1 so`zlarning teng va ergash bog`lanishi (aloqasi),ergash bog`lanishlarning turlari (boshqaruv moslashuv bitishu)yuzasidan tahlil qoliplar va testlar
Qo‘shma gapni sodda gapga aylantirish orqali ergash gap turini belgilash usullari
Download 176.99 Kb.
|
китоб уйга фазифа
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Avesto”da bizning hududimizda qalay, oltin va qo‘rg‘oshin kabi qimmatli qazilma boyliklar mavjudligi haqida berilgan ma’lumotlar
- ”shunisi”
- Eng muqaddas diniy yerimiz o‘lan Arabistonga bog‘larini, hovlilarini sotib hijrat qilgan hojilarimizning aksari yana o‘z vatanlariga qaytib kelurlari
- (qaytib kelurlari)
- “shundaki”
- ”shuni”
- tashkil etilganini
3.2. Qo‘shma gapni sodda gapga aylantirish orqali ergash gap turini belgilash usullari
Bosh gapdagi biror bo‘lakni izohlaydigan ergash gapli qo‘shma gaplarning turini belgilashga bosh gapdagi izohlanayotgan bo‘lakka e’tabor qaratildai. Bosh gapda eganing ma’nosi izohlanayotgan bo‘lsa, ergash gapni eganing o‘rniga qo‘yib, sodda gapga aylantirish orqali aniqlash mumkin. Ega ergash gapni bosh gapning egasini tushirib qoldirib, uning o‘rniga ergash gapni qo‘yib, uning ega ergash gapli qo‘shma gap ekanini belgilab olish mumkin. Masalan: Yana shunisi diqqatga sazavorki, “Avesto”da bizning xududimizda qalay, oltin va qo‘rg‘oshin kabi qimmatli qazilma boyliklar mavjudligi haqida ma’lumotlar berilgan. (Halimboy Boboyev va b. “Avesto” –Sharq xalqlarining bebaho yodgorligi”, 4-bet) Bu gap ega ergash gapli qo‘shma gap. Bu gapning ega ergash gap ekanini aniqlash uchun gapni soda gapga aylantirib ko‘ramiz: “Avesto”da bizning hududimizda qalay, oltin va qo‘rg‘oshin kabi qimmatli qazilma boyliklar mavjudligi haqida berilgan ma’lumotlar diqqatga sazovor. Ega ergash gapli qo‘shma gap tekshirsh uchun sodda gapga aylantirilganda, ega ergash gap ega va ega tarkibiga aylanib qoladi. Ya’ni bosh gapdagi ”shunisi” egasining o‘rniga tushadi. Bosh gapdagi ega ”shunisi”tushiriladi. Ergash gapning kesimi shu gap tarkibidagi eganing ”ma’lumotlar” aniqlovchisiga aylangan. Shunday tahlillardan so‘ng bu gap ega ergash gapli qo‘shma gap degan xulosaga keldik. Quyidagi ega ergash gapli qo‘shma gapning bosh gapi tarkibidagi ega qo‘llanmagan. Masalan: Hammaga ma’lumdurki, eng muqaddas diniy yerimiz o‘lan Arabistonga bog‘larini, hovlilarini sotib hijrat qilgan hojilarimizning aksari yana o‘z vatanlariga qaytib kelurlar. (Abdulla Avloniy) Bu gapning ega ergash gapli qo‘shma gap ekanini aniqlash uchun oldin gapning egasini kesim orqali tiklaymiz. Nima ma’lumki? – shu narsa ma’lumki. Bu gapni sodda gapga aylantiramiz: Eng muqaddas diniy yerimiz o‘lan Arabistonga bog‘larini, hovlilarini sotib hijrat qilgan hojilarimizning aksari yana o‘z vatanlariga qaytib kelurlari hammamizga ma’lum. Bosh gapdagi vositali to‘ldiruvchi (hammaga) egalik qo‘shimchasini olib, o‘z vazifasida qolgan. Bosh gapning kesimi sodda gapning kesimi vazifasini bajargan. Ergash gapning kesimi sodda gapning birikmali (qaytib kelurlari) egasiga aylangan va otlashib –i – egalik qo‘shimchasini olgan. Qolgan bo‘laklar, ergash gap kesimi oldidagi o‘rin holi ham o‘z holicha qolgan, o‘zgarmagan. Bosh gap tarkibida tushib qolgan ega –”shu narsa” bu gapda ham qo‘llanmaydi. Bunday gaplarda ergash gap oldinga o‘tib, qo‘llanmagan eganing vazifasini bajargan. Kim ko‘p ertaklarni o‘qisa, u o‘zbek xalqining axloq-odobini yaxshi o‘zlashtirib oladi. (”O‘zbek xalq ertaklari” 190-bet.) Bu gapda ergash gap bosh gapga –sa shart mayli qo‘shimchasi yordamida bog‘langan. Bosh gap tarkibida ”kim” so‘roq olmoshi bilan ifodalangan ega qatnashgan. Bu gap sodda gapga aylantirilganda quyidagicha ko‘rinish oladi: Ko‘p ertaklarni o‘qigan o‘zbek xalqining axloq-odobini yaxshi o‘zlashtirib oladi. Bunda shart fe’li bilan ifodalangan ergash gapning kesimi (o‘qisa) fe’lning sifatdosh formasi (o‘qigan ) bilan almashgan va gapning egasiga aylangan. Kesim oldidagi sifatlovchi aniqlovchi va to‘ldiruvchi (ko‘p ertaklarni) o‘zgarmagan. Bosh gapdagi ega ham, ergash gap tarkibidagi ega ham tushub qolgan. Yuqoridagi ega ergash gaplar bilan sodda gapga aylantirilgan gaplar o‘zaro ma’nosiga ko‘ra sintaktik sinonimiyani hosil qiladi deb berilgan M. Asqarovaning ”Hozirgi o‘zbek tilida ergashish formalari va ergash gaplar” monografiyasida53. Bosh gapdagi kesimni izohlaydigan ergash gapli qo‘shma gaplarni belgilashda bosh gapdagi izohlanayotgan kesimga e’tabor qaratildi. Ergash gap kesimning o‘rniga qo‘yib o‘qish bilan uning kesim ergash gapli qo‘shma gap ekanini belgilab olish mumkin. Masalan: Qizig‘i shundaki, erkak kishining uylanishi va zurriyodlik bo‘lishi uchun avvalo moddiy va ma’naviy tomondan to‘q, jismonan baquvvat, ruhan va jinsiy benuqson bo‘lishiga e’tibor berilgan.(Halimboy Boboyev va b. “Avesto” –Sharq xalqlarining bebaho yodgorligi”, 50-bet) Bu gap kesim ergash gapli qo‘shma gap ekanini aniqlash uchun ergash gapni sodda gapga aylantirib ko‘ramiz: Qizig‘i erkak kishining uylanishi va zurriyodli bo‘lishi uchun avvalo moddiy va ma’naviy tomondan to‘q, jismonan baquvvat, ruhan va jinsiy benuqson bo‘lishiga e’tibor berilishida. Bunda kesim ergash butunicha “shundaki” – bosh gapning kesimi o‘rniga qo‘yiladi va bosh gapning kesimi tushib qoladi. Ergash gapning kesimiga “shunda” kesimidagi –da qo‘shiladi. Ergash gapning kesimi majhullik nisbatida (e’tibor berilishida ) bo‘lib qolaveradi, harakatning bajaruvchisi noma’lum ekanini ko‘rsataveradi. Gapning qolgan bo‘laklari o‘z holicha qolgan. Bosh gapdagi to‘ldiruvchini izohlaydigan ergash gapli qo‘shma gaplarni belgilashda bosh gapdagi izohlanayotgan to‘ldiruvchiga e’tibor qaratildai. Ergash gapni to‘ldiruvchining o‘rniga qo‘yib o‘qish bilan uning to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap ekanini belgilab olish mumkin. Masalan: O‘rni kelganda shuni ham aytib o‘tayki, men dorilfununning filologiya fakultetini bitirganman.(Nosir Fozilov. ”Topdim-u yo‘qotmadim”, 198-bet) Bosh gapda qo‘llangan vositasiz to‘ldiruvchining ma’nosi izohlanayotgan bo‘lsa, ergash gapni qo‘llangan to‘ldiruvchining o‘rniga qo‘yish bilan uning to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap ekanini belgilab olish mumkin. Masalan: Men o‘rni kelganda dorilfununning filologiya fakultetini bitirganimni aytib o‘tay. Bu gap to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap. To‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap ekanini sodda gapga aylantirish yo‘li bilan aniqlash mimkin. Bu gap sodda gapga aylantirilganda, bosh gapdagi to‘ldiruvchi – ”shuni” tushub qoladi, uning o‘rniga ergash gap qo‘yiladi. Ergash gapning bir qisimi (filologiya fakultetini bitirganimni) birikmali to‘1diruvchiga aylanadi. Qaratqich aniqlovchi (dorilfununning) o‘z holicha qoladi. Ergash gapning kesimi sifatdoshligini saqlagan holda otlashadi. U I shaxs egalik qo‘shimchasini (-im) va tushum kelishik qo‘shimchasini (-ni) oladi. Bosh gapning kesimi sodda gapning kesimi vazifasida keladi. “Avesto”da keltirilgan dalillar shuni ko‘rsatadiki, zardushtiylik dini paydo bo‘lgan dastlabki paytlardanoq ibodatxonalar qoshida maktablar tashkil etilgan. (Halimboy Boboyev va b. “Avesto” –Sharq xalqlarining bebaho yodgorligi”, 51-bet) Bu gapning to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap ekanini aniqlaymiz: “Avesto”da keltirilgan dalillar zardushtiylik dini paydo bo‘lgan dastlabki paytlardanoq ibodatxonalar qoshida maktablar tashkil etilganini ko‘rsatadi. Qora bilan ajratilgan gap qismi to‘ldiruvchi vazifasini bajargan. ”tashkil etgan” ergash gapning kesimi – tuslangan sifatdosh bilan ifodalangan (III shaxs birlik) kesimi otlashib, III shaxs egalik qo‘shimchasini olib turlangan va tushum kelishikda shakllanib, vositasiz to‘ldiruvchi vazifasini bajargan. To‘ldiruvchi ergash gap tarkibidagi boshqa bo‘laklar (zardushtiylik dini paydo bo‘lgan dastlabki paytlardanoq ibodatxonalar qoshida maktablar) o‘z vazifasida qolgan. Qachon? - zardushtiylik dini paydo bo‘lgan dastlabki paytlardanoq – payt holi; qayerda? -ibodatxonalar qoshida-o‘rin holi; nimalarning? -maktablar (ning) – qaratqich aniqlovchi. Bosh gapning egasi sodda gapning egasi vazifasini bajargan. Bosh gapning egasi va kesimi sodda gapning ham ega va kesimi bo‘lib keladi. To‘ldiruvchisi tushib qolgan to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gapda ergash gap bosh gapdagi tushib qolgan to‘ldiruvchining ma’nosini aniqlashtiradi. Masalan:Bilingki, o‘g‘lonlarim, sizni g‘amdan qutqarur maktab. (Abdulla Avloniy.) Bu to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma ga. Uning bosh gapida ega ham, to‘ldiruvchi ham tushurilgan. Uning tushirilganini kesim orqali aniqlash mumkin. Biling kim? – siz biling. Nimani biling? – shuni biling. Bosh gapdagi vositasiz to‘ldiruvchining (shuni) ma’nosi izohlanayotgan bo‘lsa, ergash gapni tushirilgan to‘ldiruvchini tiklab uning o‘rniga ergash gapni qo‘yish bilan to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap ekanini belgilab olish mumkin. Masalan: O‘g‘lonlarim, sizni g‘amdan maktab qutqarurini biling. Bu sodda buyruq gapga aylandi. Tarkibida undalma ham saqlanib qoladi. To‘ldiruvchi ergash gapnini kesimi fe’l bilan ifodalangani uchun, u sifatdosh shakliga kirib, otlashib, egalik (III shaxs birlik) va –ni (tushum kelishik qo‘shimchasini olib) bosh gapning kesimi oldiga o‘tadi. Ergash gapning kesimi vositasiz to‘ldiruvchiga aylanadi. Download 176.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling