1 so`zlarning teng va ergash bog`lanishi (aloqasi),ergash bog`lanishlarning turlari (boshqaruv moslashuv bitishu)yuzasidan tahlil qoliplar va testlar


Download 176.99 Kb.
bet12/27
Sana09.06.2023
Hajmi176.99 Kb.
#1469391
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
Bog'liq
китоб уйга фазифа

Qo‘shma gap sintaksisning alohida bir struktur-semantik birligidir. Qo‘shma gap sodda gapdan tuzilishiga va fikr ifodalash harakteriga ko‘ra farqlanadi. Bular orasida asosiy farqlar quyidagilardan iborat:

  1. Qo‘shma gap va sodda gap bir-biridan tuzilishiga ko‘ra farq qiladi. Sodda gap birgina predikativ birlikdan iborat bo‘lsa, qo‘shma gap bir-biri bilan uzviy bog‘langan bir nechta predikativ birlikdan tashkil topadi.

Shuni ta’kidlash lozimki, sodda gapda ba’zan birdan ortiq uyushiq kesimlar bir egaga tobelanib keladi. Bunday kesimlar bir xil shakllangan bo‘ladi. Har xil yoki bir xil shakllangan bir necha kesim bir egaga tobelanib kelsa, birgina predikativ birlikni tashkil qiladi, shuning uchun ham sodda gap hisoblanadi.
Qo‘shma gapni tashkil qiluvchi predikativ birliklar formal jihatdan sodda gaplarga o‘xshaydi.

  1. Sodda gap birgina situatsiyani ifodalalasa, qo‘shma gap ikki yoki undan ortiq jarayon va ular orasidagi turlicha munosabatni ifodalaydi.

  2. Sodda gapda ham qo‘shma gapda ham sintaktik aloqaning ikki turi – tenglanish va tobelanish munosabati mavjud. Lekin bu sintaktik aloqalar sodda va qo‘shma gapda bir-biridan farqlanadi.

Sodda gapda tenglanish uyushiq bo‘laklar orasida mavjud bo‘ladi, tobelanish esa so‘z birikmasining qismlari orasida yuzaga keladi.
Qo‘shma gapda esa tenglanish ham, tobelanish ham ikki predikativ qism orasidagi munosabatni ko‘rsatishda ishlatiladi.
Qo‘shma gaplar tarkibida tenglanish munosabati predikativ qismlari teng bog‘lovchilar orqali birikkan turida, tobelanish munosabti esa ergashtiruvchi vositalalar orqali birikkan turida ko‘rinadi.
4. Sodda gapning qurilish materiali so‘z va so‘z birikmalari bo‘lsa, qo‘shma gapning qurilish materiali esa gapga teng birliklardir.
Qo‘shma gap ikki, uch, ba’zan undan ortiq predikativ birliklarning birikuvidan tuziladi. Bunday qismlarning o‘zaro birikish harakteri ularning miqdoriga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Qo‘shma gapning turlari ikki qismli qo‘shma gaplar asosida belgilanadi. Ikki qismli qo‘shma gaplar ikki predikativ birlikning mazmun va ohangiga ko‘ra birikuvidan tuziladi.

Download 176.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling