3.2 Izohlanayotgan bo‘lak turiga qarab kesim ergash gapni
belgilash usullari
Do`nan o`ninchini bitiradigan yilidagi May bayramining farqi shuki, minbarda turgan rayon kattalarini mehnatkash xalq qo`llarida alvon bayroqlar bilan olqishlashardi. (Nosir Fozilov. ”Topdim-u yo`qotmadim”, 143-bet.) Bu bosh gapga -ki ergashtiruvchi bog‘lovchi vositasida bog‘langan kesim ergash gapli qo‘shma gap. Bosh gapda ”shu” ko`rsatish olmoshi kesim vazifasida kelgan, ergash gap kesim vazifasidagi olmoshning ma`nosini aniqlashtirgan, ya`ni minbarda turgan rayon kattalarini mehnatkash xalq qo`llarida alvon bayroqlar bilan olqishlashgan. Shuning uchun bu gapni kesim ergash gapli qo`shma gap deb hisoblaymiz.
Bu talafotning sababi shukim, biz inongan lashkarboshilar, mislsiz razolatga borib, shahzoda tarafiga qochib o‘tmishlar. (Odil Yoqubov. “Ulug‘bek xazinasi”, 51-bet) Bu bosh gapga -kim ergashtiruvchi bog‘lovchi vositasida bog‘langan kesim ergash gapli qo‘shma gap. Bosh gapda ”shukim” ko`rsatish olmoshi kesim vazifasida kelgan, ergash gap kesim vazifasidagi olmoshning ma`nosini aniqlashtirgan, ya`ni talofotning sababini (talofotning sababi ishonilgan lashkarboshilarning shahzoda tarafiga otib ketganligidir) ochib bergan. Shuning uchun bu gapni kesim ergash gapli qo`shma gap deb hisoblaymiz.
Gap shunda ediki, kunduzi ferma mudiri Bo`ronboy Sobit Muqonovning mehmon bo`lib kelishi haqidagi xushxabarni olib kelgan edi. (Nosir Fozilov. ”Topdim-u yo`qotmadim”, 142-bet.) Bu bosh gapga -ki ergashtiruvchi bog‘lovchi vositasida bog‘langan kesim ergash gapli qo‘shma gap. Bosh gapda”shunda edi” ko`rsatish olmoshi+ ”edi” to`liqsiz fe`li kesim vazifasida kelgan, ergash gap kesim vazifasidagi ”shunda edi” so`zining ma`nosini aniqlashtirgan, ya`ni ”gap kunduzi ferma mudirining Bo`ronboy Sobit Muqonovning mehmon bo`lib kelishi haqidagi xushxabarni olib kelganligidadir”. Shuning uchun bu gapni ham kesim ergash gapli qo`shma gap deymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |