1 so`zlarning teng va ergash bog`lanishi (aloqasi),ergash bog`lanishlarning turlari (boshqaruv moslashuv bitishu)yuzasidan tahlil qoliplar va testlar


III BOB. BOSH GAPDAGI MA’LUM BIR BO‘LAKNI IZOHLAYDIGAN ERGASH GAPLARNI BELGILASH USULLARI


Download 176.99 Kb.
bet14/27
Sana09.06.2023
Hajmi176.99 Kb.
#1469391
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
Bog'liq
китоб уйга фазифа

III BOB. BOSH GAPDAGI MA’LUM BIR BO‘LAKNI IZOHLAYDIGAN ERGASH GAPLARNI BELGILASH USULLARI 
Bosh gapdagi bir bo`lakni izohlaydigan ergash gaplarni belgilash ikki xil usulda amalga oshiriladi. Birinchisi, bosh gapdagi izohlanayotgan bo`lakning turiga qarab aniqlanadi. Ikkinchisi, ergash gapli qo`shma gapni sodda gapga aylantirish usuli yordamida aniqlanadi. Agar bosh gapdagi eganing ma`nosi aniqlashtirilayotgan bo`lsa, ega ergash gapli qo`shma gap, kesimning ma`nosi aniqlashtirilayotgan bo`lsa, kesim ergash gapli qo`shma gap, to`ldiruvchining ma`nosi aniqlashtirilayotgan bo`lsa, to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap, aniqlovchining ma`nosi aniqlashtirilayotgan bo`lsa, aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap sanaladi. 
3.1. Izohlanayotgan bo‘lak turiga qarab ega ergash gapni 

belgilash usullari 

1. Sizga tarixdan ma’lumkiyigirmanchi yillar mamlakatimizning eng og‘ir va sinovli yillari hisoblanadi. (Nosir Fozilov. ”Topdim-u yo‘qotmadim”, 201-bet) Bu bosh gapga -ki ergashtiruvchi bog‘lovchi vositasida bog‘langan ega ergash gapli qo‘shma gap. ”Sizga tarixdan ma’lumki” bosh gapida ega vazifasida keladigan ”shu narsa”- ko`rsatish olmoshi tushib qolgan. ”yigirmanchi yillar mamlakatimizning eng og‘ir va sinovli yillari hisoblanadi”ergash gapi bosh gapda qo`llanmagan eganing ma`nosini aniqlashtirib, izohlab kelgan. Shuning uchun bu gapni ega ergash gapli qo`shma gap deb hisoblaymiz. 

2. Sizga ma’lumdurkiustod Mirzo Ulug‘bek bu xazinani sal kam qirq yil yig‘mishdir. (Odil Yoqubov. “Ulug‘bek xazinasi”, 51-bet) Bu bosh gapga -kiergashtiruvchi bog‘lovchi vositasida bog‘langan ega ergash gapli qo‘shma gap. Bosh gapdagi “shu” egasi tushurilgan. ”Sizga ma’lumki” bosh gapida ega vazifasida keladigan ”shu”- ko`rsatish olmoshi tushib qolgan. ” ustod Mirzo Ulug‘bek bu xazinani sal kam qirq yil yig‘mishdir”ergash gapi bosh gapda qo`llanmagan eganing ma`nosini aniqlashtirib, izohlab kelgan. Shuning uchun bu gapni ham ega ergash gapli qo`shma gap deb hisoblaymiz.


Download 176.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling