovchi ergash gapni 

belgilash usullari 
Qishlog`ida maysazorlardagi xarsang toshlarni, qiya tog` etagi, qiyalikdagi sarv kabi yam-yashil archalarni ko`rsa, o`shaning o`zi kifoya edi.. (Nosir Fozilov. ”Topdim-u yo`qotmadim”, 118-bet.) Bu misolda ” Qishlog`ida maysazorlardagi xarsang toshlarni, qiya tog` etagi, qiyalikdagi sarv kabi yam-yashil archalarni ko`rsa” ergash gap bosh gapdagi ”o`shaning” ko`rsatish olmoshi bilan ifodalangan qaratqich aniqlovchining ma`nosini izohlab kelgan. Bu ergash gapli qo`shma gapning aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap ekanini bildiradi. 

Do`nan shunday yozuvchilarni bilardikiularning asarlari kitobxonlar tomonidan sevilib o`qiladi. (Nosir Fozilov. ”Topdim-u yo`qotmadim”, 142-bet.)Bu misolda ” Do`nan shunday yozuvchilarni bilardiki” bosh gap, bu gapda ”shunday” ko`rsatish olmoshi sifatlovchi aniqlovchi bo`lib kelgan, uning ma`nosini ” ularning asarlari kitobxonlar tomonidan sevilib o`qiladi” ergash gapi aniqlashtirib, izohlab kelyapti. 

Download 176.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling